17. Quyidagilardan qaysi biri tijorat banklarining vazifasiga kirmaydi?
a) omonatlarni jalb qilish, kreditlar berish;
b) mijozlar o‘rtasida hisob-kitoblarni va boshqa bank xizmatlarini amalga oshirish;
c) qimmatli qog‘ozlar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish;
d) vositachilik qilish;
e) pul emissiya qilish.
18. Quyidagilardan qaysi biri ixtisoslashgan aksionerlik tijorat banki tarkibiga kirmaydi?
a) sanoat-qurilish banki;
b) qishloq qurilish banki;
c) mikrokredit banki;
d) ipoteka bank;
e) xalq banki.
19. Mamlakatda omonat ishlarini tashkil qilib, aholi uchun kassa vazifasini bajarib, ularga kredit beradigan va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradigan kredit muassasa, bu…
a) investitsion bank;
b) innovatsion bank;
c) xalq banki;
d) ipoteka bank;
e) ixtisoslashgan bank.
20. Obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qilib ularni ishonchli mijozlarga taqdim qiladigan kredit muassasa, bu…
a) investitsion bank;
b) innovatsion bank;
c) xalq banki;
d) ipoteka bank;
e) ixtisoslashgan bank.
Do'stlaringiz bilan baham: |