4 Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari
Iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar;
3) bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar;
4) ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
To‘lovlarning muddatliligi. Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi
Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining mavjudligi.
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan foydalanadi; To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; Hujjatlashtirilgan akkreditivlar; Inkasso.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli haqida tushuncha – huquqiy
me’yorlarda ko’zda tutilgan hisoblashuv hujjatlarining turi va hujjat ay-
lanishi tartibi bilan farq qiladigan mablag’larni naqd pulsiz o’tkazish
shartlariga hisob-kitob shakli deyiladi.
To’lov topshiriqnoma – mijoz o’z hisobvarag’idan unga xizmat
ko’rsatuvchi bankga ma’lum bir summani boshqa mijozning hisobva-
rag’iga o’tkazish to’g’risidagi topshirig’idir.
To’lov talabnoma – bu mablag’ oluvchining belgilangan summani
to’lovchi tomonidan bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabini o’z ichiga
olgan hisob-kitob hujjatidir.
Akkreditiv – mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha un-
ing kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyat-
laridir.’
Inkasso topshiriqnomasi – mablag’lar oluvchining hisobvarag’iga
to’lovchining hisobvarag’idan so’zsiz tartibda mablag’larni hisobdan
chiqarish to’g’risidagi bankga topshirig’ini anglatadi.
Hisob-kitob cheki – bu mijozning xizmat ko’rsatuvchi bankga chek
beruvchining hisobvarag’idan chek qabul qiluvchining hisobvarag’iga
ma’lum miqdordagi mablag’larni o’tkazib berish uchun bankning max-
sus blankasida bankga bergan topshirig’i.
Hisob-kitoblarning memorial-order shakli – bank to’lovchi bo’lib
qatnashganda qo’llanilib, memorial-orderlar bank rahbari va bosh bux-
galteri imzosi bilan tasdiqlanadi, qolgan hollarda esa memorial-order
bosh buxgalter va ushbu bank hisobvarag’ini yurituvchi buxgalterning
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Plastik kartochka – tegishli bankda kartochka egasining hisobva-
rag’I mavjudligini tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xiz-
matlarni sotib olish huquqini beruvchi, shakli belgilangan, bank tomoni-
dan chiqarilgan to’lov vositasi hisoblanadi.
Hisob-kitob va to’lov intizomi ustidan nazorat – hisob-kitob va
to’lov operatsiyalari bo’yicha nazoratni amaldagi qonunlar, yo’riqnoma
va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida O’zbekiston Respublikasi Marka-
ziy banki, tijorat banklari, tegishli vazirlik va idoralar, mustaqil tekshiruv
organlari hamda xo’jalik subyektlari olib boradi.
Pin-kod – bank plastik kartochkalari saqlovchisining shaxsiy identi-
fikatsion raqami bo’lib, u karta hisobvarag’idagi pul mablag’larini bosh-
qarish huquqini beradi hamda mablag’larni boshqarishda bank plastik
kartochkalarining saqlovchisi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlay-
di.
Pul muomalasi qonuni – muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdo-
rini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qo-
nun.
Muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillar:
a) Sotiladigan tovar va xizmatlar miqdori;
b) Tovar va xizmatlar baho darajasi;
c) Kreditni rivojlanish darajasi;
d) Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlanish darajasi;
e) Pulni aylanish tezligi.
Kassa aylanmasi xomcho’ti mamlakat miqyosida ma’lum davrga
(har chorak) oldindan bajariladigan xomcho’t (prognoz) raschyotlari.
Aholining daromadlari va xarajatlari balansi – naqd pulga
bo’lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida aholining ma’lum davrga bo’lgan
daromadlari va xarajatlarining tegishli tarkibi bo’yicha tuziladigan hi-
sob-kitoblar.
Pul massasi – xo’jalik aylanishidagi naqd pullik hisob-kitoblarni,
ya’ni aholi, korxona, tashkilot va muassasalarga tegishli xarid to’lov vo-
sitalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi.
Pul agregati – pul massasi hajmi va tarkibi ko’rsatkichi hisoblanib,
va boshqa ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi va u pullar
harakatining muayyan sanaga bo’lgan yoki muayyan vaqt davridagi
o’zgarishini tahlil qilishda foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan pul massa-
sini boshqarishda qo’llaniladigan usullar:
a) majburiy rezerv stavkasi me’yorini belgilash
b) tijorat banklarini ochiq bozordagi ishtiroki
c) Kreditlar uchun qayta moliyalash stavkalarini belgilash
Pul-kredit siyosati – muomaladagi pul mablag’lari miqdori, bank
kreditlari, foiz stavkalari, valyuta kurslarini, to’lov balansini va o’z nav-
batida bevosita mamlakat iqtisodiyoti holatini o’zgartirish uchun
yo’naltirilgan talablar majmuasidir.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanishi mumkin, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |