Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyati yo‘nalishlariga mos ravishda shakllanadi. Masalan: Kredit uyushmalari o‘zlariga a’zo bo;lgaan subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga ega. U ham bo‘lsa kredit operatsiyasidir.
Mikrokredit tashkilotlari aholining iqtisodiy lekin kambag‘al qatlamlariga kredit beradi. Mikrokredit tashkilotlarining asosiy aktiv operatsiyasi bu kichik summada, past foiz stavkasida kredit berish operatsiyasidir.
Faktoring kompaniyasi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha debitor qarzdorlarini inkassatsiya qilish bilan shug‘illanadi. Ular Tovar hujjatlarini 2 ta shart asosida regress huquqi bilan va regress huquqisiz sotib oladi .
Tovar hujjatlari regress huquqi bilan sotib olingan to‘lovchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolganda faktoring kompaniyasiga to‘lovni mol yetkazib beruvchiga undirish huquqi saqlanib qoladi.