Nerv sistemasining faoliyatini buzilishining umumiy sabablari
Nerv sistemasining vazifasiturli tuman (endogen) ichki va (ekzogen) tashqi kasallik chaqiruvchi sabablar ta’sirida buziladi. Tashqi (ekzogen) kasallik chaqiruvchi omillarga mexanikoviy, fizikoviy, ximiyaviy, infeksion va invazion sabablar kiradi. Nerv sistemasining faoliyatini buzilshi hayvonlarning och qolishi va avitaminozlari hisobiga ham kelib chiqadi.
Ichki (endogen) kasallik chaqiruvchi omillarga bosh va orqa miyaning qon bilan ta’minlanishini buzilishi, bosh va orqa miyada o‘smalar o‘sishi, yallig‘lanish natijasida chandiqlar hosil bo‘lishi, ichki sekretsiya bezlar faoliyatini buzilishlari kiradi.
Bosh va orqa miyani qon bilan ta’minlanishi mexanikoviy ja-rohatlanishda, arteriosklerozlarda, emboliya, miya qon tomirlari torayganida va umumiy anemiyalarda buziladi. Qon bilan ta’minlanish kamay-ganligi uchun, nerv sistemasining faoliyati keskin buzilib, miya xujayralari atrofiyalanadi va o‘ladi. Natijada ular o‘rniga o‘sayotgan bi-riktiruvchi to‘qima bilan almashinadi. Miya, po‘stlog‘ining xujayralari qon tarkibida kislorod va oziqa etarlicha kelmayotganiga juda sezuvchan bo‘ladi.
Miya qon tomirlarining arteriosklerozlari hayvonlarda kamdan-kam uchraydi. Arteriosklerozlarni hosil bo‘lishi va rivojlanishida xo-lesterin almashinuvining buzilishi, uzoq vaqt qon bosiminibaland bo‘lishi, organizmni surunkali mikrob va boshqa toksinlar bilan zaharlanishida hosil bo‘ladi. Arteriosklerozlarda qon tomirlari torayadi, ularni o‘tkazuvchanligi buziladi, natijada miyani oziqalanishi va moddalar almashinuvini oraliq maxsulotlarini chiqarilishi buziladi. Turli sabablar ta’sirida qon tomirlarini bosilishi natijasida miya hujayralarini oziqalanishini buzilishi, shartli reflekslarni so‘nishiga , harakatlanish va sezuvchanlik hamda nerv sistemasining boshqa xususiyatlarini buzilishiga sabab bo‘ladi.Agar miyaga, jumladan po‘stloq va miyachaga 5-6 daqiqa qon kelmasa nekroz rivojlanadi.
Miya qon tomirlari bosh suyagi urilganida, hayvon yiqilganida (bir yoki bir qancha miya qon tomirlari, bosh suyagini tomiri) yorilib, miyaga qon quyiladi. Kam miqdordagi miyaga qon quyilish o‘tkir infeksion kasal-liklardan kuydirgi, cho‘chqalarning o‘lati va zaharlanishlarida kuzatiladi. Qon tomirlaridan oqib chiqqan qon shu qismlardagi miya to‘qimalarini qisadi. Nerv to‘qimalarining qo‘zg‘alishidan kuchli tormozlanish hosil bo‘ladi va tormozlanish tezda po‘stloqqa tarqaladi-irradiatsiyalanadi va qon quyilgan joydan olisga atrofga tarqaladi. Og‘ir qon quyilishlar ko‘p to‘qimalarni qisib quyib, tezda nafas olish markazini paralichi hisobiga hayvon o‘ladi. Agar hayvon o‘lmasa, hayvonni miya po‘stlog‘ini vazifalari asta-sekin qayta tiklana boshlaydi, lekin harakatlanish, sezuvchanlik va vegetativ funksiyalar buzilishlari aniqlanadi va faoliyatlarni miyaning jarohatlangan qism hisobiga pasayishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |