1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining o‘zgarish
dinamikasi
4
(yil boshiga, ming kishi)
Yuqorida nomlari tilga olingan hujjatlarga muvofiq, keksalar hayotini minimal
ijtimoiy kafolatlar darajasida ta’minlash mamlakatlarning rivojlanganlik darajasidan
qat’iy nazar, ijtimoiy davlatning vazifasi hisoblanib, ijtimoiy kafolatlar tizimi
shakllanishining qonuniy, iqtisodiy va moliyaviy jihatlari esa alohida dolzarblik kasb
etadi hamda bu borada olib boriladigan tadqiqotlarning dolzarbligini belgilab beradi.
Pensiya ta’minoti aholining ishonchli va kafolatlangan ijtimoiy himoyasida
muhim va markaziy o‘rinni egallaydi. Pensiya ta’minotining holatiga esa
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
2006
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
26312,7
29123,4
29555,4
29993,5
30492,8
30909,9
31575,3
32120,5
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2018 йил
www.interfinance.uz
3
mamlakatdagi demografik vaziyat va uning yaqin va o‘rta istiqboldagi dinamikasi
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining soni 2017-yilning 1-
yanvar holatiga ko‘ra 32 million 120,5 ming kishini tashkil qilgan va 2016-yil
boshiga nisbatan 545,2 ming nafarga ko‘paygan hamda bu 1,7 foizlik o‘sishni
ko‘rsatgan bo’lsa, 2018-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston aholisi soni 32 million
653,9 ming kishini tashkil etib, 2017 yilda 533,4 ming kishiga yoki 1,7 foizga
o’sgan
1
.
Rasmdagi diagrammadan ko‘rinib turganidek, mamlakatimiz aholisi soni
yildan-yilga oshib bormoqda. Bunday o‘zgarishlar esa aholiga munosib yashash va
ishlash sharoitlarini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish, aholi
salomatligini muhofaza qilish, ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, uy-joy bilan
ta’minlash, kommunal va maishiy xizmatlar miqdori va sifatini oshirish kabi vazifalar
bilan bir qatorda, mamlakat fuqarolarining ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy himoyasini
yaxshilash masalalarini ham ko‘ndalang qo‘yadi.
Pensiya ta’minotining iqtisodiy va moliyaviy holatini ko‘p jihatdan aholining
bandligi ko‘rsatkichlari belgilab beradi. Aholi bandligi ko‘rsatkichlari qancha oshsa,
iqtisodiyotdagi va ijtimoiy hayotdagi ko‘pgina ijtimoiy muammolarni ijobiy tomonga
hal qilish uchun iqtisodiy imkoniyatlar ko‘payadi. Shu jumladan, iqtisodiyotdagi
band aholi muayyan ish hajmini bajargani uchun oylik maosh yoki ish haqi oladi, ish
haqidan esa pensiya ta’minotining asosiy moliyaviy manbasi bo‘lgan Pensiya
jamg‘armasiga muntazam ravishda sug‘urta badali to‘laydi, ish haqlarining darajasi
oshib borgan sayin Pensiya jamg‘armasiga tushumlar ham ortadi, bu esa uning
moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Albatta, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish bevosita pensiyalarning
pensionerlarga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanish masalasini ham qamrab oladi.
Pensiyalarning o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishi, avvalo, Pensiya
jamg‘armasining moliyaviy barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida,
Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligi pensiya ta’minoti boshqaruvining
samarali tashkil etilishiga bog‘liq.
Davlat pensiya fondlari barqarorligini ta’minlash makroiqtisodiy nuqtai
nazardan ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu borada AQShlik olim Jun Pengning
quyidagi fikrlari ahamiyatlidir: “Pensiya ta’minoti boshqaruvi, nafaqat, pensiya
ta’minotining moliyaviy barqarorligiga, balki butun davlat sektorining moliyaviy
barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli pensiya ta’minoti boshqaruvi davlat
pensiya tizimiga pensiya badalini to‘lovchi va kelgusida undan hukumat tomonidan
kafolatlangan pensiya to‘lovlarini oluvchi har bir shaxsga dahldor bo‘lmog‘i
lozim”
5
.
Yer yuzida ko‘pgina mamlakatlarni qamrab olgan jamiyatning qarishi o‘z
ahamiyatiga ko‘ra, allaqachon milliy chegaralar doirasidan chiqib ketgan. Birlashgan
Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda dunyo aholisi tarkibida 60
yosh va undan katta yoshdagi aholining ulushi 12,0 foizni (900 mln. kishini) tashkil
etgan. 2020-yilga borganda 60 yosh va undan katta yoshdagi insonlarning soni
birinchi marta 5 yoshdan kichik insonlar sonidan ortib ketadi. 2050-yilga kelib Yer
1
Manba: http://stat.uz/statinfo/demograficheskie-dannye
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2018 йил
Do'stlaringiz bilan baham: |