7 – SINF
1 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Kinematika asoslari
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant
1. Jism dastlabki 10 s da 24 m yo’lni bosib o’tdi. U shunday terzlik bilan keyingi 30 s da qancha yo'lni bosib o'tadi ?
2. Motorli qayiq tezligi 7 m/s, daryo oqimining tezligi 3 m/s. Qayiq daryoning 9 km masofasini oqim bo’ylab bosib o’tishdagi t1 va oqimga qarshi bosib o’tishdagi t2 vaqtlarni hisoblang.
3. 120 m/min tezlikda harakatlanayotgan velosipedchi 20 s da qancha masofani bosib o’tadi ?
II – variant
1. Velosipedchi tekis harakat qilib dastlabki 5 s da 18 m yo’l yurdi. U shunday telikda harakat qilsa 5 minutda qancha yo’lni bosib o’tadi ?
2. Avtomobil 120 km masofani 90 minutda bosib o’tdi. Uninmg o’rtacha tezligini m/s lar hisobida toping.
3. Avtomobillar kolonnasi 24 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Kolonnani motosiklchi 60 km/soat tezlikda quvib o’tishi uchun 1 minut vaqt sarflagan bo’lsa kolonna uzunligi ∆L qanchaga teng ?
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
2- NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: To'g'ri chiziqli harakat
Nazorat shakli: Test
1. Quyidagi harakatlardan qaysi biri tekis o’zgaruvchan harakatga misol bo’la oladi ?
I. Tezligi bir xilda kamayib borayotgan jism harakati
II. Tezligi bir xilda ortib borayotgan jism harakati
III. Bir tekisda tormozlanayotgan jism harakati
IV. Tezligi o’zgarmas bo’lgan jism harakati
A) I, II, IV B) Faqat IV C) I, II, III D) I, II, III, IV
2. Boshlang’ich tezligi 2,5 m/s bo’lgan moddiy nuqta 0,1 m/s2 tezlanish bilan 10 s da qancha yo’lni bosib o’tadi ?
A) 10 m B) 25 m C) 12,5 m D) 30 m
3. 12 m balandlikdan tushgan koptok 4 m balandlikka ko’tarildi. Koptokning yo’li va ko’chishi qanchaga teng ( m ) ?
A) 10 m, 8 m B) 16 m, 8 m C) 8 m, 16 m D) 8 m, 8 m
4. 180 km/soat necha m/s ga teng ?
A) 50 B) 18 C) 180 D) 5
5. Gapni to’ldiring: “Jismning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma'lum bir nuqtasidagi tezligi …. deb ataladi.”
A) ...chiziqli tezlik... B) ...doimiy tezlik...C) ...muayyan tezlik... D) ...oniy tezlik...
6. m/s2 qanday kattalikning asosiy o’lchov birligi ?
A) yo'l B) tezlik C) ko'chish D) tezlanish
7. Gapni to’ldiring: “Tekis harakatda jism tezligining yo'nalishi va son qiymati ….. "
A) kamayib boradi B) ortib boradi C) o'zgarmaydi D) nolda teng bo'ladi
8. Tezlikning eng katta o’lchov birligi qaysi javobda keltirilgan ?
A) m/s B) km/soat C) km/s D) m/min
9. Gapni to’ldiring: “To'g'ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakatda tezlik va tezlanish ….. yo'nalgan bo'ladi.”
A) o'zaro qarama-qarshi B) bir xil
C) ixtiyoriy D) o'zaro bir-biriga tik
10. Tekis sekinlanuvchan harakat uchun tezlanish qanday bo’ladi ?
A) ixtiyoriy B) a=0 C) a>0 D) a<0
11. 40 m/s necha km/soat ga teng ?
A) 144 B) 90 C) 14,4 D) 1440
12.Avtomobilning tezligi 20 s da 5 m/s dan 20 m/s gacha oshdi. Uning tezlanishi nimaga teng
( m/s2)?
A) 0,75 B) 12,5 C) 5 D) 1,5
13. Quyidagi kattaliklarning qaysi biri vektor kattalik ?
A) yo'l , tezlik , ko'chish B) vaqt, yo'l , tezlik
C) tezlanish,yo'l , vaqt D) tezlik,tezlanish, ko'chish
14. To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlanish qanday yo’nalgan ?
A) harakat yo’nalishiga teskari B) harakat yo’nalishi bilan bir xil
C) harakat yo’nalishiga tik D) tezlanish yo’nalishga ega emas
15. Qaysi holda kuzatuvchi uchun kuzatilayotgan jism moddiy nuqta bo’la oladi ?
A) Aeroportdagi samolyot B) sport zalidagi o’quvchi
C) sumkadagi kitob D) Balandda uchayotgan samolyot
16. 12,5 km ni metrga aylantiring _____________
17. Jismning o'lchamlari kuzatuvchidanungacha bo'lgan masofadan ko'p marta kichik bo'lsa, bunday jism qanday ataladi ? _______________________
18. Quyidagi tezliklardan qaysi biri eng katta: 25 m/s, 72 km/soat, 104 sm/s ? ______________
19. Boshlang’ich tezliksiz to'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatlayotgan jismning o'rtacha tezligini topish formulasini yozing ________________ .
20. Boshlang’ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning bosib o’tgan yo’lini hisoblash formulasini yozing . _____________________
S
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
J
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
B
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Aylanma tekis harakat
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant
1. Diametri 50 sm bo’gan avtomobil g’ildiragi 0,5 minut davomida 60 marta tekis aylandi. G’ildirakning aylanishlar davri va chastotasini, chetki nuqtalarining chiziqli va burchak tezligini toping.
2. Poyezd egrilik radiusi 800 m bo’lgan burilishda 72 km/soat tezlik bilan harakatlanayotganda uning markazga intilma tezlanishi qanday bo’ladi ?
3. Karusel plarformasining aylanish davri 40 s ga teng. Aylanish o’qidan 4 m uzoqlikdagi nuqtalarning chisiqli tezligi va markazga intilma tezlanishi nimaga teng.
II-Variant
1. Yuk avtomobili 90 km/soat tezlik bilan harakatlanganda uning g’idiraklari 10 Hz bilan chastota bilan aylanadi. G’ildiraklar radiusini, ularning aylanishlar davrini, chetki nuqtalarning burchak tezligini hisoblang.
2. Yukni 0,4 m/s tezlik bilan ko’tarishda diametri 16 sm bo’lgan chig’riq barabanining aylanish chastotasi qanday bo’ladi ?
3. Avtomobil qavariq ko’prik ustdan 72 km/soat tezlik bilan o’tganda, markazga intilma tezlanishi 10 m/s2 teng bo’ladi. Ko’prikning qavariqlik radiusi nimaga teng ?
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
4 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Dinamika asoslari
Nazorat shakli: Test
1. Jismga ta’sir qiluvchi kuch 4 marta kamaysa, uning oladigan tezlanishi qanday o’zgaradi ?
A) 4 marta kamayadi B) 2 marta ortadi C) 4 marta ortadi D) 16 marta kamayadi
2. Qaysi javobda massa o’lchov birliklarining kamayib borish ketma – ketligi to’g’ri yozilgan ?
A) t, kg, g, mg B) mg, g, kg, t C) t, kg, mg, g D) mg, t, kg, g
3. 100 kN necha N ga teng ?
A) 100 B)104 C) 100000 D) 103
4.“ Har qanday jismga boshqa jism ta’siri etmasa u o’zining tunch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. ” Bu qonuniyatni kim aniqlagan ?
A) Arximed B) Galiley C) Joul D) Nyuton
5.“ O’zaro ta’sir vaqtida jism oladigan tezlanish unga ta’sir etayotgan kuchga to’g’ri, massasiga esa teskari proporsional. ” Bu Nyutonning nechanchi qonuni ?
A) 3 – qonuni B) 1 – qonuni C) 2 – qonuni D) Nyuton qonuni emas
6. Jism inertsiyasi haqidagi dastlabli fikrlar kimga tegishli ?
A) Nyuton B) Aristotel C) Arximed D) Galiley
7. Massasi 1200 kg bo’lgan avtomobil o’rnidan qo’zg’alib 5 sekundda 10 m/s tezlikka erishdi. Avtomobil dvigatelining tortish kuchini toping?
A) 2 kN B) 240 N C) 200 N D) 2,4 kN
8. Nyutonning II – qonuniga binoan toping : Jismga ta'sir qiluvchi kuch ortganda uning tezlanishi ….
A) o'zgarmaydi B) kamayadi C) ortadi D) keskin kamayadi
9. F kuch 1-jismga 0,3 m/s2, 2-jismga 0,45 m/s2, 3-jismga 0,15 m/s2 tezlanish beradi. Qaysi jismning massasi eng katta ?
A) 2 B) 1 C) barcha jismlar massasi teng D) 3
10. Inertlik– qanday kattalikni ifodalaydi ?
A) massa B) kuch C) tezlik D) tezlanish
11. Harakatning paydo bo’lish sabablarini o’rganuvchi fizikaning bo’limi qanday ataladi ?
A) kinematika B) mexanika C) dinamika D) statika
12. Gapni to’ldiring: “ Jismning o’z tinch yoki harakat holatini saqlashga intilishi …. deb ataladi. “
A) ....inertsiya..... B) .....inertlik ..... C) ....massa .... D) .....aylanma harakat....
13. Gapni to’ldiring: “ Inertligi katta bo’lgan jismning …… ham katta bo’ladi. “
A) .....tezligi .... B) .... massasi ..... C) .....tezlanishi..... D) .... tezlik o’zgarishi.....
14. Gapni to’ldiring: “ 1 N kuch – massasi … bo’lgan jismga 1 m/s² tezlanish beradigan kuchdir. ”
A) ....100 g.... B) .....10 kg ..... C) ....1 t .... D) .....1kg....
15. Tezlanishning o’lchov birliklari qaysi javobda to’g’ri yozilgan ?
A) kg/m3, m/s2 B) m/s2, N/kg C) N/kg , N∙m D) m/s, N/kg
16. 2 t massali jisimni 0,02 m/s2 tezlanish bilan harakatlantirish uchun zarur bo’ladigan kuch qanchaga teng ? _____________________ N
17. Nyutonning 2 – qonuni formulasidan topib yozing : " m=______________ "
18. 6 N kuch jismga 0,3 m/s² tezlanish beradi. Jism massasi necha kg ? __________
19. Aylanma tekis harakatning markazga intilma tezlanishini hosil qiluvchi kuch qanday yo’naladi ? _____________________________________________________
20. Kuch qanday asbob bilan o’lchanadi ? ______________________
S
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
J
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
B
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Dinamika asoslari
Nazorat shakli: Yozma ish
1. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil – tirkagich bikrligi 100 kN/m ga teng bo’lgan tros bilan ta’minlangan. Agar u shatakka olish paytida 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlansa, tros qanchaga uzayadi ?
2. Bir – biridan 1 km masofada turgan 10 000 t va 12 000 t massali yuk kemalari orasida qanday tortish kuchi hosil bo’ladi ?
3. Lift ma’lum muddat 1,2 m/s2 tezlanish bilan yuqoriga ko’tarilishi ma’lum bo’lsa, uning kabinasidagi massasi 80 kg bo’lgan odamning og’irligi shu paytda qanchaga teng bo’ladi ? Erkin tushish tezlanishi g=9,8 m/s2.
II – variant
1. Massalari 400 t va 900 t bo’lgan ikki osmon jismi ( meteorit ) orasidagi masofa 3600 km bo’lsa, ular bir – birini qanday kuch bilan tortadi ?
2. Parashyutda sakragan sportchining massasi 100 kg ga teng bo’lib, 4,3 m/s2 tezlanish bilan Yerga yaqinlashmoqda. Uning og’irligi nimaga teng ? Erkin tushish tezlanishi g=9,8 m/s2.
3. Jism aloqa minorasidan gorizontal yo’nalishda 20 m/s tezlik bilan otildi va minora asosidan 100 m masofaga borib tushdi. Jismning harakatlanish vaqtini va minora balandligini hisoblang. Erkin tushish tezlanishi g=10 m/s2.
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
6 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Tabiatdagi kuchlar
Nazorat shakli: Test
1. Gapni to’ldiring: “ Bir jism sirtida ikkinchi jism sirpanmasdan dumalasa, bunda ular orasida hosil bo’ladigan ishqalanish .... deb ataladi. ”
A) ... sirpanish ishqalanishi ... B) ... dumalash ishqalanishi ...
C)... tinch holatdagi ishqalanish ... D) ....sirpanma harakat ...
2. Gravtatsiya doimiysining son qiymati nimaga teng ( N ∙m2 / kg2 ) ?
A) 6.67∙10-8 B) 9,81 C) 9.11∙10 -31 D) 6.67∙10-11
3. Qaysi javobda sirpanish ishqalanish koyeffitsientining o’lchov birligi to’g’ri keltirilgan ?
A) birligi yo’q B) mm C) N/m D) N /m2
4. 1 – kosmik tezlik Yer sirti uchun nimaga teng ?
A) 16,7 km/s B) 11,2 km/s C) 7,9 km/s D) 9,81 km/s
5. Birinchi marta inson qachon kosmosga uchgan ?
A) 1773-yil B) 1961-yil 12 aprel C) 2001-yil 10-may D) 1957 yil 4 oktabr
6. Jism bikrligining asosiy o’lchov birligi qanday ?
A) N∙m B) N/m C) N/m² D) N/s
7. Gravitatsion doimiylik kim tomonidan aniqlangan?
A) I. Nuyuton B) G.Kavendish C) Aristotel D) G. Galiley
8. Jismni Yerga tortuvchi kuch qanday ataladi ?
A) og’irlik kuchi B) og’irlik C) elastiklik kuchi D) ishqalanish kuchi
9. Jism og'irligi qanday yo’naladi ?
A) jismning harakat yo'nalishiga teskari B) Yer markazidan tik yuqoriga
C) jismning harakat yo'nalishida D) Yer markaziga tomon
10. Dumalash ishqalanish koeffitsienti qanday birlikda o’lchanadi ?
A) m B) birlikka ega emas C) 1/m D) N/m
11. Vaznsizlik holatida jismga qanday kuch ta'sir etadi ?
A) ishqalanish kuchi B) elastiklik kuchi
C) butun olam tortishish kuchi D) hech qanday kuch ta'sir qilmaydi
12. Ishqalanish kuchining turlari orasida qaysi biri eng katta ?
A) tinch holatdagi B) dumalanish C) sirpanish D) hammasi teng
13. Gapni to’ldiring:"Jism a tezlanish bilan pastga tik harakatlanganda uning og'irligi...“
A) o'zgarmaydi B) kamayadi C) ortadi D) nolga teng bo'ladi
14. Yer sirtidan 300 km balandlikda I-kosmik tezlik qanchaga teng bo'ladi (km/s) ?
A) 7,9 B) 7,7 C) 7,3 D) 8,1
15. Dumalash ishqalanish koeffitsiyentining o'lchov birligi to'g'ri yozilgan javobni belgilang ? I. o'lchov birligi yo'q II. mm III. m IV. 1/mm
A) I B) II va III C) IV D) II va IV
16. Jismning tinch holatdan harakatga kelish paytidagi ishqalanish kuchi _________ deb ataladi.
17. Ishqalanuvchi sirtlarning g'adir-budirligi oshirilsa, ishqalanish kuchi ortadimi, kamayadi ? ________________________
18. Gorizontal sirtdagi sirpanish ishqalanish koeffisientini topish uchun jism qanday harakatlanishi kerak ? _______________________
19. Yerning birinchi sun’iy yo’ldoshi nechanchi yilda uchirilgan ? ______________
20. Vaznsizlik holatida jism og’irligi nimaga teng bo’ladi ? _____________________
S
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
J
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
B
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Saqlanish qonunlari
Nazorat shakli: Fizik diktant
1. Impulsning saqlanish qonunining muhim qo’llanishlaridan biri ________________________________ hisoblanadi. 2. Yopiq sistemaning biror qismi biror tezlik bilan harakat qilsa, sistemaning qolgan qismi unga ______________________________ yo’nalishda harakat qilsa, bunday harakat reaktiv harakat deb ataladi. 3. _______________________________ ning harakati reaktiv harakatga misol bo’ladi. 4. Reaktiv _________________ ta’sirida harakatlanadigan kosmik uchish apparati raketa deyiladi. 5-6. Impulsning saqlanish qonunidan kelib chiqadiki, raketa ____________________ qancha kichik bo’lsa, raketaning reaktiv ___________________________ shuncha katta bo’ladi. 7-8. Kosmik kemalarning yaratilishida rus olimlari _______________________________________________ va _______________________________________lar katta hissa qo’shishgan. 9. Mexamik ____________ - kuchning shu kuch yo’nalishida jism bosib o’tgan yo’lining ko’paytmasiga teng. 10. Xalqaro birliklar sistemasida ish birligi sifatida _______________ qabul qilingan. 11.1J – bu, 1 N kuch ta’sirida jismni ___________________ masofaga ko’chirishda bajarilgan ishdir. 12. Mexanik ish ____________________________ kattalikdir. 13. Mexanik ishning qiymati jismga ta’sir qiluvchi kuch bilan shu kuch ta’siridagi ko’chish orasidagi _________________ ka bog’liq. 14. Kuchning yo’nalishi ____________________ yo’nalishi bilan 90 ̊ burchak hosil qilsa, ish bajarilmaydi. 15-16. Mexanik energiya ____________________________ energiya va _____________________________ energiya ko’rinishlarida bo’ladi.
17. Jism massasi va tezligi kvadrati ko’paytmasining yarmisi bilan o’lchanadigan kattalik jismning kinetik energiyasi deyilib, uning ____________________________ bajarilgan ishga teng. 18. Jism tezligi ortib borayotganda _____________________ ishorali ish bajariladi. 19. O’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning yoki jism qismlarining bir – biriga nisbatan ____________________________ ga bog’liq energiya potensial energiya deb atalib, uning o’zgarishi bajarilgan ishga teng. 20. Jism yuqoriga ko’tarilayotganda _________________________ ishorali ish bajariladi.0>
Do'stlaringiz bilan baham: |