1. Omap4430 protsessori qaysi turdagi kompyuterlarni yig’ishda ishlatiladi?



Download 384,76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2022
Hajmi384,76 Kb.
#472167
Bog'liq
[KA] Test



Kompyuter arxitekturasi 
1. OMAP4430 protsessori qaysi turdagi kompyuterlarni yig’ishda ishlatiladi? 
‒ mobil kompyuterlarni 
2. Core i7 protsessorida nechta sathli kesh qo’llaniladi? 
‒ 3 sathli kesh 
3. Qaysi protsessor tarkibida 42 000 000 tranzistor mavjud? 
‒ Pentium 4 
4. Pentium 4 protsessori mikroarxitekturasi qanday nomlanadi? 
‒ NetBurst 
5. UltraSPARC III protsessori tarkibida nechta tranzistor bor? 
‒ 29 000 000 
6. Qaysi protsessor NetBurst mikroarxitekturasiga ega? 
‒ Pentium 4 
7. Olti sathli kompyuterlarining nolinchi sathi qanday nomlanadi? 
‒ raqamli mantiqiy sath 
8. Olti sathli kompyuterlarning birinchi sathi qanday nomlanadi? 
‒ mikroarxitektura sathi 
9. Olti sathli kompyuterlarning ikkinchi sathi qanday nomlanadi? 
‒ buyruqlar to’plami arxitekturasi sathi 
10. Olti sathli kompyuterlarning uchinchi sathi qanday nomlanadi? 
‒ operatsion tizim sathi 
11. Olti sathli kompyuterlarning to’rtinchi sathi qanday nomlanadi? 
‒ assembler sathi 
12. Olti sathli kompyuterlarning beshinchi sathi qanday nomlanadi? 
‒ amaliy tillar dasturchilari sathi 
13. Keltilganlarning qaysi biri Fon Neyman prinsipiga to’g’ri keladi? 
‒ Kompyuter xotirasi ma’lumotlar va dasturlarni saqlashda qo’llaniladi 
14. RISC qisqartmasi nimani anglatadi? 
‒ Qisqartirilgan buyruqlar to’plamiga ega kompyuter 


15. Shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallangan qoplamalarni qanday xillarini 
bilasiz? 
‒ gorizontal (desktop) va vertikal (tower) xillari 
16. Kompyuterning minimal tarkibiga nimalar kiradi? 
‒ Monitor, tizimli blok, klavitura 
17. Shaxsiy kompyuterda ma’lumotni qayta ishlash qaysi qurilmada amalga 
oshiriladi? 
‒ Protsessorda 
18. Qisqartirilgan buyruqlar to’plamiga ega kompyuter qanday nomlanadi? 
‒ RISC 
19. ATmega168 protsessor qaysi turdagi kompyuterlarni yig’ishda ishlatiladi? 
‒ ichki o’rnatiladigan kompyuterlarni 
20. Qaysi protsessor Version 9 SPARC mikroarxiterkturasiga ega? 
‒ UltraSPARC III 
21. Kompyuterlar axborotlarni qanday ko’rinishda saqlaydi? 
‒ Raqamli signal ko’rinishda 
22. Arifmetik mantiqiy qurilma qanday vazifani bajaradi? 
‒ Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi 
23. Registrlar qanday qurilma? 
‒ Protsesor ichki tezkor xotirasi 
24. Shina turlari to’g’ri korsatilgan javobni belgilang? 
‒ PCI, ISA 
25. Video karta qanday vazifani bajarib beradi? 
‒ Monitordagi ma’lumotlarni hosil qiladi 
26. Doimiy saqlovchi qurilma nomi tanlang? 
‒ Vinchester 
27. Monitor qaysi port turi orqali bog’lanadi? 
‒ VGA 
28. Zamonaviy kompyuterlarning registr razryadlari soni nechaga teng? 
‒ 64 
29. Axborotlarni kompyuterga kirituvchi qurilmani toping? 
‒ Klaviatura 


30. Assembler qanday dasturlash tili hisoblanadi? 
‒ Quyi dasturlash tili 
31. ADD buyrug’i qanday amalni bajaradi? 
‒ Arifmetik qo’shish 
32. Bir bitli xotira elementini ko’rsating. 
‒ Trigger 
33. Ventillar nima asosida quriladi? 
‒ Tranzistorlar 
34. RAM qanday xotira turi hisoblanadi? 
‒ Tezkor xotira qurilmasi 
35. RAM xotiraning qanday turlari bor? 
‒ Staik va Dinamik 
36. SRAM nima asosida quriladi? 
‒ D-triggerlar 
37. DRAM nima asosida quriladi? 
‒ Tranzistorlar va juda kichik kondensatorlardan 
38. DDR qanday manoni anglatadi? 
‒ Ma’lumotlarni ikki karra tez uzata oluvchi 
39. ROM qanday xotira qurilmasi hisoblanadi? 
‒ Doimiy xotira qurilmasi 
40. Vinchesterni boshqarish nima yordamida amalga oshiriladi? 
‒ Kontroller 
41. BIu-Ray nima? 
‒ Ma’lumotlarni yozish uchun ko’k rangli lazer qo’llaniladigan DVD-disk 
42. Superskalyar protsessor deb nimaga aytiladi? 
‒ Bitta sikl davomida bir necha buyruqlarni bajarish imkoniyatiga ega 
43. MOV qanday buyruq hisoblanadi? 
‒ Yo’naltirish yoki (qo’shish) 
44. Buyruqlar formatlarining necha xili mavjud? 
‒ Adressiz, bir adresli, ikki adresli, uch adresli buyruq 
45. Buyruq nima?


‒ Amal kodi, ushbu amalda qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan 
olinishi va natija qayerga yozilishi kerakligi haqida axborot 
46. Taqqoslash va shartli o’tish buyruqlar? 
‒ CMP 
47. Birlashtirilgan kesh xotira deb nimaga aytiladi? 
‒ Buyruqlar ham, ma’lumotlar ham saqlanadigan kesh xotira 
48. Xotira modullarining qanday xillari mavjud? 
‒ DIMM va SIMM 
49. EDO qanday xotira turi hisoblanadi? 
‒ Ulanish nuqtalarining imkoniyatlari kengaytirilgan dinamik xotira 
50. Modemlarni qanday xillarini bilasiz? 
‒ Ichki va tashqi 
51. Videodapterning ko’rsata olish imkoniyati deganda nima tushuniladi? 
‒ gorizontal va vertikal bo’ylab chiqarib bera olish mumkin bo’lgan nuqtalarning 
soni 
52. Besh sathli konveyerning birinchi bosqichida (C1) nima amalga oshiriladi? 
‒ bajarilishi kerak bo’lgan buyruqni tanlash 
53. Besh sathli konveyerning ikkinchi bosqichida (C2) nima amalga oshiriladi? 
‒ buyruqni dekodlash 
54. Besh sathli konveyerning uchinchi bosqichida (C3) nima amalga oshiriladi? 
‒ operandalarni tanlash 
55. Besh sathli konveyerning to’rtinchi bosqichida (C4) nima amalga oshiriladi? 
‒ buyruqni bajarish 
56. Besh sathli konveyerning beshinchi bosqichida (C5) nima amalga oshiriladi? 
‒ natijalarni xotiraga yoki registrlarga yozish 
57. Bajariladigan buyruqni tanlash besh sathli konveyerning qaysi bosqichida 
amalga oshiriladi? 
‒ C1 
58. Protsessorda xotira yoki registrlarni adreslashning necha xili mavjud? 
‒ 4 
59. To’g’ridan-to’g’ri adreslash qanday tashkil etiladi? 
‒ Buyruqning ikkinchi va uchinchi baytlari xotira adresdan iborat bo’ladi 


60. Murojaat qilinadigan registirni ko’rsatib adreslash qanday tashkil etiladi? 
‒ buyruqning o’zida ma’lumot yozilgan registrning yoki bir juft registrlarning 
adreslari yozilgan bo’ladi 
61. Protsessor siklining qanday bosqichida buyruqni tanlab olish amalga 
oshiriladi? 
‒ 1 
62. Protsessor siklining qanday bosqichida buyruqni dekodlash amalga oshiriladi? 
‒ 3 
63. Protsessor sikilining qanday bosqichida natijalarini xotiraga yoki registrlarga 
yozish amalga oshiriladi? 
‒ 6 
64. Protsessor sikli deb nimaga aytiladi? 
‒ buyruqlarni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarishga 
65. Ma’lumotlarni parallel ishlashning nechta asosiy shakli bor? 
‒ 2 
66. Protsessor siklining qaysi bosqichida buyruqni bajarish amalga oshiriladi? 
‒ 5 
67. Uchinchi avlod kompyuterlari qanday kompyuterlar hisoblanadi? 
‒ Integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar 
68. Fon Neyman kompyuteri nechta asosiy qismlardan iborat? 
‒ 5 ta 
69. Protsessorning qaysi registrida keyingi bajariladigan buyruqning adresi yozib 
turiladi? 
‒ PC 
70. IS 10646 xalqaro standarti deb e’lon qilingan kodni ko’rsating. 
‒ UNICODE 
71. Tashqi qurilmalarni boshqarish dasturi nima deb nomlanadi? 
‒ Drayver 
72. Tez ishlaydigan grafik port shinasini ko’rsating. 
‒ AGP 
73. Ma’lumotlarni ketma-ket uzatuvchi universal shinani ko’rsating. 
‒ USB 


74. Sanoatdagi standart arxitekturali shinani ko’rsating. 
‒ ISA 
75. Sanoatdagi kengaytirilgan standart arxitekturali shinani ko’rsating. 
‒ EISA 
76. Kompyuterning tashqi tashkil etuvchi qurilmalarni o’zaro birgalikda ishlashini 
ta’minlovchi shinani ko’rsating. 
‒ PCI 
77. 4 Gbaytli asosiy xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarda, adres shinasi necha 
razryadga teng bo’ladi? 
‒ 32 
78. Protsessorning siklining birinchi bosqichida nima amalga oshiriladi? 
‒ PC yordamida bajarilishi kerak bo’lgan buyruq tanlab olinadi 
79. Protsessorning siklining ikkinchi bosqichida nima amalga oshiriladi? 
‒ PC-ning qiymati orttriladi 
80. Protsessorning siklining uchinchi bosqichida nima amalga oshiriladi? 
‒ buyruq dekodlanadi 
81. Protsessorning siklining to’rtinchi bosqichida nima amalga oshiriladi? 
‒ buyruqni bajarish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar xotiradan yoki 
registrlardan tanlab olinadi 
82. Protsessorning siklining beshinchi bosqichida nima amalga oshiriladi? 
‒ buyruq bajariladi 
83. Protsessorning siklining oltinchi bosqichida nima amalga oshiriladi? 
‒ natijalarni xotiraga yoki registrlarga yozish 
84. Protsessorning siklining yettinchi bosqichida nima amalga oshiriladi? 
‒ keyingi buyruqni bajarish sikliga o’tish 
85. Protsessor sikli nechta bosqichdan iborat? 
‒ 7 
86. Buyruqni bajarish besh sathli konveyerning qaysi bosqichida amalga 
oshiriladi? 
‒ C4 
87. Natijani xotiraga yoki registrlarga yozish besh sathli konveyerning qaysi 
bosqichida amalga oshiriladi? 
‒ C5 


88. Asosiy plataga nima o’rnatiladi? 
‒ Protsessor 
89. «Sichqoncha» manipulyatori – bu … 
‒ ma’lumotni kiritish qurilmasidir 
90. Personal kompyuterning shinalari nimani ta’minlab beradi? 
‒ Element va qurilmalarning o’zaro bog’lanishini 
91. Monitorning xarakteristikasini tanlang. 
‒ Ruxsat etish imkoniyati 
92. Ma’lumotni protsessor qanday qayta ishlaydi? 
‒ Ikkilik sanoq tizimida 
93. Qaysi qurilma yordamida tashqi qurilma bilan shina o’rtasidagi aloqa amalga 
oshiriladi? 
‒ kontroller 
94. Kontroller nima uchun mo’ljallangan? 
‒ protsessordan kelayotgan axborotlarni, qurilmalar ishini boshqaruvchi mos 
signallariga o’zgartirish uchun 
95. Protsessor asosiy xotiradan ma’lumotlarni o’qish uchun, shina orqali qaysi 
boshqarish signallari bilan xotiraga murojat qiladi? 
‒ MREQ, RD 
96. Protsessor asosiy xotiradan ma’lumotlarni o’qish uchun, shina orqali xotiraga 
murojaat qilish signalini ko’rsating. 
‒ MREQ 
97. Skaner nima uchun mo’ljallangan? 
‒ Qog’oz bo’lagidagi grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun 
98. Modem qanday vazifani bajaradi? 
‒ Analogli signalni raqamli signalga va raqamli signalni analogli signalga 
aylantirish uchun o’zgartiradi 
99. Modem nima uchun mo’ljallangan? 
‒ Telefon tarmog’i orqali bir kompyuterdan boshqa bir kompyuterga ma’lumotni 
uzatish uchun 
100. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish buyruqlarini ko’rsating. 
‒ IN, OUT 
101. Ko’chirib yozish buyruqlarini ko’rsating. 


‒ MOV, PUSH 
102. Arifmetik buyruqlarni ko’rsating. 
‒ ADD, SUB 
103. Umumiy maqsadlar uchun mo’ljallangan registrlarni ko’rsating. 
‒ AX, EAX 
104. Qaysi xotiraga murojat qilish tezligi katta? 
‒ Registrli xotiraga 
105. Kompyuterning ish samaradorligi nimaga bog’liq? 
‒ Protsessor chastotasiga 
106. Bir sekunddagi taktlar soni nima deb ataladi? 
‒ Takt chastotasi 
107. Protsessor tarkibidagi muhim registrlardan biri bo’lgan buyruqlar sanagichi 
registrini ko’rsating. 
‒ PC 
108. Protsessor tarkibidagi muhim registorlardan biri bo’lgan buyruqlar 
ko’rsatuvchi registrini ko’rsating. 
‒ IP 
109. Takt chastotasining o’lchov birligi nima? 
‒ MGs 
110. Mashina kodida yozilgan va arifmetik, mantiqiy operatsiyalarning hamda 
boshqarish operatsiyalaring bajarishiga mas’ul qurilma nima deb ataladi? 
‒ Mikroprotsessor 
111 Registrga yangi ma’lumotni yozish jarayoni qanday nomlanishi mumkin? 
‒ yuklash 
112. Magnitli disk yelkasini tashkil etuvchi sektorlar qanday uzunlikka ega? 
‒ 512 bayt 
113. Kichik hisoblash tizimlarining interfeyslariga ega disklar deganda qanday 
disklar tushuniladi? 
‒ SCSI disklar 
114. Magnitli disklar asosida qurilgan, ma’lumotlarni tezkor kiritish-chiqarish 
qurilmalari qanday nomlanadi? 
‒ RAID disklar 
115. CD disklarning hajmi qanchagacha bo’lishi mumkin? 


‒ 700 Mbayt 
116. Kompyuter xotirasini ierxaik korinishda tashkil etishda, ierarxiyaning eng 
yuqori qismida joylashgan xotirani ko’rsating. 
‒ ichki registrlar 
117. Kompyuter xotirasini ierxaik korinishda tashkil etishda, ierarxiyaning 
ikkinchi qatorida joylashgan xotirani ko’rsating. 
‒ kesh xotira 
118. Kompyuter xotirasini ierxaik korinishda tashkil etishda, ierarxiyaning 
uchinchi qatorida joylashgan xotirani ko’rsating. 
‒ asosiy xotira 
119. Kompyuter xotirasini ierxaik korinishda tashkil etishda, ierarxiyaning 
to’rtinchi qatorida joylashgan xotirani ko’rsating. 
‒ magnitli disk 
120. Kompyuter xotirasini ierxaik korinishda tashkil etishda, ierarxiyaning 
beshinchi qatorida joylashgan xotirani ko’rsating. 
‒ optik disk 
121. D-triggerlar asosida qurilgan tezkor xotira qurilmasini ko’rsating.
‒ statik tezkor xotira qurilmasi (SRAM) 
122. Vinchester nima uchun mo’ljallangan? 
‒ Ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun 
123. Diskovod bu - …? 
‒ Tashqi qurilmadagi ma’lumotni o’qish-yozish qurilmasi 
124. Intel protsessorlari oilasining, Core duo protsessoridan avvalgi protsessorlari 
ishlatilgan kompyuterlarda ikkinchi sath kesh xotirasining maksimal hajmi nechaga 
teng bo’lishi mumkin? 
‒ 1 Mbayt 
125. Intel protsessorlari oilasining, Core duo protsessoridan avvalgi protsessorlari 
ishlatilgan kompyuterlarda birinchi sath kesh xotirasining maksimal hajmi nechaga 
teng bo’lishi mumkin? 
‒ 64 Kbayt 
126. Ulanish nuqtalari bir tomonda joylashgan xotira modullari qanday 
nomlanadi? 
‒ SIMM 
127. Ulanish nuqtalari ikki tomonda joylashgan xotira modullari qanday 
nomlanadi? 


‒ DIMM 
128. SIMM qisqartmasi nimani anglatadi? 
‒ Ulanish nuqtalari bir tomonda joylashgan xotira moduli 
129. DIMM qisqartmasi nimani anglatadi? 
‒ Ulanish nuqtalari ikki tomonda joylashgan xotira moduli 
130. SPARC oilasiga mansub protsessorlar asosida qurilgan kompyuterlarning 
asosiy xotirasida baytlar qanday tartibda joylashtiriladi? 
‒ to’g’ri tartibda 
131. Asosiy xotirasida, baytlar to’g’ri tartibda joylashtirilgan kompyuter 
protsessori ko’rsating. 
‒ UltraSPARC III 
132. Asosiy xotirasida baytlar teskari tartibda joylashtirilgan kompyuter 
protsessori ko’rsating. 
‒ Pentium 4 
133. 1 Mbaytli asosiy xotira adresining maksimal qiymati nechaga teng? 
‒ FFFFF 
134. 4 Gbaytli asosiy xotira adresining maksimal qiymati nechaga teng? 
‒ FFFF FFFF 
135. Hozirgi shaxsiy kompyuterlarda xotiraga murojaat qilishning necha xil rejimi 
mavjud? 
‒ 2 
136. Asosiy xotiraga murojaat qilishning real rejimida bitta segmenting hajmi 
nechaga teng? 
‒ 64 Kbayt 
137. Asosiy xotiraga murojaat qilishning himoyalangan rejimida bitta sahifaning 
hajmi nechaga teng? 
‒ 4 Kbayt 
138. Dastur bu - …? 
‒ kompyuterning ma’lumotni qayta ishlash jarayonida bajaradigan buyruqlar 
ketma-ketligi 
139. Operatsion tizimning yuklash dasturi qayerda joylashgan? 
‒ Doimiy xotirada 
140. Dastur va ma’lumotlar qayta ishlash vaqtida qayerga joylashtiriladi? 


‒ Tezkor xotiraga 
141. Raqamli mantiqiy sath olti sathli kompyuter arxitekturasining qaysi sathiga 
tegishli? 
‒ nolinchi sathiga 
142. Keltirilganlarning qaysi biri Mur qonunini ifodalaydi? 
‒ bir mikrosxemadagi tranzistorlar soni har yili 60% ga ortib boradi 
143. Berilgan dastur bo’yicha ma’lumotlarni qayta izlash qurilmasi? 
‒ Protsessor 
144. Kompyuterda ma’lumot qanday ko’rinishda qayta izlanadi? 
‒ Ikkilik korinishida 
145. CISC qisqartmasi nimani anglatadi? 
‒ To’liq buyruqlar toplamiga ega kompyuter 
146. Birinchi avlod kompyuterlari qanday qurilgan? 
‒ Elektron lampalar asosida qurilgan 
147. Mikroprotsessor tomonidan qabul qilinadigan bitlarning yaxlit soni nima 
deyiladi? 
‒ Protsessor razryadligi 
148. Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlarini ko’rsating. 
‒ INC, DEC 
149. Quyidagilardan qaysi biri dasturiy vositalarga tegishli emas? 
‒ Protsessor 
150. Bevosita adreslash qanday tashkil etiladi? 
‒ Ma’lumot buyruqning o’ziga yozilgan bo’ladi 
151. Guruhga birlashtirilgan triggerlar yordamida nima hosil qilinadi? 
‒ registr 
152. Ma’lumotlar - bu …? 
‒ Kompyuter kodiga o’tkazilgan axborotdir 
153. Pentium oilasiga mansub protsessorlar asosida qurilgan kompyuterlarning 
asosiy xotirasida baytlar qanday tartibda joylashtiriladi? 
‒ Teskari tartibda 
154. Protsessorning IP yoki EIP registri deganda qanday registr tushuniladi? 
‒ buyruqlarni ko’rsatuvchi registr 


155. SOFTWARE deganda nima tushuniladi? 
‒ Kompyuterni dasturiy ta’minoti 
156. Doimiy saqlovchi qurilma qanday xotira turiga kiradi? 
‒ Manbaga bog’liq bo’lmagan qurilma 
157. Registrlar yordamida bilvosita adreslash qanday tashkil etiladi? 
‒ Buyruqda, xotira adresi yoki ma’lumotlar yozilgan bir juft registr ko’rsatiladi 
158. Bajariladigan buyruqni dekodlash besh sathli konveyerning qaysi bosqichida 
amalga oshiriladi? 
‒ C2 
159. Djoystikdan nima uchun foydalaniladi? 
‒ kompyuter o’yinlari o’ynash uchun 
160. Plotter nima uchun mo’ljallangan? 
‒ grafik axborotni qog’ozga chiqarish uchun 
161. USB qisqartmasi nimani anglatadi? 
‒ Ma’lumotlarni ketma-ket uzatuvchi universal shina 
162. Dasturning har bir qatorini tahlil qilib, o’sha zahoti bajaradigan tizimli dastur 
nima deb ataladi? 
‒ Interpretator 
163. Dasturni to’liq tahlil qilib, keyin bajarish uchun kompyuter xotirasiga 
yoziladigan tizimli dasturga nima deb ataladi? 
‒ Translyator 
164. Kompyuter yoqilishini testlash dasturi qayerda yozilgan? 
‒ BIOS mikrosxemasida 
165. Axborotni o’chirish va qayta yozish mumkin bo’lgan programmalanadigan 
doimiy xotira qurilmasini ko’rsating. 
‒ EPROM 
166. Boshqarishni uzatish buyruqlarini ko’rsating. 
‒ JMP, CALL 
167. Ma’lumotlar shinasi nima uchun mo’ljallangan? 
‒ Protsessor ma’lumotlarini uzatish uchun mo’ljallangan 8 razryadli ichki 
ma’lumotlar shinasiga ega 
168. AGP qisqartmasi nimani anglatadi? 
‒ Tez ishlaydigan grafik port shinasini 


169. CS registri deganda qaysi registr tushuniladi? 
‒ Kodlar yoziladigan segment registri 
170. HARDWARE deganda nima tushuniladi? 
‒ Kompyuterning apparat qismi 
171. «Kompyuter» so’zini inglizchadan qilingan dastlabki tarjimasi nimani 
anglatgan? 
‒ buyruqlarni bajarish uchun mo’ljallangan elektron qurilma 
172. Nolinchi avlod qanday kompyuterlar bo’lgan? 
‒ Mexanik kompyuterlar 
173. Qaysi qurilma odatdagi telefon aloqa chiziqlari orqali ma’lumotlar 
almashinishini ta’minlab bera oladi? 
‒ 0 va 1 lar ketma-ketligi modem yordamida modulyasiyalanadi 
174. Asosiy xotiraning dasturning buyruqlari yoziladigan qismi nima deb ataladi? 
‒ Kodlar yoziladigan segment 
175. Dasturchilarga dasturlardagi xatolarni topish uchun yordam beradigan tizimli 
dastur nima deb ataladi? 
‒ Kompilyator 
176. Boshqarish shinasi nima uchun mo’ljallangan? 
‒ Turli bloklarni ishga tushiruvchi signallar boshqarish shinasi orqali uzatiladi 
177. Murojaat qilinadigan registrni ko’rsatib adreslash qanday tashkil etiladi? 
‒ Buyruqning o’zida ma’lumot yozilgan registrning yoki bir juft registrlarning 
adreslari yozilgan bo’ladi 
178. PCI Express shinasi, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalarni bog’lashda, 
qanday rolni bajaradi? 
‒ universal kommutator 
179. XX asrning 40-yillarida hisoblash mashinalarining ishlash prinsiplari kim 
tomonidan tavsiflangan? 
‒ Djon Fon Neyman tomonidan 
180. Shina orqali ma’lumotlarni uzatishga ruxsat beradigan qurilma nima deb 
ataladi? 
‒ Shina ustasi 
181. Boshqarish qurilmasi? 
‒ Buyruqlarni xotiradan chiqarish va ularni qanday buyruqlar ekanligini aniqlash 
vazifalarini bajaradi 


182. SF yoki EFLAGS registri deganda qaysi registr tushuniladi? 
‒ bayroqlar registri 
183. Giperoqimli texnologiya nima? 
‒ 2 ta rezistorlar va qator boshqa resurslar to’plamiga ega bo’lgan qurilma 
184. Buyruqlar sathidagi parallellik nima? 
‒ Har bir sekundda ko’proq buyruqlarni bajarilishini yo’lga qo’yish 
185. Strimmer nima uchun mo’ljallangan? 
‒ Katta hajmdagi axborotni magnit tasmasiga yozish uchun 
186. Pentium 4 protsessori mikrosxemasi nechta chiqish oyoqchalariga ega? 
‒ 478 
187. UltraSPARC III protsessori mikrosxemasi nechta chiqish oyoqchalariga ega? 
‒ 1368 
188. Uchta o’zgaruvchili mantiqiy funksiyaning haqiqat jadvali nechta qatordan 
iborat bo’ladi? 
‒ 8 
189. Beshta o’zgaruvchili mantiqiy funksiyaning haqiqat jadvali necha qatordan 
iborat bo’ladi? 
‒ 32 
190. AX yoki EAX registri deganda nima tushiniladi? 
‒ akkumulyator 
191. Shisha tolali kabelda signal qanday yo’nalishda uzatiladi? 
‒ Bir yo’nalishda 
192. Multimedia-kompyuterining tarkibida qanday qurilma bo’lishi shart? 
‒ CD-ROM diskovod va tovush kartasi 
193. Mikroprotsessor tizimining ishi amallarning qanday ketma-ketligi to’g’ri 
keladi? 
‒ Kompyuter dasturlari buyruqlarini saqlash va ishlov berish 
194. Pentium 4 protsessori mikrosxemasida axborot signallari uchun nechta 
ulanish nuqtalari ajratilgan? 
‒ 198 
195. Shinalarni multiplekslash nima maqsadda ishlatiladi? 
‒ Shinalar sonini kamaytirish uchun 


196. Operatsion tizim dasturlarning qaysi turiga kiradi? 
‒ Tizimli dasturlar turiga 
197. Mikroprotsessor tizimining tizimli magistrali tarkibida nechta asosiy shina 
bor? 
‒ uchta 
198. Magnit diskni sektorlarga bo’lish nimani amalga oshiradi? 
‒ Ma’lumotlarga murojaat qilish vaqtini kamaytiradi 
199. Inkorlash elementining kirishi nechta bo’lishi mumkin? 
‒ 1 
200. AMD protsessoridagi yadrolar sonini ko’rsating. 
‒ 2 
201. Core i7 protsessorlaridagi yadrolar sonini ko’rsating. 
‒ ko’p 
202. Core i7 protsessori qaysi turdagi kompyuterlarni yig’ishda ishlatiladi? 
‒ shaxsiy kompyuterlarni 
203. ASCII kodi qanday uzunliklarga ega bo’lishi mumkin? 
‒ 7 yoki 8 bit 
204. IS 10646 xalqaro standarti deb e’lon qilingan UNICODE-kodining uzunligi 
nechaga teng? 
‒ 16 bit 
205. Antiviruslar dasturlarning qaysi turiga kiradi? 
‒ Tizimli dasturlar 
206. Drayverlar dasturlarning qaysi turiga kiradi? 
‒ Tizimli dasturlar 
207. 16 razryadli adreslar shinasi yordamida qanday hajmdagi xotirani adreslash 
mumkin?
‒ 64 Kbayt 
208. 20 razryadli adres shinasi yordamida qanday hajmdagi xotirani adreslash 
mumkin? 
‒ 1 Mbayt 
209. 32 razryadli adres shinasi yordamida qanday hajmdagi xotirani adreslash 
mumkin? 
‒ 4 Gbayt 


210. 33 razryadli adres shinasi yordamida qanday hajmdagi xotirani adreslash 
mumkin? 
‒ 8 Gbayt 
211. 8 Gbaytli asosiy xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarda, adres shinasi necha 
razryadga teng bo’ladi? 
‒ 33 
212. NOT, NOT-AND, NOT-OR kabi elementlarning kirish signallari, ulardagi 
tranzistorlarning qaysi oyoqchasiga ulangan? 
‒ baza 
213. NOT, NOT-AND, NOT-OR kabi elementlarning chiqish signallari, ulardagi 
tranzistorlarning qaysi oyoqchasidan olinadi? 
‒ kollektor 
214. Ikki operandalar ustida amallar bajarish buyruqlarini ko’rsating. 
‒ ADD, SUB 
215. Pentium 4 protsessori tarkibida nechta transiztor bor? 
‒ 42 000 000 
216. Qaysi protsessor tarkibida 29 000 000 tranzistor mavjud? 
‒ UltraSPARC III 
217. Telefon tarmog’i orqali kompyuterlarni o’zaro bog’laydigan qurilma qanday 
nomlanadi? 
‒ Modem 
218. Tarmoq interfeysi qurilmasini ko’rsating. 
‒ NID 
219. Tarmoq kabellarining qaysi biri eng katta uzatish tezligiga va yuqori sifatga 
ega? 
‒ Optik tolali 
220. Intel protsessorlari oilasining, Core duo protsessoridan avvalgi protsessorlari 
ishlatilgan kompyuterlarda uchinchi sath kesh xotirasining maksimal hajmi nechaga 
teng bo’lishi mumkin? 
‒ bir necha megabaytga 
221. Buyruqlar to’plami arxitekturasi sathi, olti sathli kompyuterlarning qaysi 
sathiga tegishli? 
‒ 2 sathiga 
222. Operatsion tizim sathi, olti sathli kompyuterlarning qaysi sathiga tegishli? 


‒ 3 sathiga 
223. Assembler sathi, olti sathli kompyuterlarning qaysi sathiga tegishli? 
‒ 4 sathiga 
224. ISA qisqartmasi nimani anglatadi? 
‒ Sanoatdagi standart arxitekturali shina 

Download 384,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish