1. O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash. O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash. O‘lchash vositalarini qiyoslash


Elektron chastotamerlarning qiyoslanishi



Download 145,1 Kb.
bet4/7
Sana28.06.2022
Hajmi145,1 Kb.
#715053
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-maruza

4.Elektron chastotamerlarning qiyoslanishi.

Chastotani o‘ lchovchi asboblarni ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlari metrologik ta’minotni talab qiladi. Ushbu ta’minotni amalga oshirish uchun ilmiy-texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi va birinchi navbatda, o‘ lchashlar birliligini ta’minlash masalasi turadi. Texnik tadbirlarning asosiylari chastota o‘ lchovchi vositalarning qiyoslanishi va ta’mirlanishidir. Chastota standarti bo‘ lgan kvarts generatorini qiyoslash uchun chastotaning rubidiyli standarti, chastota komparatori, elektron-hisobli chastotomer, selektiv Voltmetr, spektr analizatoridan foydalaniladi. Chastotani o‘ lchovchi o‘ lchash vositalarini qiyoslashda ularni ikki guruhga bo‘ lish mumkin. Birinchi guruhga chastota o‘ lchovchi asboblarni, ikkinchi guruhga yuqori barqaror elektromagnit tebranishlarni ishlab beruvchi asboblarni kiritish mumkin. Birinchi guruh asboblari ularning kirishiga chastotasi yuqori barqaror bo‘ lgan signallarni uzatish va o‘ lchash xatoliklarini baholash orqali qiyoslanadi. Namuna chastotasining o‘ rnatish xatoligi va barqarorligi o‘ lchash vositasining o‘ lchash xatoligidan kamida uch marotaba kam bo‘ lishi kerak. Shunga ko‘ ra chastotomerlarni qiyoslash uchun chastota standartlari, sintezatorlar, bo‘ lgichlar, chastota ko‘ paytirgichlar qo‘ llaniladi. Chastotomerning o‘ lchash xatoligi normativ-texnik hujjatlarda reglamentlangan nuqtalari uchun aniqlanadi. Ma’lumki, qiyoslash, asbob chastota diapazonining boshida, o‘ rtasida va oxirida o‘ tkaziladi. Ikkinchi guruhdagi chastota o‘ lchovchi asboblar ular ishlatib bergan elektromagnit tebranishlarni namuna chastotasi bilan solishtirish asosida qiyoslanadi. Bunday asboblarni qiyoslash uchun chastota standartlari, namuna chastota signallari, qabullagichlar, ostsillograflardir. Qiyoslashda quyidagi tadbirlar o‘ tkaziladi: tashqi ko‘ rik; ishlatib ko‘ rish; chastotani o‘ lchashdagi asosiy nisbiy xatolik aniqlanadi; sinussimon signalda davrni o‘ lchashdagi asosiy nisbiy xatolikni aniqlash. Qiyoslash dasturida namuna va yordamchi qiyoslash vositalarining nomro‘ yxati ko‘ rsatiladi. Ishlatib ko‘ rish va o‘ zini tekshirish asbobning normativ-texnik hujjatida keltirilgan tavsiyalar asosida amalga oshiriladi. “Uzluksiz hisob” rejimida hisoblagich va sanoq qurilmasining ishi tekshiriladi. Yordamchi generator yoki chastota sintezatoridan elektron-hisobli chastotamer kirishiga 1 Gts chastotali kuchlanish beriladi va oxirgi 1 va 0 yorug’lik tablosida oxirgi razryadning ketma-ket yonishi kuzatiladi. Chastotani 10, 100, 1000 marta oshirib, oldingi razryadlarning ketma-ket ko‘ rsatishi tekshiriladi. Chastotani o‘ lchash rejimida asbob kirishiga yordamchi generatordan chastotasi 20 Gtsdan ortiq bo‘ lmagan sinussimon signal beriladi, so‘ ngra, signalning bir davri o‘ lchanadi. O‘lchangan qiymat generatorda o‘ rnatilgan davr bilan solishtiriladi. Chastotani o‘ lchashdagi asosiy nisbiy xatolik signal chastotasini bevosita o‘ lchash usuli asosida amalga oshiriladi. Bu signalni 3.3-rasmda keltirilgan qiyoslash sxemasidagi namuna vositalar shakllantiradi. Kvarts generatorining chastotasi etalon chastotalar qaabullagichi “QQ” chiqishida yoki rubidiyli chastota standarti “CHSt”dan chiquvchi signal bilan muttasil ravishda nazorat qilinadi. Chastota sintezatori yoki ko‘ paytirgich “K” yordamida kvarts generatorining chastotasi elektron-hisobli chastotomer kirishiga uzatish darajasidagi signalga aylantiriladi. Qiyoslash elektron-hisobli chastotamerning 0,8-1,0ga teng bo‘ lgan maksimal ishchi chastotasida bajariladi. O‘lchash natijasi nisbiy xatolik bilan baholanadi:
δf = (f - f0) / f0
bu yerda: f – chastotaning o‘ lchangan qiymati;
f0 – namuna o‘ lchash vositasi yordamida o‘ rnatilgan qiymat. δf ning o‘ nta aniqlangan qiymatidan to‘ qqiztasining qiymati qiyoslanayotgan asbobning texnik tafsiloti keltirilgan me’yorlangan xatolik qiymatidan ortib ketmasligi kerak. Qiyoslanayotgan elektron-hisobli chastotamerning kvarts generatori chastotasining asosiy nisbiy xatoligini bu chastotani namuna o‘ lchov bilan solishitirib aniqlashga standart yo‘ l qo‘ yadi. Solishtirishni chastota komparatori yordamida “CHK” yoki “Osts” ostsillografda Lissaju figuralari bo‘ yicha amalga oshirish mumkin.
Agar qiyoslash natijasida aniqlangan chastotani o‘ lchashdagi yo‘ l qo‘ yiladigan xatolik yoki kvarts generatori chastotasining asosiy xatoligi ushbu pribor uchun yo‘ l qo‘ yiladigan qiymatlardan 0,1 oshsa, chastotamerning kvarts generatori sozlanadi va o‘ lchash xatoligi qaytadan aniqlanadi.

ESQ – etalon signallar qabullagichi


RCHS – rubidiyli chastota standarti
KG – kvarts generatori
CHS – chastota sintezatori
K – ko‘ paytirgich
CHK – chastota komparatori
Osts – ostsillograf
EHCH – elektron-hisobli chastotamer
f0 – namuna chastota


Download 145,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish