3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish a xususiylashtirish
1991 yil 19 noyabrda bu haqda maxsus qonun"IS qabul qilingan. Mazkur qonunning qabul qilinishiga quyidagilar obyektiv sabablar bo’ldi:
1. Totalitar tuzumda shaxsning mulkdan begonalashuvi oqibatlarini tugatish;
2. Davlat mulkining tarkibiy markazlashuvining haddan ortishi, undan samarali foydalanish, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlay olmaganligi;
3. Davlat mulkiga nisbatan tashmachilik va x0 'jasizlikka barham berish;
4. Bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo' yish mulkning davlat qo'lida haddan ortiq markazlashuviga zid ekanligi.
Davlat tasarrufidan chiqarish deyilganda davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa ijara korxonalariga, aksiyadorlik jamiyatlariga, davlatga qarashli bo'lmagan boshqa korxonalar, tashkilotlarga aylantirilishi tushuniladi. Xususiylashtirish deyilganda esa, fugarolar a davlatga taallugli bo'lmagan yuridik shaxslarni davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyalarini davlatdan sotib olishi tushuniladi. Bu ikki tushuncha o 'rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, davlat tasarrufidan chiqarilganda mulk huquqining ma'lum bir qismi davlat qo'lida saqlanib qoladi, rususiylashtirilganda esa mulk huquqi to liq xususiy shaxslarga o'tadi. Davlat organlari xususiylashtirish subyekti bo 'la olmaydi. Xususiylashtirish obyektlarini davlat budjeti tomonidan sotib olishga yo'l qo'yilmaydi. Xususiylashtirish jarayoni mobaynida ko"p hollarda nizoli binolar xususida kelishmovchiliklar va tizim bo 'limlarining aksiyadorlik jamiyatlari tarkibidan chiqarishlari bilan bog liq bo'lgan nizolar kelib chiqmoqda. Tajriba shuni ko' rsatadiki, ayrim korxonalar va idoralar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlar hamda Vazirlar Mahkamasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalariga oid qaroriga yetarlicha etibor berilmayotgan hollar uchrab turadi. Ulami bajarishda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiylashtirish jarayoniga toʻsiqlar tug'diradigan tor mahkamachilikka yo'l qo'yilayotganidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini davlat tasarrufidan chigarish va xususiylashtirish uchun ariza berish va uni ko'rib chiqish tartibi to'g'risidagi Vaqtinchalik Nizomning 11-bandiga ko'ra, bunday ariza berilgan paytdan boshlab va ijobiy garor qabul qilingan taqdirda, bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va boshqarish huquqini boshqa mulkdorga oʻtkazilgan paytga qadar ma’muriy boshqarish organlari korxonani qayta tuzilishi, tugatilishi, shat jadvali tuzilishini 0'zgartirishi va xodimlarni ishdan bo' shatishi mumkin emas. Davlat uy-joy fondidagi turar joyni xususiylashtirishni amalga oshirishda fuqarolarning va mulkdorlarning huquqini himoya qilish munosabati bilan vujudga kelgan nizolar O' zbekiston Respublikasi FPK va "Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to'g'risida" gi Qonunning 26-moddasiga muvofiq sudlarga taalluqlidir!
Do'stlaringiz bilan baham: |