3-VARIANT 1. Mil.avv.VII-IV asrlarda O’rta Osiyo xalqlari orasida mavjud «sagaris» qanday qurol bo’lgan ?
A) jangovar oybolta
B) xanjar
C) nayza
D) bargistuvon
2. Makedoniyalik Aleksandr bosqini davrida Baqtriya satrapi kim bo’lgan?
A) Bess
B) Dadarshish
C) Xoriyen
D) Ariamen
3. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari qachon Maroqandani bosib olgan edilar?
A) mil.avv.329-yil
B) mil.avv.330-yil
C) mil.avv.327-yil
D) mil.avv.328-yil
4. Makedoniyalik Aleksandrga qarshi so’g’diylar, baqtriyaliklar sak va massagetlarning
qo’zg’oloniga kim rahbarlik qilgan edi?
A) Bess
B) Oksiart
C) Sparangiz
D) Spitamen
5. Makedoniyalik Aleksandr yurishi davrida qaysi daryoning nomi «Politimet» deb nomlangan edi?
A) Hind daryosini
B) Sirdaryoni
C) Amudaryoni
D) Zarafshon daryosini
6. Makedoniyalik Aleksandr bilan Spitamen o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lib o’tgan edi?
A) mil.avv.328-yil
B) mil.avv.330-yil
C) mil.avv.327-yil
D) mil.avv.329-yil
7. Salavka qachon Sharqiy viloyatlarga o’g’li Antioxni noib etib tayinlagan?
A) mil.avv.312-yil
B) mil.avv.280-yil
C) mil.avv.313-yil
D) mil.avv.293-yil
8. Sharqda yunon madaniyatining mahalliy madaniyat bilan umumlashib yangi madaniyatning
vujudga kelishi qanday nomlangan?
A) patritsiylashtirish
B) ellinlashtirish
C) plebeylashtirish
D) aristokratlashtirish
9. Baqtriya davlati qachon Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan edi?
A) mil.avv.V asrda
B) mil.avv.III asrda
C) mil.avv.IV asrda
D) mil.avv.II asrda
10. Makedoniyalik Aleksandr vafot etgan vaqtni aniqlang?
A) mil.avv.322-yil 13 iyun
B) mil.avv.324-yil 13-iyun
C) mil.avv.323-yil 13-iyun
D) mil.avv.325-yil 13-iyun
11. Makedoniyalik Aleksandr yaratgan davlat uning vafotidan so’ng qaysi qismlarga bo’linib ketgan edi?
A) uch qismga: Makedoniya, Misr, Suriya
B) ikki qismga: Makedoniya va Yunoniston
C) uch qismga: Misr, Suriya, Bobil
D) ikki qismga: Misr va Suriya
12. Mil.avv.312-yilda Bobil davlati hukmdori kim bo’lganligini aniqlang?
A) Antiox
B) Aleksandr Makedonskiy
C) Salavka
D) Diodot
13. Mil.avv.140-130-yillarda Yunon-Baqtriya davlatini qaysi qabilalar bosib olgan?
A) oriy qabilalari
B) noma’lum qabilalar
C) yueban qabilalari
D) yuechji qabilalari
14. Xorazm qachon Axamoniylardan mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqqan?
A) mil.avv.III asrda
B) mil.avv.II asrda
C) mil.avv.IV asrda
D) mil.avv.V asrda
15. Qang’ davlati Xitoy manabalarida qanday atalgan edi?
A) Qang’yuy
B) Qang’dez
C) Bityan
D) Qanha
16. Qang’ davlati poytaxti qaysi shahar bo’lgan edi?
A) Qang’dez
B) Ershi
C) Qang’yuy
D) Ko’zaliqir
17. Qang’ davlatining aholisi qanday atalgan edi?
A) saklar
B) qang’dezlilar
C) qang’arlar
D) qang’yuylar
18. Qang’ davlati qachon parchalanib ketganligini aniqlang?
A) IV asrda
B) III asrda
C) II asrda
D) I asrda
19. Dovon davlati qaysi asrda mavjud bo’lganligini aniqlang?
A) mil.avv.III-milodiy II asrlarda
B) mil.avv.III-milodiy III asrlarda
C) mil.avv.II-milodiy III asrlarda
D) mil.avv.IV-milodiy I asrlarda
20. Xitoy tarixchilarining ma’lumotiga ko’ra qaysi davlat aholisi 70 dan ortiq shaharlarda
yashagan?
A) YUnon- Baqtriya davlati
B) Dovon davlati
C) Qang’ davlati
D) Kushon davlati