1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]



Download 161,76 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi161,76 Kb.
#197743
Bog'liq
162-II 14.12.2000




[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:



1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 367-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1996-yil, № 2, 56-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 14-dekabr,

162-II-son

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



SUDLAR TO‘G‘RISIDA

(yangi tahriri)

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR



1-modda. Sud tizimi

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasida:



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

harbiy sudlar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;

fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;

tuman (shahar) ma’muriy sudlari faoliyat ko‘rsatadi.

(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.

Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyat tartibi alohida qonun bilan belgilanadi.

2-modda. Sudning vazifalari

O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan.

Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.

3-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishi

O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.

4-modda. Sud hokimiyatining mustaqilligi

Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasiga qarang.

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.

5-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi

Sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.

6-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik

O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.

7-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi

Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi va Fuqarolik protsessual kodeksining 12-moddasiga qarang.

8-modda. Sud ishlari yuritiladigan til

O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.

Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.

9-modda. Sud himoyasida bo‘lish huquqi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida bo‘lish huquqiga egadir.

Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi masalalar sudlar tomonidan ko‘rilayotganda prokuror ishtirok etadi.

10-modda. Himoya huquqini ta’minlash. Aybsizlik prezumpsiyasi

Oldingi tahrirga qarang.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.

(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)

Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas.

(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-100-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

11-modda. Sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash

Oldingi tahrirga qarang.

Sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi prinsiplariga qat’iy muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.



O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-427-son “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonuni.

Sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu departament to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2872-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizom”.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti:

sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlaydi, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;

sudyalarning va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashning joriy ahvolini tizimli tahlil qiladi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashni rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlaydi;

sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi.

(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi



O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.

(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

II BO‘LIM. SUDLARNING TUZILIShI

(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

[OKOZ:


1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]

1-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI

13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.



(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega.



(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko‘radi. U o‘zi birinchi instansiya sifatida ko‘rgan ishlarni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning xohishiga ko‘ra apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rishi mumkin. Apellatsiya tartibida ko‘rilgan ish kassatsiya tartibida ko‘rilmasligi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;

sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi.

(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)

14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining raisi hamda rais o‘rinbosarlari — fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlarining raislari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat bo‘ladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi:



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;

Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati;

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati.

(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi.



(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, adliya vaziri, sudyalar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin.



(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi to‘rt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining a’zolariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.

17-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:

Oldingi tahrirga qarang.

(17-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‘rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqadi;



(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-son Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay’atlarining tarkibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;



(17-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek sudlov hay’atlarining faoliyati haqidagi ma’ruzalarni tinglaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlarini bajarish to‘g‘risidagi ma’ruzalarini tinglaydi;



(17-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.



(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.

20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida bayonnoma yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

21-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqish

(21-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishincha ularning ma’ruzalari yoki ular vakolat bergan shaxslarning ma’ruzalari bo‘yicha eshitiladi. Ushbu masalalarning muhokamasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin.



(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo‘llayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.

22-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifasini bajarish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi.

23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati eng yuqori sudlov instansiyasi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi.



(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozim bo‘yicha kiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati:

ishlarni nazorat tartibida ko‘radi;

sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko‘rib chiqadi;

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining shu sudlar faoliyati to‘g‘risidagi va qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi ma’ruzalarini tinglaydi;



(24-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari va apparatining ishini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqadi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari:

ishlarni birinchi instansiyada, apellatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko‘radi;

sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi;

qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

sud statistikasini tahlil qiladi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;

sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;

sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;

sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘xtatib turadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining umumiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;

ishni bir suddan boshqa sudga olib berish masalasini hal qiladi;

Plenum va Rayosat muhokamasiga qonunga binoan ularning vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari qonun hujjatlariga muvofiq emasligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi;



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ko‘rib chiqishi uchun taqdimnoma kiritadi;

(26-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-son Qonuniga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to‘g‘risida, sudlov hay’atlari hamda Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkiblari haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;



(26-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qo‘zg‘atadi;

rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;



(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan o‘n oltinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;

buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;

fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

27-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari

(27-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari:



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatidan tashqari barcha instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay’atlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalarni taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari majlislarida raislik qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

(27-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)

sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;

tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

sudlar tomonidan chiqarilgan, o‘zlari protest kiritishga haqli bo‘lgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini to‘xtatib turadi;

sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiy bo‘linmalari ishiga rahbarlik qiladi;

fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

(27-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlarini raisning birinchi o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosar ham yo‘qligida esa rais o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.04.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasining jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi;

2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi;

3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.07.00 Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.09.00 Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari]

Oldingi tahrirga qarang.

2-BOB. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SUDI, VILOYAT SUDI, TOShKENT ShAHAR SUDI



(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

29-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining tarkibi



Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais o‘rinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais o‘rinbosari, sudyalardan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari rais va sudyalardan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari rais va sudyalardan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.

(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

30-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi vakolatlari

(30-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi:

(30-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘radi;



(30-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi;

Oldingi tahrirga qarang.

sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;



sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi;

(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

31-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati



Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning sudyalaridan iborat tarkibda ish olib boradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari har oyda kamida ikki marta o‘tkaziladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati a’zolarining ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.

(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

32-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati vakolatlari

(32-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati:



(32-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



(32-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko‘rib chiqadi;

hay’atlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalarni, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining shu sudlar faoliyati to‘g‘risidagi va qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi ma’ruzalarini tinglaydi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

33-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari

(33-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari:

(33-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada ko‘radi;

apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning xohishiga ko‘ra, ishlarni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘radi. Apellatsiya tartibida ko‘rilgan ish kassatsiya tartibida ko‘rilmasligi kerak;

sud amaliyotini umumlashtiradi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

34-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi

(34-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi:

(34-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

sud faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

(34-moddaning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;

sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

sud majlislarida raislik qiladi;



tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;

(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)

sudyalar, sudning boshqa xodimlari hamda xalq maslahatchilari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;

sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini tashkil etadi;

fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish ishini tashkil etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

sudyalarning malaka hay’ati qarorlari ustidan Sudyalarning oliy malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;



(34-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;



bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;

(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)

sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

35-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari

(35-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari:

(35-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

sudlov hay’atlarining ishini tashkil etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;



(35-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)

sud rayosatiga sudlov hay’atlarining faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar taqdim etadi;

fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;

sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raisining o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari Sudyalarning oliy malaka hay’ati qaroriga ko‘ra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.



(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.08.00 Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;

2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.10.00 Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo (tuman) sudlari]

Oldingi tahrirga qarang.

3-BOB. FUQAROLIK IShLARI BO‘YIChA TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) SUDI. JINOYAT IShLARI BO‘YIChA TUMAN (ShAHAR) SUDI. TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) IQTISODIY SUDI. TUMAN (ShAHAR) MA’MURIY SUDI



(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

36-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman(shahar) ma’muriy sudining tarkibi



Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.

Tuman (shahar) ma’muriy sudi rais va sudyadan iborat bo‘ladi.

(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

37-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining vakolatlari

(37-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan fuqarolik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.



(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga kiritilgan jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi.



(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.



Tuman (shahar) ma’muriy sudi davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar bo‘yicha ma’muriy nizolarni hamda qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.

(37-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

38-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi



Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi:

Oldingi tahrirga qarang.

sud majlislarida raislik qiladi;



(38-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)

fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;



bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;

(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)

sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi yo‘qligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hay’ati qaroriga ko‘ra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.

(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.11.00 Harbiy sudlar]

4-BOB. HARBIY SUDLAR

Oldingi tahrirga qarang.

39-modda. Harbiy sudlar tizimi



O‘zbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat.

(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

40-modda. Harbiy sudlarning tarkibi



O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.

Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.

(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

41-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar

O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari:

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida bo‘lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni;



(41-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;

Oldingi tahrirga qarang.

alohida holatlarga ko‘ra sudlar faoliyat ko‘rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;



(41-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

davlat sirlariga taalluqli ishlarni;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni ko‘radi.

42-modda. Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish

Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalarning maqomi. Sudyalarning saylanish va tayinlanish tartibi. Vakolatlarni tugatish. Sudyalarning moddiy va ijtimoiy ta’minoti]

IV BO‘LIM. SUDYALAR MAQOMI

7-BOB. SUDYALAR, ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

60-modda. Sudyalar

Sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir.

O‘zbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir xil maqomga ega.

Sudlarning raislari, rais o‘rinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir.

Oldingi tahrirga qarang.

61-modda. Sudyalikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar



Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin.

(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.

Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart. O‘qish davrida ular asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq o‘qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.



(61-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.19.00 Xalq maslahatchilari]

62-modda. Xalq maslahatchilari

Oldingi tahrirga qarang.

O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin.



(62-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, saylov kunida o‘ttiz besh yoshga to‘lgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin.



(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan belgilanadi.

(62-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)

Xalq maslahatchilari sudlardagi vazifalarini bajarish uchun yiliga ko‘pi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, ularning ishtirokida boshlangan sud ishini ko‘rishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar bundan mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

63-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o‘rinbosarlari, sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.



Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan saylanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi.



(63-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.



(63-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Oldingi tahrirga qarang.

631-modda. Sudyaning vakolat muddati va uni hisoblash tartibi



Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.

Sudya o‘z vakolati muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning o‘zida sudyalik lavozimida bo‘lish muddati ikki yildan kam bo‘lmasligi kerak.

Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi.

Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

632-modda. Sud raislarining vakolat muddati

Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.

Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u o‘zining faoliyatini o‘z roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi yoxud qolgan vakolat muddatiga o‘z roziligi bilan boshqa sudyalik lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi.

(631 va 632-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

64-modda. Sudyaning qasamyodi

Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qilganidan keyin o‘z vazifasini bajarishga kirishadi:

“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek beg‘araz, xolis va adolatli bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman”.

Sudyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘i oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladilar.

Sudyalar quyidagi tartibda qasamyod qiladilar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar sudyalari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida;

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari –Qoraqalpog‘iston Respublikasining tegishli sudlari rayosati majlisida.



(64-moddaning uchinchi qismi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

65-modda. Sudyalarning huquqlari

Sudyalar:

mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;

mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot olish;

uyushmalarga birlashish huquqiga ega.

Sudyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan talab va farmoyishlarini so‘zsiz bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari sudyalarning talabiga muvofiq bepul beriladi. Sudyalarning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

66-modda. Sudyalarning majburiyatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalar o‘z vakolatlari doirasida ishlarni ko‘rish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga so‘zsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi, beg‘araz va adolatli bo‘lishi shart.



(66-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalar sudyalik sha’nini sudyalar odob-axloqi qoidalarini qat’iy saqlashlari, odil sudlovning obro‘sini, sudyalik qadr-qimmatini tushirishi yoki sudyaning xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.



(66-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

Sudyalar sudyalarning maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari o‘tkazish chog‘ida olingan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.

(66-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

(66-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

661-modda. Sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari uchun sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun oltmish besh yoshni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi sudyaning roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Sudya pensiya yoshiga yetganda yoki pensiyaga chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda, pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi.

(661-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

8-BOB. SUDYALAR MUSTAQILLIGINING ASOSIY KAFOLATLARI

67-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash

Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:

ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun mazkur Qonunning 63 va 72-moddalariga qarang.

ularning daxlsizligi;

odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy taomil;

qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;

sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;

sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish.

68-modda. Sudyaga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik

Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligiga rioya etishi shart.

Sudyaga nisbatan hurmatsizlik qilish, shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga binoan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

69-modda. Sud ishlarini hal qilishga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rishga to‘sqinlik qilish yoki g‘ayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin biron-bir tarzda ta’sir etish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari o‘z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan o‘zicha hal qilib qo‘yishga yoki sudga boshqacha tarzda ta’sir etishga haqli emas.

Oldingi tahrirga qarang.

691-modda. Sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlash



Sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlashga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlanadi.

Sudlarda ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.

(691-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)

70-modda. Sudyalar daxlsizligi

Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha o‘qotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.



(70-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.



(70-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.



(70-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, telefondagi so‘zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoki olishga faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.



(70-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87-son “Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2981).

71-modda. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatish

Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda uning vakolatlari to‘xtatiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalarning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin, agar:

(71-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

sudya o‘z lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa;

Oldingi tahrirga qarang.

sudya tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan bo‘lsa;



(71-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

sudya sud qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa.

Sudyaning vakolatlari bu vakolatlarni to‘xtatishga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.

Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi O‘RQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi nizomning 57-moddasiga qarang.

Sudyalik vakolatlarining to‘xtatilishi unga ish haqi to‘lanishi to‘xtatilishiga yoki uning ish haqi miqdori kamaytirilishiga, sudyaning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab bo‘lmaydi, ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan hibsga olish chorasi tanlangan hollar bundan mustasno.

72-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:



1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;

2) yozma ariza bergan taqdirda;

3) sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari to‘xtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettiravergan taqdirda;

4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;

5) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;

6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;

7) vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;

8) sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir bo‘lmay qolgan taqdirda;

9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga o‘tishga rozilik bermasa.

Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raisining va rais o‘rinbosarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;

Oldingi tahrirga qarang.

harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;



(72-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.

Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yo‘l qo‘yiladi.

Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalarning malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi O‘RQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi nizomning 58-moddasiga qarang.

Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 9-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mustasno.

(72-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

73-modda. Sudyalarning intizomiy javobgarligi

Sudya:

odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;

Oldingi tahrirga qarang.

sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun;



sudyalar odob-axloqi qoidalarini buzganligi uchun faqat sudyalar malaka hay’atining qaroriga ko‘ra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

(73-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(73-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi O‘RQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi nizomning 6-bobiga (“Sudyalarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi”ga) qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

74-modda. Sudyalar malaka hay’atlari



Sudyalarning malaka hay’atlari quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi:

sudyaning intizomiy javobgarligi;

sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;

sudyaning daxlsizligini ta’minlash;

sudyaga malaka darajasini berish;

xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko‘maklashadi.



Sudyalar oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi.

(74-moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sudyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi O‘RQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi nizomga qarang.

(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.15.00 Sudlarning moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti]

9-BOB. SUDYALARNING MODDIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI

75-modda. Sudyalarning moddiy ta’minoti

Sudyalarning ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, ko‘p yillik xizmati uchun to‘lanadigan ustama haqlardan iborat bo‘lib, uning miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qo‘shiladigan qo‘shimcha haq miqdorlari, shuningdek malaka darajalariga ega bo‘lgan sudyalarga beriladigan oylik ustama haq miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorining 1 va 3-ilovalarida belgilangan.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risida”gi Nizom, “Sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida”gi Nizomga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-sonli “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

(75-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)

Sudyalarga har yili o‘ttiz olti ish kunidan iborat haq to‘lanadigan ta’til beriladi.

76-modda. Sudyalarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash choralari

Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘i davlatning maxsus muhofazasida bo‘ladi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urta qilinadi.

Quyidagi hollarda davlat sug‘urta organlari sug‘urta summalarini to‘laydi:

sudya ishlayotgan davrida yoki vakolat muddati tugaganidan keyin halok bo‘lsa (vafot etsa), agar bu sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;

sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolsa yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;

sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo‘qolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.

Sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya o‘rtasidagi farq har oyda to‘lab boriladi.

Sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‘lsa (vafot etsa), uning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga sudya ish haqining ularning hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi va boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya o‘rtasidagi farq har oyda, majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga olmagan holda to‘lanadi.

Sudyaning o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yo‘q qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila a’zolariga to‘laligicha qoplanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

761-modda. Sudyalarning vakolatlari tugaganidan keyin ularga beriladigan kafolatlar



Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash uchun hujjatlari ko‘rib chiqiladigan davrda yoxud yangi ish joyiga ishga joylashtirilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.

Sudyalarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.

(761-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

V BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR

77-modda. Sud apparati

Sud apparati sudning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini ta’minlaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Sud apparati xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan o‘tadi.



(77-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sud apparati xodimlariga malaka darajalarini belgilash va ularni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.

78-modda. Sudlarning tuzilishi va shtatlari

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligining soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.



Sudlarning shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli “Tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur bo‘lgan hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi.

(78-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

79-modda. Sudlarni moliyalash va ularning moddiy-texnika ta’minoti

Oldingi tahrirga qarang.

Sudlarni moliyalashtirish, ularning moddiy-texnika va o‘zga xil ta’minoti, binolarini qo‘riqlash va saqlab turish respublika budjetining hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablag‘larning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



Ajratilgan mablag‘larni taqsimlash:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi.

Har bir sud alohida bino, qo‘riqlash va avtotransport bilan ta’minlanadi.

(79-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

80-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot organlari



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi o‘z matbuot organlariga ega.

(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

81-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida maslahat organi bo‘lgan va jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashi tuziladi. Uning vazifasiga qonun hujjatlarini qo‘llash yuzasidan sud amaliyotida kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kiradi.

(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

82-modda. Sudlar muhri

Sudlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

83-modda. Sudlarda davlat ramzlari



Sud binosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tariladi va Davlat gerbining tasviri o‘rnatiladi, sud zallarida esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri o‘rnatiladi.

(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

84-modda. Sudyalarning maxsus kiyimi

Sudyalar sud majlisini maxsus kiyimda olib boradilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.

(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

85-modda. Sudyaning guvohnomasi

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga, rais o‘rinbosariga va sudyalariga guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.



Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalariga guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.

(85-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 10-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2007-y., 29-30-son, 296-modda; 2009-yil, 52-son, 553-modda; 2011-y., 16-son, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2017-y., 13-son, 194-modda, 15-son, 242-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)

Download 161,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish