1. O‘quv rеjа va uning mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi roli



Download 33,7 Kb.
bet2/2
Sana16.03.2022
Hajmi33,7 Kb.
#497647
1   2
Bog'liq
oraliq nazorat N1

Asoslangan esse. Bunday esse qo'yilgan savolga asoslangan javob mavjud bo'lgan yozma ishdir. Muallif muayyan pozitsiyaga ega, u o'z nuqtayi nazarini ishonchli dalillar bilan asoslaydi va uni himoya qiladi, o'z pozitsiyasini quwatlash uchun bir qator dalil- larni taqdim etadi. Maqsad muallif o'zi bildirgan fikrga boshqalarni ham ishontirish, qo'llab-quwatlashga undashdir.
Esse uchun mavzular va savollar
Esse uchun mavzu tanlaganda yoki savol tuzganda quyida- gilarga ahamiyat berish kerak:
Topshiriqni iloji boricha aniq qo'yish kerak. Shartni shun­day qo'yish kerakki, talaba undan nima talab qilinayotganligini tu- shunsin.
Esse topshirig'i fikr yuritishga, tahlil qilishga undaydigan savollar bo'lishi zarur.
Esse uchun tayyorlangan savol-topshiriqlami talabalarga o'qituvchining o'zi tanlab bergani ma’qul. Bunda talabaning bilimi obyektiv baholanadi.
Kompleks javob talab qiladigan savollarni uyga vazifa tarzida yoki oraliq nazorat, yakuniy nazoratda berish mumkin.
Agar vaqt cheklangan bo‘lsa, dars davomida eng asosiy momentlarga ahamiyat qaratilgan savollar qo‘yish mumkin.
Esse uchun savollar namunasi.
1980-yildan 2005-yilgacha ishlovchilar soni o‘sdi. Ular­ning uy yumushlariga sarflaydigan vaqtlari haftasiga 100 soat- dan 50 soatgacha qisqardi. Yog', un, xamirturush, guruch kabi- larni sotib olish kamaydi. Non, yarim fabrikatlar, konservalan- gan meva kabilarni sotib olish miqdori ko'paydi. Ana shu mahsu- lotlarni sotib olish dinamikasini muqobil qiymat nuqtayi nazaridan- tushuntiring.
Ayrim kishilar kundalik ehtiyoj mollari bo'lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy kabilarning narxini past darajada ushlab turish kerak, degan fikrni bildirishadi. Baholar ustidan nazorat va rag'batlantirish konsepsiyasidan foydalanib, birinchi darajali kun­dalik ehtiyoj mollarining narxini bozor narxidan past belgilanishi qanday oqibatga olib kelishini tushuntiring.
Yaponiyada asosiy oziq-ovqat mahsuloti guruchdir. Ya- poniya hukumati o'z ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish maqsadida boshqa mamlakatlardan guruch sotib olishni chekladi. 1993-yili ob-havoning noqulay kelishi sababli Yaponiyada sholi yetishtirishga katta talofot yetdi. Ob-havoning yomon kelishi qan­day oqibatga olib kelishini oldindan taxmin qiling.
Keyingi yillarda Yapon guruchining a) taklifini;
narxini o'zgarishini ko'rsating. Sabablarini izohlang.
Yapon hukumatining guruch importiga, umuman, importga munosabatini izohlang.
Usulning boshqa usullarga o'xshab o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud,
Savollaiga javob berish uchun berilgan topshiriqlar, axborot- larni tartibga solish, tahlil qila olishga yo'llashi kerak. Mantiqiy masalalami yechish ulardan foydalanish ko'nikmasini talab qiladi. Bu iqtisodiy fikrlashning yuqori darajasidir. Ularni obyektiv testga nisbatan tuzish oson. Uni qo'llashning qi- yinchiliklari, javoblarni baholashning qiyinligidir. Shunga qara­may, bilish jarayonini tahlil qilish va baholash uchun essedan zarur axborot olish mumkin.
Essening afzalliklari va kamchiliklari
Esse ko'proq fikrlash, bilim mazmunining yuqori bosqichiga xos. U talabalarning yozma nutq ko'nikmalarini takomillashti- rishga yordam beradi. Uni tuzish nisbatan oson hamda talabalar tomonidan tavakkal javoblar tanlanishiga yo'l qo'ymaydi.
Asosiy kamchiligi: a) baholash qiyin; b) ularni o‘qish, tahlil qilish, baholash uchun ko'p vaqt kerak.
Testlar ko'p savolni qamrasa, esseda bir necha savol qo'yiladi. Sababi, ularga javob yozish ko‘p vaqt talab qiladi.
Talabalar bilimini sinash doirasi kengayadi. Esse savollarini har bir talaba uchun alohida berish maqsadga muvofiq. Esse nati­jasi muhokama qilinayotganda original fikr bildirgan talabalarga qo'shimcha ball qo'yish kerak.
3. Dars berishning obyektiv hamda subyektiv tomonlari mavjud. Uning obyektiv tomoniga fanning predmeti, shu fanning xususiyat¬lari, mavzuning mazmuni kirsa, subyektiv tomoniga shu fanni o'qituvchi tomonidan o'zlashtirilishi kiradi. Undan tashqari, meto¬dik jihatdan tayyorgarlik darajasi, individual metodik tamoyillar, uslublar va uni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash ham shu muam- moga kiradi.
0‘quv jarayonini tashkil etish va dars berish uslubini tanlaganda mutaxassis tayyorlash bilan birga, yoshlarga yetuklik, axloqan poklik, vatanparvarlik, baynalmilalchilik ruhini ham sing- dirish zarurligini yoddan chiqarmaslik kerak.
O'qituvchining shaxsi, psixologik sifatlari, nazariy va metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi dars berish metodiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bir metodni qo'llash turli o'qituvchilar darsida turlicha natija berishi mumkin.
Dars berish metodlarining samaradorligi haqida fikr yuritilar ekan, o'qituvchining shaxsiy sifatlaridan uning ilmiy-uslubiy tay- yorgarligi darajasini ajratib bo'lmaydi.
Dars berish jarayon sifatida obyektiv va subyektiv tomonlarning birligidir.
Dars berishning obyektiv tomoniga o‘qituvchiga bog'liq bo'lmagan, o'rganilayotgan fanning mazmuni, dars o'tish tamoyil- lari kiradi. Subyektiv tomonlariga esa:
a) o'qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;
b) o'qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun- qoidalarini qo'llay bilish mahorati;
d) har bir o'qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo'llashdagr individual xususiyatlari kiradi.
Dars berishda pedagog subyektiv omil sifatida namoyon bo'ladi. Ko'p jihatdan talabalarning o'zlashtirishi o'qituvchining dars o'tishda tanlagan metodlariga bog'liq.
Har bir o'qituvchi o'z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib. ma’ruza va nutqida o'ziga xos jihatlarini ko'rsatadi. Ma’lum bir mavzuni yoritishda o'qituvchi o'zi yaxshi bilgan yoki o'zining ilmiy izlanishlari bilan bog'liq bo'lgan, lekin shu mavzuga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lmagan savolga ko'p vaqt ajratib, qol- gan savollarni ko'rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu — mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun dars o'tishdagi muhim vazifalardan biri, bu — subyektiv omillar, albatta, obyektiv omillarga bo'ysinishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi kerak. Bunda, albatta, to'plangan metodik tajriba qo'l keladi.
Har bir o'qituvchi o'zida quyidagi psixologik sifatlarni hosil qilishga va rivojlantirishga harakat qilishi kerak.
1. O'qituvchi auditoriyada o'zini erkin tutishi dars berish imkoniyatiga ishonishi kerak.
2. O'qituvchi gapirib turib, o‘ylashni bilishi kerak. O'qituv- chilik kasbining, mehnatining, mahoratining o'ziga xosligi ham shunda. Dars berishda fikrlash, o‘yIash va gapirish jarayoni qo‘shi- lib ketadi. Awal o'ylab olib, keyin so'zlashga fursat bo'lmaydi.
3. O'qituvchining flkrlashi va shu vaqtning o'zida uni bayon qilishi auditoriyada yuz beradi. Shuning uchun o'qituvchi unga ti- kilib turgan ko'zlardan qo'rqmasligi zarur. Ularni ta’siridan xoli bo'lishni o'rganishi, bilishi kerak. Shu bilan birga, o'qituvchi audi- toriyadagi talabalar bilan o'zaro bog'liqlikni yo'qotmaslikni ham o'zida tarbiyalashi shart.
4. O'qituvchi auditoriyada o'tirgan talabalarning munosabatini, ulardagi o'zgarishini to'g'ri aniqlashi uchun kuzatuvchilik qobili-
yatiga ham ega bo'lishi kerak. Auditoriyani psixologik holatini (su- kunat, shovqin va hokazolar) tez ilg'ashi zarur.
0‘qituvchi bir psixologik holatdan boshqa holatga oson o‘ta olishi kerak. 0‘qituvchining ishonchli dalillari, ilmiy, asosli mulo- hazalari, lining fikrlarini talabalarga ta’sirini bir necha marta oshiradi. 0‘ziga ishonchi esa keng doiradagi bilimi, o‘z fikrini ilmiy asoslab bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishda shakllanadi.
0‘qituvchi keltirgan misollarida talabalarga mehnatga, jami- yatga, o‘rtoqlariga, jamoaga qanday munosabatda bo‘lish zarurligini anglatishi kerak. Talabalarga ta’sir ko‘rsatish uchun, albatta, o‘qituvchi ular o'rtasida hurmatga ega bo‘lishi kerak.
O'qituvchi (oratorlik) voizlik - ma’ruza o'qish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. 0‘qituvchida talabalarni o'z fikriga mahliyo qilish, o'zini qanday tut ish ni bilish qobiliyati bo'lsa, u haqiqiy talant so- hibidir. Buyuk faylasuf Aristotel har bir so'zni qanday aytishni av- val soatlab oynaga qarab, mashq qilgan ekan.
O'qituvchining butun faoliyatida samimiylik, o'ziga ishonch muhim ahamiyatga ega. O'quv-tarbiya faoliyatida qo'llaniladigan metodlar o'qituvchi bilan talaba o'ltasidagi aloqani mustahkam- lashga qaratilgan. Bu o'qituvchi bilan talaba o'rtasida ishchanlik muhitini yaratishda o'z ifodasini topadi. Bunda talabaning fikri o'qituvchi bilan birga kechishi yoki ozgina orqada qolishi yoki ozgina oldinga o'tib ketishi mumkin.
O'qituvchi auditoriyani ko'rishi, his qilishi, u bilan birga ish- lashi kerak. Talaba ham, o'z navbatida, o'qituvchi uni ko'rib, nima qilayotganini bilib turishini his qilishi kerak.
O'qituvchi darsni zerikarli bo'lmasligiga harakat qilishi, o'z ma’ruzasiga talaba ko'zi bilan ham qarashi lozim. Ana shunda o'zini kamchiliklari, dars o'tishda qo'llayotgan uslubi to'g'ri yoki to'g'ri emasligini tez ilg'ab oladi. O'z ishiga ijodiy yondashish, un- dan tashqari talabalar hayotini yaxshi bilish, talabalarni qiziqtiradi- gan masalalarni yechishga yordam beradi.
Bir so'z bilan aytganda, metodika o'qituvchi uchun chuqur, qiziqarli, tushunarli tarzda bilim berish asosidir.
Download 33,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish