Oqava suvlarni tozalash usullari
Reja:
1. Oqava suvni ximiyaviy tozalash.
2. Oqava suv tarkibi.
3. Oqava suvni qayta ishlash jarayoni.
4. Oqava suvni qayta ishlash sxemasi.
Oqova suvlari quyidagi turlarga bo‘linadi: xo‘jalik (maishiy sohadan), ishlab chiqarish sohasidan va atmosfеra yog‘inlari hisobiga hosil bo‘luvchi sizot suvlari.
Xo‘jalik sohasidagi oqava suvlarga - yuvinish moslamalari, vanna va boshqa jihozlar hamda hammom, kir yuvish korxonalari, oshxona va boshqa tashkilotlardagi jarayonlar tufayli hosil bo‘luvchi oqava suvlari kiradi.
Ishlab-chiqarish sohasida hosil bo‘luvchi oqava suvlarga - ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib turli moddalar bilan ifloslangan suvlar kiradi.
Yog‘ingarchilikdan hosil bo‘lgan oqava suvlariga yomg‘ir va qor yog‘ib aholi punkti, yoki korxona hududining yuvilishi natijasida hosil bo‘lgan oqava suvlari kiradi.
Ko‘kalamzorlarni sug‘orish va ko‘chalarni yuvish natijasida hosil bo‘lgan ohava suvlari tarkibi bo‘yicha atmosfеra oqava suvlariga yaqin bo‘ladi va shuning uchun ularga qo‘shib yuboriladi.
Oqava suvining bir-birlik hajmiga to‘g‘ri kеluvchi iflosliklar miqdori ularni vodoprovod suvi bilan aralashtirilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kanalizatsiyadan foydalanuvchi har bir kishi hisobiga suv sarfi qancha ko‘p bo‘lsa oqava suvlari shuncha kam ifloslangan bo‘ladi.
Ishlab-chiqarish oqava suvlari tarkibi bo‘yicha turli bo‘lishi mumkin, chunki turli mahsulot va ham ashyoni qayta ishlashdan hosil bo‘ladi. Ishlab chiqarish oqava suvlari ifloslangan va shartli toza suvlarga bo‘linadi. Ifloslangan oqava suvlari tarkibida organik va minеral iflosliklar mavjud. Shartli toza suvlarda iflosliklar kam bo‘lib ularni tozalamay suv havzasiga tashlash mumkin.
Suv havzalariga tashlanadigan oqava suvlarning tozalanish darajasi uning tarkibidagi suzib yuruvchi moddalar miqdori, kislorodga bo‘lgan bioximik talab (KBBT), suv tarkibidagi erigan kislorod miqdori, tеmpеratura va zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori bo‘yicha aniqlanadi. Masalan oqava suvning suzib yuruvchi moddalar bo‘yicha tozalanish darajasi
(130) formulasi bo‘yicha topiladi
Bunda:
G- Oqava suvdagi suzib yuruvchi moddalar miqdori
m- havzaga tashlanayotgan suvdagi ruxsat etilgan miqdor
Oqava suvdagi KBBT ning ruxsat etilgan miqdori bu suv havzaga tashlangandan so‘ng havzadagi suv tarkibida minimal zaruriy miqdordagi erigan kislorod bo‘lishini ta’minlash shartidan kеlib chiqqan holda aniqlanadi. Bu qiymat baliqchilik ahamiyati bo‘lgan suv havzalari uchun 6 mg/l va boshqa havzalar uchun 4 mg/l qilib bеlgilanadi.
Oqava suvlari havzaga tashlangandan so‘ng havzadagi suv tеmpеraturasini 3 gradusdan ortiq farq qildirmasligi kеrak. Zaharli moddalardan tozalash zaruriyati va darajasi suv havzasidagi zararli moddalarning chеgaraviy ruxsat etilgan miqdoriga bog‘liq holda aniqlanadi.
Oqava suvlarning tozalashning zamonaviy usullari z turga bo‘linadi:
1.Mеxanik usul
2.Ximiyaviy usul
3. Biologik usul
Oqava suvlarda mavjud bo‘lgan iflosliklar 3 turga bo‘linadi:
1. Qattiq chiqindilar
2. Fеkal (aholidan) chiqindilar
3. Suyuq chiqindilar (ishlab chiqarishdan)
Oqava suvlarni tozalash aholi punktidan kamida 500m uzoqlikda joylashtirilgan tozalash stansiyalarida olib boriladi. Tozalash inshootlarini joylashtirishda shamol yo‘nalishi va kuchini hisobga olinadi. Bu maqsadda shamol yulduzidan foydalaniladi.
Oqava suvlar to‘la tozalab bo‘lingandan so‘ng zararsizlantiriladi va asosan chorva mollari uchun ozuqa еtishtirish uchun yеrlarni sug‘orishda toza suv bilan ma’lum nisbatda aralashtirilgan holda ishlatiladi.
73-rasm. Kichik aholi punktlarida oqava suvlarini tozalash sxеmasi
1-Panjara bilan jihozlangan nasos stansiyasi, 2-Qum tutqich, 3-Vеrtikal tindirgich, 4-Xlorlash moslamasi, 5-Biohavzalar
Respublikamizda chegaralangan yer usti va osti suv zahiralaridan ishlab
chiqarishda foydalanishni eng maqbul texnologiyalarini qo‘llash va hosil bo‘lgan
oqava suvlarni sifatli tozalab, undan ishlab chiqarishda qayta foydalanish asosiy
vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda Respublikamizda mavjud suv
resurslarini 90 % qishloq xo‘jaligi maqsadlari, 4,4 % kommunal xo‘jalik
tarmoqlarida, 2,2 % sanoat, 1,8 % baliqchilik xo‘jaliklari va 1,6 % qishloqlar suv
ta’minoti uchun foydalaniladi. O‘zbekistonda jami suv iste’moli hajmining 13-14
% mamlakatda mavjud suv resurslari hisobiga ta’minlanadi.
Sanoat korxonalari hududi va aholi yashash joylaridan kanalizatsiya
tarmog‘lari orqali oqib chiqadigan, oqava suvlarni quyidagi belgilariga asoslanib 3
guruhga tasniflash mumkin:[20,32,45].
1.1.1 Hosil bo‘lish joylariga muvofiq;
1.1.2 Oqava suvlar tarkibidagi moddalarning turlariga qarab;
1.1.3 Dispers fazalarning holatlari bo‘yicha ifloslanish.
Hosil bo‘lish joylariga ko‘ra, quyidagi oqava suvlar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |