Konstruksion materiallarning xossalari
Qotishmalar guruhi va kichik guruhi (namunaviy vakil)
|
20°С dagi solishterma elektr
qarshilik 0, mkΩ∙sm
|
20˚С dgi issiqlik o‘tkazuvchalik
, kVt/(m∙ К)
|
Chiziqli kengayish koeffitsienti10-6, 1/К
|
Erish harorrati Тerish, °С
|
Kristallanish oralig‘i, ˚С
|
Oksid pardaning erish harorati Тэриш, ˚С
|
Payvandlash joyi metallning deformatsiyaga shartli qarshiligi *D, MPa
|
1. Kam uglerodli po‘latlar (08 кп)
|
13
|
0,06
|
11,5
|
1530
|
1530–1510
|
1424 (FeO)
|
200
|
2. O‘rtacha va kam uglerodli po‘latlar (30ХГСА)
|
21
|
0,04
|
12,3
|
1480
|
1480–1350
|
–
|
280
|
3. Legirlangan po‘latlar va qotismalar:
а) korroziyabardosh va issiqbardosh po‘latlar (12Х18Н 10Т)
b) issiqbardosh qotismalar (ХН75МБТЮ)
d) issiqbardosh oshirilgan qotismalar (ХН60БТ)
|
75
90
120
|
0,016
0,013
0,01
|
15,5
13,5
12,7
|
144
–
1375
|
1440–1380
–
1375–1200
|
2275
–
–
|
300
500
700
|
4. Titian qotishmalar (ВТ6)
|
160
|
0,008
|
8
|
1700
|
1700–1680
|
1840
|
350
|
5. Aluminiy qotishmalar:
а) kam plastic qotishmalar (АМг6)
b) termik mustahkamlangan yoqori darajada chidamli qotishmalar (Д16Т)
d) plastic qotishmalar (АМц)
|
7,5
7,3
4,2
|
0,1
0,125
0,16
|
2,0
22
22
|
620
633
654
|
620-550
633–502
654-633
|
2030
2050
2050
|
160
120
80
|
6. Magniy qotishmalar (МА2-1)
|
12
|
0,1
|
–
|
632
|
632–565
|
2800
|
70
|
7. Mis qotishmalar (Л62 markali jez)
|
8,0
|
0,11
|
20,6
|
905
|
905–890
|
1230
|
130
|
8. Qiyin eriydigan qotishmalar (ВМ1)
|
5,5
|
0,17
|
6,06
|
2620
|
2620–2605
|
782
|
800
|
Ayrim metallar harorat k o‘tarilishi bilan o‘z xossalarini (ρ0, λ, a) o‘zgartiradi. Shu bois rejimga ko‘pincha qo‘shimcha tok impulsi bilan oldindan qizdirish kiritiladi (ρ0 ni oshirish va λ hamda a ni kichiklashtirish uchun). Bu esa payvandlash tokini kamaytirish va birikmalarning shakllanishini osonlashtirish imkonini beradi.
Sirtqi pardalarning elektr va fizik-mexanik xossalari tegish joylarida issiqlik ajralishiga hamda massa ko‘chishga ta’sir qiladi.
9.2 Turli konstruksion materiallarning payvandlanuvchanligi
Texnologik payvandlanuvchanlik deganda, metallarning birikmaning o‘zida va unga tutashuvchi chok yaqinidagi joyda o‘zining texnik xossalarini jiddiy yomonlashtirmasdan birikma hosil qila olishi tushuniladi. Turli konstruksion materiallarni kontaktli payvandlash rejimlarini tanlash yoki hisoblashda ularning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinmog‘i darkor.
1. Kam uglerodli po‘latlar - tarkibida 0,25 % gacha C bo‘lgan po‘latlardir. Ularning oddiy va sifatli xillari bo‘ladi. Sifatli po‘latlarning har bir markasida uglerod hamda aralashmalar miqdorining chegarasi torroq bo‘ladi. Ko‘pchish to‘liqligiga ko‘ra ular tinch (сп), qaynovchi (кп) va yarim tinch (пс) bo‘ligan mumkin.
Solishtirma elektr qarshiliginig o‘rtacha qiymatlari (ρ0~13 mkΩ∙sm), deformatsiyaga qarshiliging kichikligi σ*D (~200 MPa), termik siklga hamda chayqalib to‘kilishlarga sezgirligining pastligi bu po‘latlarni qattiq rejimlarda ham, yumshoq rejimlarda ham uncha katta bo‘lmagan payvandlash toki Ipay va kichik payvandlash kuchi Fpay yordamida ish yuzasi yassy, elektr o‘tkazuvchanligi mis elektr o‘tkazuvchanligining 80 % idan kam bo‘lmagan hamda kattiqligi HB 120–140 bo‘lgan elektrodlar bilan payvandlashga imkon beradi. Odatda o‘zgarmas kuchli bitta tok impulsi a siklogrammadan, qalinlik 2 mm dan ortiq bo‘lganda esa b siklogrammadan foydalaniladi (10.1-rasmga qarang). Ammo cho‘kichlash kuchi metallning sovishini tezlashtiradi va tarkibida C miqdori 2 % dan ko‘p bo‘lgan po‘latlarni payvandlashda toblash martensiti yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chokli payvandlash b siklogrammadan foydalanib amalga oshiriladi (2.3.3- rasmga qarang).
2. O‘rtacha uglerodli kam legirlangan po‘latlar. Bular tarkibida C miqdori 0,25–0,45 % va legirlovchi elementlar (Mn, Ni, Cr, Si, Ti, Zr, Nb, W, Mo) ning jami miqdori 2,5 % gacha bo‘lgan po‘latlardir. Uglerod va legirlovchi elementlar miqdori ortishi bilan po‘latlarning solishtirma elektr qarshiligi, deformatsiyaga qarshiligi oshadi, MHO kengayadi va kristallizatsion darz ketishlarga moyilligi ziyodlashadi, toblanishga moyilligi kuchayadi. Po‘latlarning bunday xossalari sekin qizdirishni, payvandlash tokining davomliligi kam uglorodli po‘lat uchun mo‘ljallanganidan 4–5 baravar ortiq bo‘lgan yumshoq rejimni (Ipay=(4–5)Ipay.1) talab qiladi. Oldinchan qizdirish (10.1-rasmdagi f siklogramma) yoki tokni bir maromda oshirish (2.3.3 -b rasm) ham, ayniqsa, detallar 1,5 mm dan qalin bo‘lganda, foydalidir. Sovishni sekinlashtirish uchun g siklogrammadan foydalaniladi (2.3.1-rasm). Qizdirish toki Iqizd toblangan nuqtani yumshatadi. Bunda payvandlash joyi As1 ga yaqin haroratgacha qizdiriladi Fpay kam uglerodli po‘latlarni payvandlashga nisbatan 1,5–2 baravar oshiriladi (Fpay=(I,5–2)Fpay.1).
Elektrodlarning shakli va materiali 1-guruh metallari uchun bo‘lgani kabi tanlanadi.
Chokli payvandlash nisbatan yumshok rejimlarda o‘zgarmas, lekin biroz oshirilgan kuch (nuqsonlarni yo‘qotish uchun) bilan (2.3.3-rasmdagi b siklognramma) ish yuzasi silindrsimon roliklar yordamida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |