1. Mustaqillik tufayli xalqimiz o’zining milliy-ma’naiy ruhiyatiga tamomila zid bo’lgan qanday g’oyadan voz kechildi?


Ta’lim texnologiyasi, deb ataluvchi IPT dastlab qaerda qo‘llanilgan?



Download 315,29 Kb.
bet9/14
Sana17.01.2020
Hajmi315,29 Kb.
#35055
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
attachment(1)


21. Ta’lim texnologiyasi, deb ataluvchi IPT dastlab qaerda qo‘llanilgan?

*a) AQSHda.

b) YAponiyada.

c) Buyuk Britaniyada.

d) Kanadada.

22. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi fanlarning asosiy vazifasi nimadan iborat?

*a) o‘quvchilarda yangicha dunyoqarash va mafkuraviy immunitet asoslarini, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh avlod qalbida g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ajdodlarning shonli kechmishi, fidokorligi va qahramonona hayoti ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

b) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tolerantlik asoslarini, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh avlod qalbida g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ajdodlarning shonli kechmishi, fidokorligi va qahramonona hayoti ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

c) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va ruhiy immunitet asoslarini, o‘zgacha fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh avlod qalbida g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ajdodlarning shonli kechmishi, fidokorligi va qahramonona hayoti ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

d) o‘quvchilarda yangicha dunyoqarash va mafkuraviy immunitet ko‘nikmalarini, shaxsiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh avlod qalbida fikriy bo‘shliq vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik.



23. An’anaviy o‘quv jarayonida asosiy omil kim hisoblanadi?

*a) Pedagog va uning faoliyati hisoblanadi.

b) O‘quvchi va uning faoliyati hisoblanadi.

c) Maktab jamoasi va uning faoliyati hisoblanadi.

d) Pedagogik kengash va uning faoliyati hisoblanadi.



24. Pedagogik texnologiyada birinchi o‘rinda kimning faoliyati qo‘yiladi?

*a) O‘qish jarayonidagi o‘quvchilar faoliyati qo‘yiladi

b) O‘qish jarayonidagi o‘qituvchilar faoliyati qo‘yiladi

c) O‘qish jarayonidagi maktab jamoasi faoliyati qo‘yiladi

d) O‘qish jarayonidagi pedagoglar faoliyati qo‘yiladi



25. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fanining Milliy g‘oya bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilar ongiga qanday masalalar singdiriladi ?

*a) Milliy g‘oya, mafkura, g‘oyalarning turlari, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, o‘zbek modeli, jamiyatni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari kabi masalalar

b) milliy g‘oya, mafkura, ma’naviy-madaniy, odob-axloq me’yorlari, diniy ekstremizm, estetik qarashlar, o‘zbek modeli, jamiyatni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari kabi masalalar

c) milliy g‘oya, madaniyat, g‘oyalarning turlari, diniy ahkomlar, aqidaparastlik, o‘zbek modeli, jamiyatni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari kabi masalalar

d) milliy g‘oya, mafkura, qarashlarning turlari, diniy ekstremizm, estetik-etik qarashlar aqidaparastlik, jamiyatni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari kabi masalalar



26. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fanining Ma’naviyat asoslari bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilar ongiga qanday masalalar singdiriladi ?

*a) ma’naviy-madaniy, odob-axloq me’yorlari, , jamoaning tarbiyaviy ta’siri, yoshlarning o‘z kuchi, bilim salohiyati va kelajagiga ishonch hislari shakllantiriladi.

b) ma’naviy-madaniy, odob-axloq me’yorlari, jamoaning tarbiyaviy ta’siri, aqidaparastlik, jamiyatni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarning o‘z jismoniy quvvatiga ishonch hislari shakllantiriladi.

c) ma’naviy-madaniy, odob-axloq me’yorlari, milliy g‘oya, mafkura va uning shakllari , yoshlarning bilim salohiyati va kelajagiga ishonch hislari shakllantiriladi.

d) ma’naviy-madaniy, odob-axloq me’yorlari, insoniylik fazilatlari, mafkura, qarashlarning turlari, yoshlarning o‘z kuchi, bilim salohiyati va kelajagiga ishonch hislari shakllantiriladi.



27. Folklor atamasining lug‘aviy ma’nosi qanday?

*a) Inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi” ma’noni anglatadi .

b) Nemischa so‘zdan olingan bo‘lib, “xalq ma’naviyati” ma’noni anglatadi .

c) Inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “xalq o‘tmishi”, “xalq tarixi” ma’noni anglatadi .

d) Inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “xalq ruhiyati” ma’nosini anglatadi.



28. Folklor atamasini birinchi marotaba kim tomonidan, qachon qo‘llangan?

*a) 1846 yilda Vilyam Toms tomonidan qo‘llangan .

b) 1896 yilda Vilyam Toms tomonidan qo‘llangan.

c) 1445 yilda Iogann Gutenberg tomonidan qo‘llangan.

d) 1983 yilda T. Livett tomonidan qo‘llangan.



29. Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani qanday atashadi ?

*a) “Paremiologiya” deb atashadi.

b) “Aksiologiya” deb atashadi.

c) “Frazeologiya” deb atashadi.

d) “Topologiya” deb atashadi.



30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori qachon qabul qilindi ?

*a) 2017 yil 13 sentyabrda.

b) 2017 yil 18 sentyabrda.

c)2017 yil 21 sentyabrda.

d) 2016 yil 13 sentyabrda.



31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilindi?

*a) 2017 yil 28 iyulda.

b) 2017 yil 28 iyunda.

c) 2016 yil 28 sentyabrda.

d) 2017 yil 28 avgustda.



32. Kompetensiya tushunchasi nimani anglatadi?

*a) Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi.

b) Mavjud bilim, dunyoqarash va pozitsiyalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi.

c) Mavjud bilim, tushuncha va mahoratni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi.

d) Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni alohida yo‘nalishda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi.



33. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va O‘rta maxsus, Kasbhunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187- son qarori qachon tasdiqlandi?

*a) 2017 yil 6 aprelda.

b) 2017 yil 9 aprelda.

c) 2016 yil 5 aprelda.

d) 2017 yil 16 aprelda.



34. “Case-study” texnologiyasining mohiyati nimadan iborat?

*a) (ingl. “case”- idish, “study”-yo‘nalish) O‘quvchi-talabalarda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya

b) (ingl. “case”- chemodan, “study”-yo‘nalish) O‘qituvchi-tinglovchilarda real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni o‘rganish orqali eng murakkab variantlarini topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya

c) (ingl. “case”- chemodan, “study” –metod) O‘quvchi-talabalarda aniq yoki sun’iy tasvirlangan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko‘nikmalarini yo‘naltirishga xizmat qiladigan texnologiya

d) (ingl. “case”- chemodan, “study” –metod) O‘quvchi-talabalarda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni o‘rganish orqali eng murakkab variantlarini topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya



35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qachon imzolandi?

*a) 2017 yil 23 iyunda.

b) 2017 yil 28 iyunda.

c) 2016 yil 25 sentyabrda.

d) 2017 yil 12 avgustda.



36. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani o‘qitilishi uchun qo‘yiladigan eng muhim talab nima?

*a) Har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslanganligi.

b) Barcha darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy o‘rganilganligi.

c) Tanlangan darslarda tanlanadigan mavzuning badiiy asoslanganligi.

d) Har bir darsda tanlanadigan mavzuning mantiqiy asoslanganligi.



37. “Odobnoma” fani bo‘yicha dars berish jarayonida o‘qituvchilar mavzularga qanday yondoshgan va qay tarzda tashkil etish lozim ?

*a) Har bir mavzuga ijodiy yondoshgan holda ilg‘or pedagogik texnologiya elementlaridan o‘rinli foydalanib, noan’anaviy, ya’ni suhbat, bahs-munozara, o‘yinlar, sayohat, davra suhbatlari tarzida tashkil etish lozim.

b) Har bir mavzuga ijodiy yondoshgan holda ilg‘or pedagogik texnologiya elementlaridan ba’zan foydalanib, noan’anaviy, ya’ni hikoya, takrorlash tarzida tashkil etish lozim.

c) Mavzularga metafizik yondoshgan holda elementlaridan o‘rinli foydalanib, an’anaviy sub’ekt-ob’ekt tarzida tashkil etish lozim.

d) Mavzularga mantiqiy yondoshgan holda elementlaridan o‘rinli foydalanib, an’anaviy sub’ekt-ob’ekt tarzida tashkil etish lozim.



38. Dars ishlanmalarini tayyorlash va mashg‘ulotlarni olib borishda o‘qituvchi nimalarga ahamiyat berish lozim?

*a) Pedagogik-psixologik me’yorlarga jiddiy ahamiyat berish, ya’ni o‘quvchilarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini e’tiborga olish lozim.

b) Pedagogik-psixologik me’yorlarga jiddiy ahamiyat berish, ya’ni o‘quvchilarning yoshi, jismoniy holati va faol yoki passivligini e’tiborga olish lozim.

c) Pedagogik-fiziologik me’yorlarga ahamiyat berish, ya’ni o‘quvchilarning jismoniy holati, egiluvchanligi va impulsivligini e’tiborga olish lozim.

d) Pedagogik-psixologik me’yorlarga jiddiy ahamiyat berish, ya’ni tinglovchilarning yoshi, hayotiy pozitsiyasi va e’tiqodlarini e’tiborga olish lozim.



39. Kompetensiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?

*a) Kompetensiya – lotincha compete – erishayapman, munosibman, loyiqman

b) Kompetensiya – lotincha compete – e’tiborli, diqqatli, ahamiyatli.

c) Kompetensiya – inglizcha compete – erishayapman, munosibman, loyiqman.

d) Kompetensiya – fransuzcha compete – ma’qul, qulay, loyiq.



40. YUrtimizning pedagogika sohasidagi olimlari tomonidan o‘qituvchining kasbiy kompetentliligiga berilgan ta’rif nimani nazarda tutadi?

*a) O‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyatini.

b) O‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, pedagogik-estetik va tashkiliy-aksiologik salohiyatini.

c) O‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, psixologik-fiziologik va tashkiliy-texnologik imkoniyatini.

d) O‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, psixologik-axloqiy va tashkiliy-ruhiy salohiyatini.

41. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan manbalarda birinchi navbatda nimalar aks etgan bo‘lmog‘i lozim?

*a) Vatanimizning shonli tarixi, ajdodlarimizning o‘tmishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan bo‘lishi lozim.

b) Vatanimizning shonli istiqboli, ajdodlarimizning o‘tmishi, milliy va umummintaqaviy qadriyatlar aks etgan bo‘lishi lozim.

c) Davlatchiligimizning shonli tarixi, qahramonlarimizning o‘tmishi, ijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan bo‘lishi lozim.

d) Vatanimizning bir asrlik tarixi, ajdodlarimizning o‘tmishi, milliy va umuminsoniy qarashlar aks etgan bo‘lishi lozim.


42. Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini saqlash – davr talabi” mavzusidagi anjuman qachon tashkil etildi ?

*a) 2017 yil 15 iyunda.

b) 2017 yil 15 iyulda.

c) 2017 yil 15 mayda.

d) 2017 yil 18 iyunda.



43. Dunyoning barcha mintaqasida qancha musulmonlar yashaydi ?

*a) 1,6 milliarddan ortiq musulmonlar

b) 1,9 milliarddan ortiq musulmonlar

c) 2 milliarddan ortiq musulmonlar

d) 1,2 milliarddan ortiq musulmonlar



44. Mafkuraviy kompetentlilikning ta’rifi qanday ?

*a) Bu shaxsning mafkura sohasida chuqur bilimga egaligi va o‘zi ishongan mafkura bo‘yicha kuchli e’tiqodning shakllanganligi.

b) Bu shaxsning diniy e’tiqod sohasida chuqur bilimga egaligi va o‘zi ishongan din bo‘yicha kuchli e’tiqodning shakllanganligi.

c) Bu shaxsning ijtimoiy g‘oya sohasida chuqur bilimga egaligi va o‘zi ishongan g‘oyaviy e’tiqod bo‘yicha kuchli ishonchning shakllanganligi.

d) Bu shaxsning mafkura sohasida chuqur mushohadaga egaligi va o‘zi ishongan mafkura bo‘yicha kuchli fidoyilikning shakllanganligi.



45. Mafkuraviy kompetentlilik nechta asosiy komponenti mavjud va qaysilar

*a) Uchta asosiy komponent mavjud: mafkura sohasida chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo‘lish, muayyan mafkuraga nisbatan kuchli ishonch va e’tiqodning shakllanganligi, o‘zi ishongan mafkuraning g‘oyalarini boshqa insonlarda ham shakllantira olish uchun muayyan ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.

b) Uchta asosiy komponent mavjud: mafkura sohasida chuqur ilmiy-amaliy bilimga ega bo‘lish, muayyan mafkuraga nisbatan kuchli intilish va fidoyilikning shakllanganligi, o‘zi ishongan mafkuraning tamoyillarini boshqa insonlarda ham shakllantira olish uchun muayyan ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.

c) Uchta asosiy komponent mavjud: ijtimoiy g‘oya sohasida chuqur ilmiy-amaliy malakaga ega bo‘lish, muayyan g‘oyaga nisbatan kuchli intilish va fidoyilikning shakllanganligi, o‘zi ishongan mafkuraning tamoyillarini yaqin insonlarda ham shakllantira olish uchun muayyan ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.

d) Ikkita asosiy komponent mavjud: mafkura sohasida chuqur ilmiy-amaliy bilimga ega bo‘lish, o‘zi ishongan mafkuraning tamoyillarini boshqa insonlarda ham shakllantira olish uchun muayyan ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.



46.Globallashuv atamasining ta’rifi qanday ?

*a) Globallashuv - turli mamlakatlarning, xalqlarning jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalaridagi o‘zaro ta’siri va bog‘liqligining keskin kuchayishidir.

b) Globallashuv - turli mintaqalarning, elatlarning jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalaridagi o‘zaro ta’siri va bog‘liqligining qisman kuchayishidir.

c) Globallashuv - turli mamlakatlarning, xalqlarning jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalaridagi mahdudligi va bog‘liqligining keskin kamayishidir.

d) Globallashuv - ba’zi mamlakatlarning, xalqlarning jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalaridagi o‘zaro ta’siri va bog‘liqligining keskin kamayishidir.



47. Qanday joyda yot va begona mafkuralar xuruji boshlanadi ?

*a) G‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lgan joyda muqarrar tarzda boshqa yot va begona mafkuralar xuruji boshlanadi

b) Fikriy bo‘shliq paydo bo‘lgan joyda muqarrar tarzda boshqa yot va begona mafkuralar xuruji boshlanadi

c) Ijtimoiy bo‘shliq paydo bo‘lgan joyda muqarrar tarzda boshqa yot va begona mafkuralar xuruji boshlanadi

d) Ma’naviy tahdid paydo bo‘lgan joyda muqarrar tarzda boshqa yot va begona mafkuralar xuruji boshlanadi



48. "Axborotlashgan jamiyat" tushunchasi nimaga asoslanadi?

*a) Axborotlarning eng yangi, ijobiy elektron vositalar yordamida tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va foydalanishning kompleks industriyasiga asoslanadi.

b) Axborotlarning yangi, ijobiy elektron vositalar yordamida tarqatish, qayta ko‘rish, saqlash va foydalanishning majmuasiga asoslanadi.

c) Axborotlarning yangi, ijobiy OAV yordamida tarqatish, qayta ko‘rish, saqlash va foydalanishning majmuasiga asoslanadi.

d) Axborotlarning yangi, ijobiy mediatizim yordamida tarqatish, qayta ko‘rish, saqlash va foydalanishning majmuasiga asoslanadi.



49. Axborot hurujlarining eng yovuz va taxlikali shakli nima?

*a) Kishilar ongiga g‘oyaviy va mafkuraviy ta’sir o‘tkazishdir.

b) Kishilar ongiga ruhiy va fikriy ta’sir o‘tkazishdir.

c) Kishilar ongiga diniy va aqidaviy ta’sir o‘tkazishdir.

d) Kishilar ongiga axloqiy va badiiy ta’sir o‘tkazishdir.



50. Mafkuraviy profilaktika qanday tizim ?

*a) Yot g‘oyalarning kirib kelishini oldini olish va ularni yo‘qotishga karatilgan chora-tadbirlar majmui, to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim- tarbiya tizimidir.

b) YOt ilmiy qarashlarning kirib kelish tadbirini ko‘rish va ularni tarqatishga karatilgan chora-tadbirlar majmui, to‘g‘ri tashkil etilgan tadbirlar tizimidir.

c) Begona diniy qarashlarning kirib kelishini oldini olish va ularni yo‘qotishga karatilgan chora-tadbirlar majmui, faol tashkil etilgan tadbirlar tizimidir.

d) YOt axloqiy qarashlarning tarqalishini oldini olish va ularni yo‘qotishga karatilgan chora-tadbirlar majmui, to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim- tarbiya tizimidir.



51. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab qachon qo‘llanila boshlagan?

*a) 1940-1950.

b) 1950-1960.

c) 1925-1930.

d) 1870-1880.



52. Texnologiya so‘zi fanga qachon kirib keldi?

*a) 1872 yilda.

b) 1948 yilda.

c) 1850 yilda.

d) 1870 yilda.



53. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab qanday tarzda qo‘llanila boshlagan?

*a) Ta’lim texnologiyasi tarzida.

b) Ilg‘or texnologiya tarzida.

c) Innovatsion texnologiya tarzida.

d) Tarbiya texnologiyasi tarzida.



54. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab qaerda qo‘llanila boshlagan?

*a) AQSHda.

b) Germaniyada.

c) YAponiyada.

d) Buyuk Britaniyada.



55. Dastlab ta’lim texnologiyasi tarzida qo‘llanilgan pedtexnologiya mazmunan nimani anglatgan?

*a) o‘quv jarayonida audio texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan.

b) o‘quv jarayonida didaktik vositalaridan foydalanishni anglatgan.

c) o‘quv jarayonida video texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan.

d) o‘quv jarayonida multimedia vositalaridan foydalanishni anglatgan



56. Qachon pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi ?

*a) XX asrning 80-yillarida.

b) XX asrning 60-yillarida.

c) XX asrning 90-yillarida.

d) XX asrning 50-yillarida.



57. Milliy g‘oya turkumidagi fanlarni o‘qitishda qaysi fanlardagi bilimlar bilan bog‘liqlik fanlararo integratsiyani amalga oshirishni taqozo qiladi ?

*a) Tarix, iqtisod, siyosat, ma’naviyat va boshqa fanlar.

b) Tarix, iqtisod, chizmachilik, ma’naviyat va boshqa fanlar.

c) Biologiya, iqtisod, siyosat, geografiya va boshqa fanlar.

d) Ma’naviyat, iqtisod, siyosat, fiziologiya va boshqa fanlar.



58. Epos so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima ?

*a) Yunoncha “epos”—rivoyat, hikoya, qo‘shiq.

b) YUnoncha “epos”— jumboq, topishmoq.

c) YUnoncha “epos”— ertak, masal.

d) YUnoncha “epos”— she’r, madhiya.



59. Tadqiqotchi I.V. Stebleva mustaqil adabiy-tarixiy asar sifatida tosh-bitiklarni nima deb ataydi ?

*a) “tarixiy qahramonlik poemalari”.

b) “tarixiy qahramonlik madhiyalari”

c) “tarixiy vatanparvarlik poemalari”

d) “tarixiy sanalar qaydnomasi”.



60. “SHarq Aristoteli” degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur mutafakkir kim ?

*a) Abu Nasr Forobiy

b) Al-Beruniy.

c) Mirzo Ulug‘bek.

d) Ibn Sino.



61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi qachon qabul qilindi?

*a) 2017 yil 12 yanvarda .

b) 2017 yil 15 yanvarda

c) 2017 yil 11 yanvarda

d) 2017 yil 13 sentyabrda



62.Milliy istiqlol g‘oyasi o‘qituvchisining pedagoglik kasbida qaysi kompetentliliklarni bir biridan ayro holda qo‘yib bo‘lmaydi ?

*a) kasbiy va mafkuraviy kompetentlilikni.

b) kasbiy va maxsus-ekstremal kompetentlilikni

c) kasbiy va ijtimoiy faollik kompetentlilikni.

d) kasbiy va matematik savodxonlik kompetentlilikni.



63. Kompetensiya tushunchasi birinchi marta qaerda va qachon ishlatilgan?

*a) Evropada 1596 yil, Vikipediya lug‘atida.

b) Kanada 1976 yil, Vikipediya lug‘atida

c) AQSHda 1796 yil, Vikipediya lug‘atida

d) Evropada 1696 yil, Vikipediya lug‘atida.



64. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qachon qabul qilindi ? .

*a) 2017 yil 27 martda

b) 2017 yil 27 aprelda.

c) 2018 yil 27 martda.

d) 2017 yil 17 martda



65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida qachon nutq so‘zladi?

*a) 2017 yil 19 sentyabrda .

b) 2017 yil 19 oktyabrda

c) 2017 yil 11 yanvarda

d) 2017 yil 12 sentyabrda



66. O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlaridakitob-albomi nechanchi yilda nashr qilindi va necha jilddan iborat ?

*a) 2017 yilda, 10 jilddan iborat

b) 2016 yilda, 10 jilddan iborat

c) 2017 yilda, 11 jilddan iborat

d) 2017 yilda, 8 jilddan iborat.



67. Mafkuraviy immunitet tizimi necha qismdan iborat?

*a) 3 ta qism: bilim, qadriyatlar tizimi va maqsadlar tizimi.

b) 3 ta qism: bilim, qadriyatlar tizimi va tarbiya tizimi.

c) 2 ta qism: qadriyatlar tizimi va maqsadlar tizimi.

d) 3 ta qism: bilim, qadriyatlar tizimi va g‘oyalar tizimi.



68. Yot goyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga karatilgan chora – tadbirlar majmui nima deb ataladi ?

*a) Mafkuraviy profilaktika

b) Mafkuraviy immunitet

c) Mafkuraviy tahdid

d) Mafkuraviy ta’lim.


69. Mafkuraviy profilaktika kim tomonidan amalga oshiriladi?

*a) Ijtimoiy institutlar tomonidan .

b) Ijtimoiy uyushmalar tomonidan

c) Xayriya jamg‘armalari tomonidan

d) Davlat va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan



70. Mafkuraviy profilaktika qanday maqsadda amalga oshiriladi ?

*a) G‘oyaviy bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikni oldini olish maqsadida.

b) Axborot tahdidlariga barham berish maqsadida

c) Madaniy bo‘shliqni tugatish, siyosiy axloqsizlikni oldini olish maqsadida.

d) Ma’rifiy-madaniy bo‘shliqni tugatish, madaniyatsizlikni oldini olish maqsadida



71. Mafkuraviy profilaktika qanday ishlar majmui ?

*a) G‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui

b) G‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-madaniy ishlar majmui.

c) G‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-axloqiy ishlar majmui

d) Siyosiyy-diniy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui



Download 315,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish