10. Bug’ kuch qurilmasi. Bugʻ-kuch qurilmasi — umumiy holda bugʻ qozoni (bugʻ generatori) va suv bugʻi energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi bugʻ dvigatellari majmuidan iborat energetik qurilma. Bugʻ dvigateli sifatida bugʻ mashinasi yoki bugʻ turbinasi ishlatiladi. Soplodan oqib chiqayotgan bug‘ oqimi ishchi parraklar aylanayotgan disk yuzasiga qandaydir bu rch ak ostida y o ‘naladi. B unda ishchi parraklarga bug‘ oqimining qattiq urilmasdan kirib kelishi, ishchi parrakka kirib kelishdagi nisbiy tezlik parrakning kirishi yuzasiga urinma b o ‘lib yo‘naladi. K o‘rib chiqilayotgan turbinaning parraklaridagi ishchi jarayon yoki kirish va chiqish tezliklar uchburchaklari. Bug‘ soplodan ishchi parraklarning birinchi qatoriga C 2 mutlaq tezlik bilan dj burchak ostida kirib keladi, ishchi parrakning birinchi qatorga kirishdagi nisbiy tezligi —C 2 tezlik bilan chiqib bug‘ yo‘naltiruvchi parraklarning birinchi qatoriga tushadi. Yo‘naltiruvchi parraklar qo‘zg‘almas bo‘lgani uchun bug4u yerda ish bajarmaydi, faqat yo‘nalishini o'zgartiradi. Bug‘ning yo'qotilishi hosil boMgani uchun uning tezligi birmuncha kamayadi. Ikkinchi va uchinchi qator ishchi parraklarning tezliklar uchburchagini qurish xuddi shu tarzda olib boriladi. Diskda uchta pog‘ona qo‘llanishi bug' chiqish tezligining yo'qolishini pasaytiradi va valning aylanishlar sonini kamaytiradi. 11.Issiqlik mashinalar va ularning turlari Issiqlik mashinalarida sodir bo`ladigan jarayonlarda uzatiladigan issiqlik miqdori hisobida A ish bajariladi va bunda energiya saqlanish qonuni bajariladi. Tashqaridan olingan va tashqariga qaytarib berilgan issiqlik miqdorining qiymatlari orasidagi Q0Q1 ayirma hosil qilingan A ishga teng.
Isitgichdan olingan Q0 issiqlik miqdorining qancha qismi A ishga aylaganini bilish katta amaliy ahamiyatga egadir. Chunki sovitgichga berilgan Q2 issiqlik miqdorining amaliy ahamiyati yo`q. Shuning uchun F.I.K. tushunchasi kiritiladi.
Bu foydali ish koeffitsientini hisoblashda o`tgan mavzudagi ikkinchi rasmdagi siklni bajarilishida ishlarni hisoblagan edik, 4 ta bosqichdan iborat bo`lgan bu siklda ishlovchi modda biror manbadan olingan Q0 issiqlik miqdori hisobga A ishni bajaradi. Shuningdek bu jarayonda Q1 issiqlik miqdori sovutgichga berilishini ko`rdik. Bu protsess murakkab xarakterlidir. Demak, bu jarayonda sovutgichga bajaradigan Q1 issiqlik
bilan aniqlanishini o`rgandik. Bunda A-ish isitgichdan olingan Q0 issiqlik miqdorining qanday qismini tashkil qilishini aniqlash muhimdir. (18.1) formuladan -birga qancha yaqin bo`lsa, ya`ni A ish olingan issiqlik miqdorining qanchalik katta qismini tashkil qilsa, mashina shunchalik ko`p manfaatli bo`ladi.