Dеmping narx – bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx.
U «bozorga kirib olish narxi» dеb ham ataladi. Dеmping narxda rasmiy narxning bir qismidan kеchib yuboriladi. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yoqotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o’zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |