1. Nima uchun O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlarining 14-maqsadi milliylashtirilmagan?
respublika hududida dengiz havzalari mavjud bo‘lmagani bois
respublikada gender tenligiga erishilganligi sabab
mamlakatda to‘yib ovqatlanmaydiganlarning mavjud emasligi tufayli
respublika hududida dengiz havzalari mavjud bo‘lmagani bois
2. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasini amalga oshirishdagi iqtisodiy yondashuv nimani nazarda tutadi?
siyosiy barqarorlikni taʼminlash
global miqyosda ijtimoiy barqarorlik va madaniy xilma-xillikni taʼminlash
cheklangan resurslardan oqilona foydalanish
har qanday ekologik tizimning normal faoliyat yuritishini taʼminlash
3. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasini amalga oshirishdagi ijtimoiy yondashuv nimani nazarda tutadi?
global miqyosda ijtimoiy barqarorlik va madaniy xilma-xillikni taʼminlash
har qanday ekologik tizimning normal faoliyat yuritishini taʼminlash
cheklangan resurslardan oqilona foydalanish
siyosiy barqarorlikni taʼminlash
4. BMTning atrof-muhit bo‘yicha birinchi Xalqaro Konferensiyasi qayerda va qachon bo‘lib o‘tdi?
Nyu-York, 2000 yil
Yoxannesburg, 2002 yil
Stokgolm, 1972 yil
Rio-de-Janeyro, 1992 yil
5. Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals (SDGs)) – bu:
global miqyosda ijtimoiy barqarorlik va madaniy xilma-xillikni taʼminlash
xalqaro hamkorlikning jahonda tinchlikni o‘rnatish maqsadlari yig‘indisi
har qanday ekologik tizimning normal faoliyat yuritishini taʼminlash
xalqaro hamkorlikning istiqbolda erishishi kutilayotgan maqsadlar yig‘indisi
6. BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) qachon qabul qilingan?
1992 yil
1972 yil
2000 yil
2002 yil
7. Atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytiruvchi harakatlanishning har qanday usuli yoki tashkiliy shakli – bu:
“yashil energiya”
“yashil binolar”
“yashil transport”
“yashil qurilish”
8. Barqaror taraqqiyotning tarkibiy qismlarni belgilang:
foydali qazilmalar, aholi sonining ortishi, ekologik madaniyat
qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, atrof-muhit muhofazasi
iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy rivojlanish, atrof-muhit muhofazasi
ishlab chiqarishning o‘sishi, barqaror taraqqiyot taʼlimi
9. Hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini qondirishiga zarar yetkazmasdan amalga oshirishini nazarda tutadigan rivojlanish nima deyiladi?
ekologik taraqqiyot
iqtisodiy rivojlanish
texnogen rivojlanish
barqaror taraqqiyot
10. Ekologiyaning buzilishi, tabiiy kapital cheklanganligi, tugab borayotganligi, kambag‘allik miqyosining ortib borishi, chuchuk suv, oziq-ovqat, energiyaning yetishmasligi, odamlar va mamlakatlar o‘rtasidagi tengsizlik kabi muammolar xos bo‘lgan iqtisodiy tizim ...
“barqaror iqtisodiyot”
“yashil iqtisodiyot”
“jigar rang iqtisodiyot”
“qora iqtisodiyot”
Do'stlaringiz bilan baham: |