1. Mutaxassislar aholi takror barpo bo‘lishini aholining uch asosiy: tabiiy, hududiy (migratsiya) va sosial harakatlari yig‘indisi sifatida tahlil etadilar



Download 481,81 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi481,81 Kb.
#706028
Bog'liq
statistika maruza


1.Mutaxassislar aholi takror barpo bo‘lishini aholining uch asosiy: tabiiy, hududiy (migratsiya) va sosial harakatlari yig‘indisi sifatida tahlil etadilar.
Aholining takror barpo bo‘lishida uning tabiiy harakati, ya’ni tug‘ilish va o‘lim asosiy omil hisoblanadi. Tug‘ilishning yuqori bo‘lishi aholi takror barpo bo‘lishi jarayonini kuchaytiradi va aholi sonini ko‘payib borishiga olib keladi. Avlodlarning almashinuvi, ularning uzoq yashashi esa o‘lim jarayoniga bog‘liqdir. O‘z navbatida inson hayotida o‘limning sodir bo‘lishi qator endogen va ekzogen omillar, hamda jamiyatdagi sosial muhit bilan bog‘liqdir. Inson hamisha uzoq umr ko‘rishga intiladi. Har bir jamiyatda insonning uzoq umr ko‘rishi, avlodlar salomatligi uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi. Natijada insonlarning uzoq umr ko‘rishiga: o‘lim hollarini esa sotsial chora tadbirlar bilan boshqarishga erishiladi.
Avlodlarni uzoq-umr ko‘rishi, tashqi muhit bilan uzoq muloqotda bo‘lishi uning demografik mayliga ham ta’sir ko‘rsatadi. Aholi tez sur’at bilan kamayib borishiga ham omil bo‘ladi. Natijada avlodlar o‘rtasida tug‘ilishni, ya’ni nasl qoldirishni boshqarish hollari keng tarqala boshlaydi. Demak, aholining takror barpo bo‘lishi uning tabiiy harakatiga bog‘liq. Aholi tabiiy harakati esa o‘z navbatidagi sotsial muhit ta’sirida o‘zgarib boradi.
Ma’lum hudud va davlat aholisining takror barpo bo‘lishida aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, ya’ni hududiy harakati ham ahamiyatlidir. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rasatishicha aholi takror barpo bo‘lishining asosi bo‘lgan tug‘ilish, shahar turmush tarzi ta’sirida kamayib borgan. Aksincha, qishoq turmush tarzi ta’siri tug‘ilishni nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishga olib kelgan. Aholining shahardan qishloqqa, yoki qishloqdan shaharga kelib yashashi bevosita uning reproduktiv mayliga ta’sir etib, tug‘ilishni kamayishi yoki ko‘tarilishiga olib keladi. Xuddi shunday aholining sosial harakati uning ma’lumotlilik darajasini oshib borishi, ilm malaka talab etgan xizmat doirasida faoliyat ko‘rsatishi, tibbiy bilimlardan ko‘proq xabardor bo‘lishi, uning uzoq umr ko‘rishiga, nasl qoldirish-farzandlar ko‘rishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
2.Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratiladi. Iqtisodiy faol aholi o`z ishchi kuchini mehnat bozoriga taqdim etadi va ish beruvchilar uni sotib oladilar. Iqtisodiy nofaol aholi esa ob’ektiv sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi.
Aholini kuzatish (ro`yxat o`tkazish) – bandlik va ishsizlik haqida ma’lumotlarni yig’ishda muhim o`rinni egallaydi. Bunday kuzatishlar aholining hamma qatlamlarini o`z ichiga olib, u bandlilik tarkibi va uning o`zgarishi, ishsizlar soni haqida to`la ma’lumotlarni olish va odatdagi usullarni qo`llab olingan statistik hisoblarda aks ettirilmaydigan mehnat faolligining xar xil formalarini hisoblash imkoniyatini beradi.
Iqtisodiy faol aholi sonining jami aholi sonidagi ulushi 44,3 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida eng ko‘p iqtisodiy faol aholi soni Farg‘ona (1630,5 ming kishi) va Samarqand (1629,8 ming kishi) viloyatlarida kuzatildi.
Iqtisodiy faol aholi sonining eng kam ko‘rsatkichlari Sirdaryo (371,9 ming kishi) va Navoiy (445,7 ming kishi) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

Bularni o`rganish uchun axborotlarning quyidagi yangi manbalaridan foydalaniladi:
- bandlilik xizmati idoralarining statistik hisoboti, bunda fuqarolarning ish qidirib qilgan murojaatlari, vaqtincha bo`sh o`rinlari va ishsizliklar o`z aksini topadi;
- aholining bandligi darajasini o`rganish maqsadida har kvartalda o`tkazilgan (oxirgi xaftada) tanlama kuzatish ma’lumotlari;
- migratsiya xizmatlari organlarining O`zbekiston milliy iqtisodiyotida ishlayotgan xorij fuqarolari haqidagi ma’lumotlari.
Mehnat resurslarining soni, tarkibi va joylashishi haqida to`liq ma’lumotlarni aholi ro`yxati ma’lumotlaridan olish mumkin.
Ishchi kuchi bozorini holatini baholash uchun quyidagi nisbiy ko`rsatkichlar hisoblanadi:
1. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsienti – umumiy aholi sonida mehnatga layoqatli aholi salmog’ini ifodalaydi.
2. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining mehnatga layoqatlilik Kt – mehnatga layoqatli aholining mehnatga layoqatli yoshdagi aholidagi salmog’ini ifodalaydi.
3. Aholini bandlilik Kt – band aholini umumiy aholi sonidagi salmog’ini ifodalaydi.
4. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholini bandlilik Kt - mehnatga layoqatli yoshdagi aholini shu yoshdagi umumiy aholi sonidan salmog’ini ifodalaydi.
5. Mehnat resurslarini bandliligi Kt – band aholini umumiy mehnat resurslaridagi salmog’ini ifodalaydi.
6. Umumiy yuklama koeffitsienti – har 1000 ta mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to`g’ri kelgan mehnatga layoqatsiz yoshdagi kishilar sonini ifodalaydi.
7. Mehnat resurslari o`rnini qoplash koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilari to`g’ri kelgan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlar soni.
8. Nafaqa yuklamasi koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to`g’ri kelgan nafaqaxo`rlar soni.
9. Ishsizlik darajasi – ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati bo`lib, u foizlarda ifodalanadi.
10. Aholini iqtisodiy faollik darajasi – iqtisodiy faol aholini umumiy aholi sonidagi salmog’ini ifodalaydi.
3
.Masala quyida ishlangan:
Download 481,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish