70. Etalonlarning qanday turlari mavjud?
a) Davlat etaloni, birlamchi etalon, maxsus etalon, ik-kilamchi etalon, nusxa etalon, guvoh etaloni, taqqoslash etaloni, ishchi etalon
b) Davlat etaloni, maxsus etalon, ikkilamchi etalon
c) Davlan etaloni, birlamchi etalon, ishchi etalon
d) Nusxa etalon, taqqoslash etaloni
71. O‘lchash vositasiga ….. kiradi
a) kattaliklar o‘lchovlari, o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash asboblari, qurilmalar, o‘lchash sistemalari
b) o‘lchovlar majmui, o‘lchash o‘zgartkichlari va asboblari bog‘lanish kanallari bilan o‘zaro bog‘langan
c) toshlar, o‘lchash rezistori, normal element va boshqalar
d) termopara, tenzodatchik, induktiv o‘lchovlar;
72. ......................– metrologik tavsiflari Me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oraliida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita
a) o‘lchash vositasi
b) etalon
c) o‘lchov birligi
d) kattalik
Do'stlaringiz bilan baham: |