2. Nuklein kislota komponentlari. Ajratib olingan va tozalangan DNK va RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) bilan gidrolizlanadi; ko’pincha gidroliz polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus fermentlar – nukleazalar ishtirokida boradi. Nuklein kislotalarning fosfodiefir bog`lari gidroliz qilinganda ularning struktura monomerlari – azotli asos, pentoza va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat mononukleotidlar ajralib chiqadi.
Azotli asoslar. Nuklein kislotalarning azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 2 guruhga – purin va pirimidinli guruhlarga bo`linadi. Ularning orasida asosiy va siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purinli asoslarga adenin va guanin; pirimidinliga esa – sitozin, urastil va timin kiradi. DNK tarkibiga A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan boshqa shu asoslarning hammasi va urastil kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |