Uch fazali zanjirlar
Umumiy ma’lumotlar
Elektr energiya asosan uch fazali manbalar, uzatish liniyalari va ist’emolchilar yordamida ishlab chiqariladi, uzatiladi va iste’mol qilinadi. Bu holat uch fazali tizimlarni bir fazalilarga nisbatan quyidagi bir qator afzalliklari bilan izohlanadi:
1. Elektr energiya uch fazali toklar sistemasi ko‘rinishida uzatilganda bir fazali tok ko‘rinishida uzatilgandagiga nisbatan qariyb 50% rangli metall tejaladi;
2. Uch fazali toklar sistemasi tuzilishi jihatdan sodda, yaxshi ish xarakteristikalariga ega bO‘lgan, ishlashda ishonchli va arzon hamda bir necha 10 Vt dan 100 kVt va undan katta quvvatli motorlar, transformatorlar va boshqa qurilmalarni yaratish imkonini beradi;
3. Uch fazali simmetrik va to‘rt simli nosimmetrik sistemada bir–biridan ga farq qiluvchi ikkita kuchlanishdan foydalanish mumkin bO‘ladi.
Uch fazali zanjirlarni hisoblash bir fazali sinusoidal tok zanjirlarini hisoblashga o‘xshash bo‘lsa-da, zanjirda boshlang‘ich fazalari har xil bo‘lgan bir nechta EYuK va toklar ishtirokini hisoblashni ancha murakkablashtiradi.
Uch fazali tizimlar. Uch fazali sinxron generator
Bir xil chastotali va fazalari bO‘yicha o‘zaro siljigan sinusoidal EYuK lar ta’sirida bo‘lgan uchta zanjirlar majmuasi sinusoidal tok uch fazali tizimlari deb ataladi. Agar uch fazali tizimni hosil qiluvchi zanjirlar elektr jihatdan o‘zaro ulanmagan bO‘lsa, u holda bunday tizim bog‘lanmagan uch fazali tizim deb ataladi (11 a-rasm). Amaliyotda ko‘pincha bog‘langan uch fazali tizimlar qo‘llaniladi. Bunda toklarni manbaga qaytishi uchun uchta emas, balki kO‘pi bilan bitta simdan foydalaniladi (11 b-rasm).
11-rasm
Uch fazali tizimlarni birinchi bo‘lib mashhur rus olimi M. O. Dolivo-Dobrovolskiy (1862-1919) yaratgan. 1891 yilda bu olim uch fazali tizimlarning barcha bo‘g‘inlari–generator, transformator va motorlarni ishlab chiqqan.
Uch fazali tok elektr energiyasi uch fazali sinxron generatorlar yordamida ishlab chiqariladi. Bu generator asosan ikkita qismdan - qo‘zg‘almas stator 1 va aylanuvchan rotor 2 dan iborat bO‘ladi (12- rasm).
12-rasm
Rotor chulg‘ami o‘zgarmas tok manbaidan ta’minlanadi va ushbu tok rotor va statorni kesib O‘tuvchi doimiy magnit oqimini hosil qiladi.
3.2- расм.
Statorda bir-biridan 1200 ga siljigan uchta chulg‘am joylashtiriladi. 12-rasmda bu chulg‘amlar statorning uchta diametral qarama-qarshi pazlarida joylashtirilgan holatda kO‘rsatilgan. Chulg‘amlar boshlari A, B, C, oxirlari esa X, Y, Z harflari bilan belgilanadi.
Elektromagnit induksiya qonuniga ko‘ra bu chulg‘amlarda qiymatlari teng va fazalari bO‘yicha o‘zaro 1200 (davrning uchdan bir bo‘lagi)ga siljigan sinusoidal EYuK lar tizimi hosil bO‘ladi, ya’ni
,
,
.
Do'stlaringiz bilan baham: |