1. Nitrobirikmalar tuzilishi va nomlanishi; Nitrobirikmalarning olinishi



Download 314,65 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi314,65 Kb.
#907678
1   2   3
Bog'liq
1. Nitrobirikmalar tuzilishi va nomlanishi; Nitrobirikmalarning

AROMATIK NITROBIRIKMALAR
Nomenklaturasi.
Aromatik qator nitrobirikmalarining nomlanishi, odatda, tegishli aromatik uglevodorodlar nomidan kelib chiqadi. Nitroguruh soniga qarab ular, mono -, di- va trinitrobirikma bo‘lishi mumkin. Halqadagi nitroguruhlarning holati o -, m-, p - harflari bilan, yoki raqamlar orqali belgilanadi:

Olinishi.
Arenlarga konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalari (nitrolovchi aralashma) aralashmasi ta ’sir ettirib, nitrobirikmalar olinadi. Masalan:



Reaksiyaning mexanizmi quyidagicha: avval nitrat va sulfat kislotalar ta'sirlashib, nitrosulfat kislotani hosil qiladi:

Keyin nitrosulfat kislota kation va anionga dissotsilanadi:
O 2N-O-SO2-OH [NO2]+ + HSO4-
[NO2]+ (nitroniy) kationi aromatik halqadagi vodorod atomlaridan birini almashtiradi. Vodorod esa H+ proton holida ajraladi.

Benzol halqasini nitrolash reaksiyasi qiyin o‘tadi, lekin uning gomologlari benzolga nisbatan oson nitrolanadilar.
Yon zanjirda nitroguruh tutgan nitrobirikmalar, masalan, fenilnitrometan C6H5-CH2—NO2, alifatik qatordagi nitrobirikmalarning olinishi usullaridan foydalanib olinadi.

Xossalari.
Nitrobirikmalarning muhim xossalaridan biri shuki, ular qaytarilganda aromatik aminlar hosil bo‘ladi. Ularning aromatik aminlargacha qaytarilishini bir necha usullarda olib borish mumkin:
1. Kislotali muhitda

Qaytarilish bir necha oraliq mahsulotlar hosil bo‘lishi orqali boradi.
Qaytaruvchi sifatida vodorod ishlatiladi va oxirgi mahsulot sifatida anilin hosil bo‘ladi.
2. Neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda
Nitrobirikmalarning qaytarilishi uchun zarur bo‘lgan vodorod, odatda, rux bilan ammoniy xloridning suvli eritmasi ta’sirlashuvidan hosil bo‘ladi. Neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda nitrobenzolni qaytarilishi natijasida fenilgidroksilamin hosil b o‘ladi va keyinchalik uni anilingacha qaytarish mumkin.
3. Ishqorli muhitda
Qaytarilish uchun kerakli vodorod, odatda, rux metalining ishqor bilan reaksiyasidan olinadi:

Kuchli ma’dan kislotalar ta’sirida gidrazobenzol benzidin deb nomlangan moddaga qayta guruhlanadi (N.N. Zinin). Bu reaksiya benzidinli qayta guruhlanish deb ataladi.

Download 314,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish