Hamma:
Aziz ustozlarim , muallimlarim,
Bir umr sog’inchlik salomim sizga.
Qo’llarim ko`ksimda aylagum ta’zim,
Cheksiz hurmat to`la kalomim sizga.
Bolalar ijrosida "O‘zbekistonim" qo‘shig‘i yangraydi.
Qiziar va o‘g‘il bolalar raqsga tushishadi.
Sahnada yana o‘quvchilar.
1-o’quvchi: Ustoz yosh qalblarni olam-olam ziyoga yo‘llaydigan zot! Ular tufayli biz "Vatan" so‘zining teran mazmunini, jozibasini angladik. Eng go‘zal tuyg‘ularni, buyuk muhabbatni qalbimizga jo qilgan bu aziz zotlar bizlarni mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy farzandlari, barkamol avlodlar bo‘lib kamol topishimiz, uchun o‘z mehri, bor bilimini ayamagan qalbi daryo insonlardir.
2-o’quvchi:
Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.
3-o’quvchi:
Ko‘klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.
4-o’quvchi:
Navnihol bog’larning bog‘boni,
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni,
O‘zingiz mehribon ustozlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |