IV. Ma’lumotlarni kiritish tartibi va muddati
Byudjet va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg’armalariga mablag’lar tushumi bo’yicha ma’lumotlar bazasi bank muassasasidan kunlik tushumlar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish va kiritish orqali shakllanadi hamda budjet va jamg’armalarga soliq va to’lovlar tushumi bo’yicha ma’lumotlar almashinuvi soliq va bank muassasasi o’rtasida quyidagi chizmaga asosan amalga oshiriladi.
Joylardagi Davlat soliq inspeksiyalari va ularga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasalari ma’lumotlarni yuqori organlari - hududiy Davlat
soliq boshqarmalari va hududiy Markaziy bank bosh boshqarmalariga taqdim etadi.
O’z navbatida Davlat soliq boshqarmalari va xududiy Markaziy bank bosh boshqarmalari ma’lumotlarni Respublika Markaziy banki va Davlat soliq qo’mitasiga uzatadilar.
Davlat soliq inspeksiyalariga xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklari budjet va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg’armalariga mablag’lar tushumi bo’yicha ma’lumotlarni, to’lov amalga oshirilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan «Bank-DSI» dasturi orqali uzatadilar.
Davlat soliq inspeksiyalarida xizmat ko’rsatuvchi bank muassasasidan olingan ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob varaqalariga tarqatiladi. Shu bilan birgalikda DSI mas’ul xodimlari Budjet va davlat maqsadli jamg’armalariga mablag’lar tushumi hisobi’ AAT yordamida ma’lumotlarni qayta ishlab, hosil bo’lgan pochta fayllarini Davlat soliq boshqarmalariga, o’z navbatida Davlat soliq boshqarmalari ma’lumotlarni qayta ishlab chiqib, Davlat soliq qo’mitasiga uzatadilar.
O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va Soliq xizmati to`g`risidagi Qonunga asosan Davlat soliq organlarida budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalarga tushumlarning tezkor buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilib, bunda kompyuter dasturlaridan foydalaniladi.
«1-N: Davlat budjeti va maqsadli jamg`armalariga mablag`lar tushumi hisobi» avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida budjet va budjetdan tashqari Davlat maqsadli jamg`armalariga bank muassasalari orqali tushgan mablag`larning hisoboti yuritiladi.
«1-N» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish Reglamenti O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2008 yil 16 iyundagi 35-F-sonli farmoyishiga asosan ishlab chiqilib hududiy davlat soliq xizmati organlariga amalda foydalanish maqsadida yuborilgan. Mazkur Reglament O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2012 yil 30 oktabrdagi 71-f-sonli farmoyishiga binoan hududiy davlat soliq xizmati organlarining rahbar va mas’ul xodimlarga «1-N» AATdan foydalanish, budjet va davlat maqsadli jamg’armalarga tushgan tushumlar bo’yicha ma’lumotlarni kiritish hamda tegishli hisobotlar va ma’lumotlarni shakllantirish va belgilangan muddatlarda yuqori davlat soliq organlariga yuborish tartibini o’rgatish maqsadida ishlab chiqilgan
«1-N» dasturiy mahsulining asosiy vazifasi – budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar (Budjet, budjetdan tashqari Nafaqa jamg`armasi, Respublika yo’l jamg’armasi, Тa’lim va tibbiyot musssalarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va qayta jihozlash jamg’armasi) bo`yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichlarining ijrosini nazorat qilib borish maqsadida tushumlarning hisobini yuritish, tushumlar bo’yicha kunlik ma’lumotlarni yuqori davlat soliq xizmati organiga yetkazish hamda tushumlarning statistikasini yuritish va tahlil qilib borishdan iborat.
Dasturiy maxsul orqali asosan budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga tushumlar bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-budjet va maqsadli jamg’armalarga mablag’lar tushumi bo’yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
-tushumlarni soliq va boshqa majburiy turlar kesimida hisobini yuritish;
-vazirliklar hamda korxonalar kesimida tushumlarni tahlil qilish va ular bo’yicha nazorat o’rnatish;
‑statuslar, sohalar, faoliyat turlari hamda hududlar bo’yicha tushumlar dinamikasini shakllantirish;
-maxsus hisob raqamlari orqali mablag’lar tushumini vazirliklar va korxonalar kesimida hisobini yuritish va nazorat qilish.
Hududiy Davlat soliq organlarida «1-N» dasturiy mahsullari yordamida kunlik, oylik, choraklik, yillik tushumlar hisobini yuritish hamda nazorat qilishni «Soliq va boshqa majburiy to`lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish va ma’lumotlar bazasiga xizmat ko’rsatish» bo’limining (SvaMТТХOТKvaMBХK) soliq organlarining tegishli buyrug’i bilan tayinlangan mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Dasturiy mahsul bilan ishlovchi har bir mas’ul xodim dasturdan foydalanish huquqi uchun alohida vakolatga ega bo’ladi va dasturiy mahsulda tushumlar hisobini yuritishni bo’lim boshlig’i hamda DSI rahbarlari nazorat qilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |