Kirish
Asosiy qism
1.Mustaqillik sharoitida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning zarurligi.
2.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov faoliyatlarida ma’naviyat va ma’rifat masalalari.
3. “Harakatlar strategiyasi” doirasida ma’naviy- ma’rifiy islohotlarning amalga oshirilishi.
4. Uzluksiz ta’lim tizimidagi islohotlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Xalqimiz ma’naviyat va madaniyat, ta’lim va tarbiya sohalarida boy merosga ega bo‘lib, yosh avlodni hamisha insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik va kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ta’kidlaganlaridek, «Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir»1.
Ma’naviyat – ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. U ota-bobolarimiz to‘plagan jamiki yaxshi fazilatlar va xislatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ajdodlarimiz to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi. Tariximizning boyligi va buyukligi, avvalo, xalqimizning yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan bog‘liqdir. Imo’l Buxoriy, Imo’l Termiziy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Temuriylar, Boburiylar to’lonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz dahosining yorqin namunalari sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda.
Inson kamoloti va yuksak ma’naviyati haqida gap ketganda, ijtimoiy muhit haqida ham fikr yuritmaslik mumkin emas. Chunki qadimda ota-bobolarimiz o‘z farzandlari tarbiyasi masalasiga katta mas’uliyat, jiddiy e’tibor bilan yondashganlar. Masalan, bola tarbiyasi bilan asosan diniy-dunyoviy ilm sohasida oqila enagalar yoki ilm-ma’rifatda katta obro‘-e’tiborga ega ustoz-murabbiylar shug‘ullangan. Dono xalqimizda «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan ibratli so‘zlar bejiz aytilmagan. Ya’ni, har bir shaxsning o‘sib kamol topishida u yashagan oila muhiti, ustozlari va mavjud ijtimoiy sharoitlar muhim o‘rin tutadi. Afsuski, eski tuzum zamonida ta’lim-tarbiya, ma’rifat va madaniyatga ikkinchi darajali sohalar deb qaraldi. «Ma’naviyat» so‘zining o‘zi tilimizda iste’moldan chiqarib yuborildiki, bu tushuncha zamiridagi qadriyatlarimizning o‘sha davrdagi ahvoli haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Shu boisdan, istiqlol arafasida ma’naviyat sohasiga beqiyos e’tibor qaratilib, Birinchi Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan tilimizda, demakki, ong-u tafakkurimiz – dunyoqarashimizda ma’naviy boyliklar, ma’naviy tarbiya, xalq ma’naviy boyligi, xalq ma’naviyati, ma’naviy burch kabi tushunchalar yangidan shakllandi. Birgina misol: agar o‘tgan asrning 70-80-yillarida chop etilgan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ga ham, 14 jildlik «O‘zbek sovet ensiklopediyasi»ga ham «ma’naviyat» so‘zi kiritilmagan, demakki, bu tushunchaga ta’rif berilmagan bo‘lsa, 2009-yilda nashr etilgan «Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati» no’lli alohida kitobda odamzod uchun bebaho boylik bo‘lmish ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni, ahamiyati bilan bog‘liq eng asosiy tushuncha va atamalarning keng izohi berilgan1.
Sobiq tuzum davrida inson ma’naviyati, xalq ma’naviyati, millatimizning ma’naviy merosiga nisbatan bir to’lonlama yondashildi, ularga sinfiy va partiyaviy nuqtai nazardan baho berilgan. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, yaqin o‘tmishda ma’naviy merosning minglab durdonalari haqida so‘zlash, yozish, targ‘ib-tashviq qilish taqiqlangan edi. Yuzlab ma’naviyat darg‘alari millatchilik, milliy biqiqlikda, dindorlikda ayblanib, qatag‘on qilingan. Hatto, yaqin qarindoshining janozasida bo‘lgani, ta’ziyasiga borgani uchun yurtdoshlarimizga nisbatan jazo choralari ko‘rilishi eski tuzumning oxirgi yillarida odatiy holga aylangandi. BirinchiPrezidentimiz iboralari bilan aytganda, «bu tuzum o‘z xalqinining tarixini, uning ruhi va odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi»2.
Tarix sinovidan o‘tgan haqiqat shuki, ezgu g‘oyalarga, ma’naviy merosga, an’analar va zamonaviy talablarga asoslanmagan har qanday davlat uzoqqa borolmaydi. Bu haqiqatni yetmish yilning nari-berisida yashagan sobiq ittifoqning qismati yaqqol isbotladi. Ayni vaqtda mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi poymol etilgani, ko‘hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani, ma’naviy qaramlik ostida taqdirimiz jar yoqasiga kelib qolganini aslo unutib bo‘lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy targ‘ibot faoliyati o‘zining mazmun-mohiyat va ahamiyati jihatidan eski davrdagi «propaganda-agitatsiya ishlari»dan yer bilan osmoncha farq qiladi. Mustaqil mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning 12-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas», deb belgilab qo‘yilganini eslash maqsadga muvofiqdir.1 Bugungi kunda olib borilayotgan ma’naviy targ‘ibot-tashviqot jarayoni zamirida yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasb-u korga mansub bo‘lgan kishilarni ma’naviy tajovuzlardan asrash, ularni ogohlikka chorlash, mavjud xavf va tahdidlarning oqibatlarini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‘oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashga qaratilgan tizimli va aniq maqsadli amaliy harakatlar mujassamdir.
Chunki maqsadimiz oddiy va hayotiy – odamlarimiz qalbi va ongida yuqorida zikr etilgan insoniy tuyg‘ular qaror topishi, jamiyatimizda olijanob fazilatlar ustuvor bo‘lishiga erishishdir. Tabiiyki, bunda yurtdoshlarimizning nafaqat bilimini oshirish, balki ular qalbida mustaqilligimizni mustahkamlash bilan bog‘liq yangicha tafakkur, yangi g‘oyalarni kamol toptirish, ularni yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida ezgu ishlarga rag‘batlantirish, odamlar ongu shuurida hayotimizning turli sohalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga daxldorlik, bunyodkorlik, kelajakka ishonch va shukronalik tuyg‘ularini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi Prezidentimizning tashabbusi va tarixiy jasorati bilan 1989-yildayoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani1, 1990-1991 yillarda qabul qilingan qator hujjatlarga muvofiq yurtimizda «Navro‘z» bayrami qayta tiklangani2, Ramazon va Qurbon hayitlari katta bayram hamda dam olish kunlari deb e’lon qilingani3 – bu kabi muhim tarixiy qarorlar xalqimizning asriy orzu va armonlari ro‘yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo‘lida ilk yirik qadamlar bo‘lganini alohida ta’kidlash darkor.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli Birinchi Prezidentimiz to’lonlaridan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat to’lonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Ahror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allo’lalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi4. Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta xizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibrohim Yusupovlar O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi1.
1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi2.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO to’lonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur no’li berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi3.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi4. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazila boshlandi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi5.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab,Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome as-Sahih”
(“Ishonarli to‘plam”), “Al-adab, al-mufrad” (“Adab durdonalari”) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi6.
1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi1. Respublikada yubileylar munosabati bilan allo’lalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari va bevosita ishtiroklari bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, no’li sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy, al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalo’l ilmining asoschisi Imo’l Abu Mansur al-Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o‘tildi. Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo‘lgan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo‘qotmagan bir paytda – 1990-yil iyun oyida Birinchi Prezidentimiz Islo’l Karimov “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdilar2. O‘zbekiston hukumatining har to’lonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan 1991 -ilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi(Bugungi kunda bu ko’rsatkich Prezidentimiz farmonlari bilan kishini tashkil etmoqda).
1992-yil Birinchi Prezidentimiz farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi3.
“Movarounnahr” diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etildi. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 3000ga ,2006-yilda esa 5000ga yetdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda 17 ta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.
1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston yevangel-lyutteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Bir osmon ostida” shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000-yilning sentabrida YUNESKO rahnamoligida “Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida” mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnashdilar. Anjumanni o‘tkazish uchun aynan O‘zbekiston tanlangani bejiz emas. Zero, bu o‘lkadan dunyoga dong‘i ketgan buyuk allo’lalar, islo’l olamida katta hurmatga ega bo‘lgan buyuk zotlar yetishib chiqqan. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. AQSh sobiq davlat sekretari Madlen Olbrayt 2000-yil aprelida Toshkent Sinagogida ibodat qilgandan keyin: «O‘zbekistonda yana takror aytaman, O‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil e’tibor berayotgani vijdon erkinligi to‘la ta’minlanganligi meni juda quvontirdi. Bu jihatdan O‘zbekistonni butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatsa arziydi», degan edi.1
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek “Ma’naviyatning mohiyati shunchalik kengki, uni o‘lchab ham, poyoniga yetkazib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir”2.
Bozor munosabatlari sharoitida ma’naviyat va ma’rifat ishlariga g‘oyat katta
e’tibor berilganligi mustaqil O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lga edi.
Bu borada “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi 1va keyin qabul qilingan Birinchi Prezidentimiz farmonlari Respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi Prezidentimizning 2000-yilning 2-iyunidagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”2 gi farmoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘lgan edi. Birinchi Prezidentimizning ma’naviyatga bosh homiy bo‘lganlari, viloyat hokimlarining ma’naviy va ma’rifiy Kengashlariga shaxsan o‘zlari raislik qilganlari mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarni tiklash, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashga qanchalik katta e’tibor berilganligining namunasi edi..
Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbarining «Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo‘q»3, degan teran ma’noli so‘zlar bilan ifodalangan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish haqidagi da’vati soha xodimlari, millionlab yurtdoshlarimiz qalbida aks sado berdi. Eng muhimi, bugungi kunda nafaqat mazkur kengash, balki butun bir tizim faoliyati asosini ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o‘lmas qadriyatlar tashkil etmoqda.
Hayotning o‘zi, taraqqiyot qonuniyatlari, erishilgan marralar, istiqboldagi maqsad va vazifalar demokratik islohotlarni qat’iyat bilan davom ettirishni taqozo etar edi. O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»4 ma’ruzasida ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha yo‘nalishlari qatorida ma’naviyat sohasiga oid vazifalar ham aniq belgilab berilgan edilar. Chunki Konsepsiyada zikr etilgan ulug‘vor va murakkab vazifalarni hal etish, avvalo, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat-ma’rifat, targ‘ibot-tashviqot masalalariga borib taqalar edi.
Konsepsiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat va jamiyat rivojining prinsipial jihatdan yangi bosqichida mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha boshlangan keng ko‘lamli ishlarni yanada izchil davom ettirish dasturi bo’lgan edi. Zero, Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o‘ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko‘zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo‘l topolmaymiz»1.
O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekan, bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi, har bir inson uchun muqaddas bo‘lgan yuksak qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi.
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib ta’limni isloh qilish dasturini tayyorlandi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992-yil 2-iyul Respublikamizda “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi2.
Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib borildi:
ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi.
1993-yil Birinchi Prezidentimiz tomonlaridan “O‘zbekistonda o‘quvchi yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risi”da1gi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta’lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.
O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turardi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qolgan edi.
Sobiq Ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‘ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‘lsa, endi bu o‘quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qolgan edi.
Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti”, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etdi2.
1997-yil 29-avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” ma’ruzasi asosida yangi tahrirda “Ta’lim to‘g‘risida” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi1.
Istiqlolning dastlabki yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilib, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. Bu islohotlar natijasi o’laroq 2000-yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlari faoliyat ko’rsatdi2. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekan bilimdon, ma’naviyatli, mustaqil fikrlab mustaqil ish yuritadigan yoshlarni Birinchi Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intelektual, aql-zakovat boyligi bo‘lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo‘yildi.
Bu borada “Umid” (1997-yil), “Ulug‘bek” (1993-yil) jamg‘armalari olib borayotgan ishlar alohida o‘rin tutdi. Faqat “Umid” jamg‘armasi sinovlarida 1997-1999 yillar mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor bo‘ldi. 2000-2001-o‘quv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan o‘tkazilib, ulardan 124 tasi xorijiy davlatlarni eng nufuzli o‘quv yurtlarida o‘qishga sazovor bo‘ldi3.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko‘rsatildi:
uzluksizlik: ta’lim-fan-ishlab chiqarish;
mutaxassislarga talab istiqbolini o‘rganish;
o‘qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;
o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli ma’naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;
korxonalarda maktab-institutlar bazasini mustahkamlashdan foydalanish;
chet el sarmoyalaridan foydalanish4.
Ta’lim to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra, uzluksiz ta’lim quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi zarurligi belgilab qo’yildi:
maktabgacha-oila va bog‘cha tarbiyasi.
boshlang‘ich ta’lim 1-4 sinflar.
umumiy ta’lim majburiy bo‘lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.
majburiy-ixtiyoriy tusdagi o‘rta-maxsus bilim va kasb-hunar o‘quv yurtlari: 3 yilga mo‘ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari
oliy ta’lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o‘qish muddati, keyinchalik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura-3 yilga, doktorantura-2 yil muddatga belgilangan.
Ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagi islohotlar bosqichma- bosqich amalga oshirilishi zarurligi aniq reja qilib qo’yildi:
I. 1997-2001-yy. O‘tish davri.
II. 2000-2005-yy. Islohotni keng miqyosda amalga oshirish davri.
III. 2005-yildan keyin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davri1.
O‘tgan vaqt ichida “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini” amalga oshirishdagi birinchi bosqichidagi natijalar ko‘zga ko‘rinarli darajada bo‘ldi.
Maorif sohasidagi islohotlar natijasida o‘rta maxsus bilim yurtlari tubdan qayta qurildi. 9-sinflarni bitirganlar uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining eshigi keng ochildi. 2003-yilning avgustida mamlakatda 6865 bolalar bog‘chalari mavjud bo‘lib, ularda 642000 bola tarbiya oldi. Ularda 64000 pedagoglar tarbiya ishlarini olib bordi. 9702 umumta’lim maktablarida 6 mln. 272 ming o‘quvchi ta’lim tarbiya oldi. 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatdi.
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan keng shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib qo‘yildi.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi to’lonidan qabul qilingan 1999-yil 27-maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi1. Dasturga ko‘ra ayniqsa qishloq yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o‘tgan bir yildan ko‘proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog‘lo’llashtirish klublari tashkil qilindi.
2000-yil O‘zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘ldilar va 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egalladilar.
Yagona maqsad, yagona g‘oya bo‘lmasa jamiyat inqirozga uchraydi, halok bo‘ladi. Buni biz yaqin va olis o‘tmishdagi tariximizdan bilamiz. Milliy istiqlol g‘oyasi kelajak maqsadni ifodalaydigan xalqimizning ming yillik tarixini buyuk kelajak bilan bog‘laydigan, ana shu yuksak maqsad yo‘lida 130 dan ortiq millatlar va elatlarni, barcha kishilarimizni birlashtiruvchi bayroq vazifasini bajaradi.
Milliy istiqlol g‘oyasini, uning tushuncha va tamoyillarini xalqimiz, birinchi navbatda yoshlarimiz o‘rtasida targ‘ib va tashviq etishning usul-uslublarini shakllantirish yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yildi. ”Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi qoshidagi targ‘ibot-tashviqot markazining tuzilgani, jamoatchi ma’ruzachilar ishining yo‘lga qo‘yilayotgani, ular uchun ”Voizga yordam” ruknida risolalar chop etilayotgani shular jumlasidandir. Birinchi Prezidentimiz farmonlari bilan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” maxsus fan sifatida ta’lim tizimining barcha bosqichlariga kiritildi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda, uning eng muhim masalalarini izchillik bilan hal etishda, bu jabhadagi ishlarni har gal yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishda, hech shubhasiz, Birinchi Prezidentimizning shu boradagi asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va qarorlari dasturilamal bo‘ldi.
Ma’lumki, xalqimiz tarixining buyukligi, avvalo, ma’naviyati va ma’rifatining yuksakligi bilan belgilanadi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur,Behbudiy kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan.Temuriylar, Boburiylar tomonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz daholarining yorqin namunalari sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Xalqimiz daholari yaratgan yuzlab badiiy asarlar jahon adabiyotining tengsiz durdonalari sifatida insoniyatning ma’naviy mulkiga aylangan. Xullas, o‘zbek xalqi ma’naviyatini yuksaklikka ko‘targan misollarning chek-chegarasi yo‘q. Ular vatandoshlarimizning dunyoqarashi, fe’l-atvori, tafakkuri va tiynatida, urf-odatlari, an’alari va udum larida o‘z ifodasini topgan.
Sovetlar hukmronligi davrida hattoki, islomdan oldin paydo bo’lgan qadimiy Navro‘z bayramini nishonlash ham ta’qiqlangan. Uning o‘miga «Leninning hayoti va faoliyati targ’ibotiga asoslangan ilg‘or, sovet udumlarini joriy etish» ga xizmat qiladigan, milliy xususiyatlarimizga zid bo’lgan soxta «udum»lar zo‘ravonlik bilan kiritishgan. Ramazon va Qurbon hayiti kunlari KPSS propagandistlari xudosizlikni targ’ib qilishga zo‘r berishgan. Ateistik propagandani kuchaytirish to‘g‘risida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Hayit namozlarining oldini olish uchun masjid – madrasalar atrofiga militsiya xodimlaridan iborat soqchilar qo‘yilgan. Butun boshli xalq dahriylikka, e’tiqodsizlikka mahkum etilgan edi1.
Amal kursisiga zulukdek yopishib olgan, aslida, xalq manfaatini himoya qilishi lozim bo’lgan mansabdor shaxslar uyma-uy yurib, doshqozonlarda qaynayotgan sumalaklami ag‘darishgan, qoloqlik va feodalizm sarqiti sifatida milliy liboslarimizdan voz kechishga, diniy marosimlarda qatnashmaslikka da’vat
qilishgan. KPSS faollarini «jangovarlik»ka chaqirilgan qarorlardan birida shunday
ta’kidlanadi: «Ideologik, siyosiy tarbiyaviy ishni olib borishda partiya komitetlari jiddiy xatoliklar va nuqsonlarga yo’l qo‘ymoqdalar, ko‘pgina salbiy hodisa va jarayonlarga printsipial partiyaviy pozitsiyalarda turib qarab chiqilmayotir, ularning mohiyati, asl sabablari ochib tashlanmayotir»2.
Xalqimizning boshiga o ‘sha paytda tushgan ko‘rgiliklami sanab, adog’iga etish qiyin. Eng ayanchlisi shuki, jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan dunyoga ma’rifat ulashgan jafokash xalqimizni «paxta o‘g ‘risi» ga chiqarishdi. Bir umr zahmat chekib, kosasi oqarmagan oddiy dehqonlarni, ulaming oila a ’zolarini, sochiga oq tushgan mo‘tabar onaxonlarimizni ham «poraxo‘r» degan «ayb» bilan
qamashgan. «Markaz» da o‘tirgan, «uzoqni ko‘radigam rahbarlar O‘zbekistonga o‘zlari yuborgan «desantchilar» ni xalqimizga qarshi gij-gijlab, ularning o‘chog‘iga o‘t qalab turgan3.
Biz mustaqillikka erishgan paytda jamiyat shunday og‘ir, tanazzul ko’liga tortilgan, xalqning ruhi cho‘kkan, odamlar ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan, jinoyatchilik avjiga mingan, bosqinchilik, odam o’ldirish, mashina o‘g’irlash kabi mudhish jinoyatlar odat tusiga kirgan edi. Prezident Islom Karimov o ‘sha davrdagi vaziyatni quyidagicha izohlagan: «Xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyati obdon oyoq osti qilindi, ona tilining qo’llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo‘yildi. Hatto, shundoq ham milliy an’analardan ancha olisda bo‘lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir maqbul bo ‘lmay qoldi va ulami yangilashga urindilar. Hatto, milliy libos ham qoralandi. Kezi kelganda, odamlar milliy an ’analar bo‘yicha to ‘y qilish, qarindosh-urug‘larini dafn etishga ham cho‘chib qolgan edilar»2.
Ana shunday murakkab sharoitda xalqni yangi mustaqil davlat barpo etishga safarbar qilish uchun, avvalo, uning ma’naviyatini, ruhiyatini tiklash lozim edi. Xuddi shu sabab O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti o‘z faoliyatini ma’naviyatimizni tiklashdan boshladi.
O‘tgan yillar davomida totalitar tuzum davrida ta’qiqlangan milliy tafakkurimiz va tarixiy xotiramizning yorqin ifodasi ramzi bo‘lgan milliy va diniy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, bayramlarimiz, qariyb unutilayozgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari hayotga qaytdi, ularning ezgu ishlari e’zoz va qadr topdi. Tashlandiq joylarga aylanib, vayrona bo’lgan minglab masjid-u madrasalar, muqaddas qadamjolar ta’mirlandi. Man qilingan kitoblar chop etildi. Tariximiz to ‘g ‘risidagi asl haqiqat ro‘yobga chiqdi.
O‘zimizga savol berib ko‘raylik: bularsiz biz kimmiz? Hayotimizni ularsiz tasavvur eta olamizmi? Bu savollarga insof bilan, to‘g ‘ri javob bera olsakkina masalaning tub mohiyatiga yetishimiz mumkin.
Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1989-yiliyoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Milliy qadriyatlarimiz tiklana bordi.
Jumladan, 1991- yil 12- fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada «Navro‘z» umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o’tkazish haqida»gi Farmoni e ’lon qilingan1. Unda «asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e’ozlash maqsadida «Navro‘z» bayramini keng nishonlash yuzasidan chora-tadbirlar» belgilangan. Bayram munosabati bilan sovet davrida qamoqqa olingan bir qator vatandoshlarimiz Prezident farmoyishiga binoan avf etilgan. Mana shundan boshlab «Navro‘z» tom ma’nodagi xalq bayramiga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, 1991-yil 16-aprel Ramazon hayiti kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilingan edi. Xalqimizning xohish va irodasi ifodalangan bu tarixiy Farmonni barcha mo‘min-musulmonlar katta shod-u xurramlik bilan kutib olishgan. Aynan shu sanadan boshlab yurtimizda Ramazon va Qurbon hayitlari bayram qilib kelinmoqda. Faqat mustaqillik sharofati bilangina minglab yurtdoshlarimiz haj ibodatlarini emin-erkin ado etish huquqiga ega bo’ldi. Sovet davrida muqaddas haj safariga yiliga bir-ikki kishi borgan bo’lsa, hozirgi kunda kelib yiliga 5 mingdan ortiq vatandoshlarimiz hajga borib kelmoqdalar. Diniy merosimiz sarchashmalari bo’lgan «Qur’oni karim» va Hadisi shariflar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, ko‘p ming nusxada bir necha marta nashr qilindi. Xalqimiz bu merosning chinakam sohibiga aylandi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edi: «Odamzotning rizq-nasibasi faqat nongina emas. Jumhuriyat hududida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi, ilgari ta’qiqlab qo‘yilgan urf-odatlar va an’analarning tiklanishi, xalq e’zozlagan «Navro‘z» bayramining qayta tug‘ilishi, shu kunning dam olish kuni deb e’lon qilingani, O‘zbekistondan xizmatga chaqirilayotgan yigitlar qurilish qismlaridagi harbiy xizmati tartibining o‘zgartirilishi va boshqa ko‘p tadbirlar insonga g‘amxo‘rlik, xalqqa izzat-ikromning mujassam bo‘lishidir. Bularning hammasi, birovlar behuda uqtirishga urinayotganidek, xalqqa xushomad emas, balki bizning
printsipial yo’limizdir, biz bu yo‘lni kelajakda ham izchillik bilan amalga oshiraveramiz»1.
Shunday qilib, tarix uchun bir soniyadek bo’lgan bu davrda O‘zbekiston asrlarga tatigulik taraqqiyot va ma’naviy yuksalish yo’lini bosib o ‘tdi. Xalqimizning asrlar mobaynida misqollab to ‘plagan bebaho ma’naviy merosini tiklash va odamlarni undan bahramand qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Buyuk ajdodlarimizning tavallud to‘ylari, qadimiy shaharlarimiz va «Avesto», «Alpomish» kabi buyuk asarlarimizning yubileylari o’tkazildi.
Bularning ahamiyati nimada?!
Bular tufayli, birinchi navbatda, biz o ‘zligimizni angladik, o’tganlaming ruhi shod, ko‘ngil mulkimiz obod bo’ldi. Shahar va qishloqlar, madrasa-yu masjidlar qayta tiklandi, qanchadan-qancha kitoblar chop etildi. Ikkinchidan, ma’naviyatimiz orqali millatimiz qadri, sha’n-u shavkati tiklandi. Bular hammasi mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod uchun vatanparvarlik va fidoyilik, elim deb, yurtim deb yonib yashashning, millat istiqboli uchun qayg‘urishning yorqin ifodasi
bo’lib qoldi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqlarida: «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat – ma’rifatli insonning ikki qanotidir»,2 - deb ko‘rsatgan edilar. Bu fikrlar isboti o’laroq mamlakatimizda ma’naviy –ma’rifiy sohada amalga oshirilgan islohotlar boshqa sohalarda amalga oshirilgan islohotlar bilan birga izchillikda amalga oshirila boshlandi.
“Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha erda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviyat yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi”.1
Endilikda mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarda ma’naviyatning millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanalishi hisobga olindi.
Birinchi Prezidentimiz o‘z asarlarida O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin amalga oshirilgan tub islohotlar va ularning mohiyati va ahamiyati, xalqimiz hayotiga ta’siri asosiy ustuvor yo‘nalishlarini tahlil qilib umrini o‘tab bo‘lgan sho‘ro tuzumi qonun-qoidalaridan voz kechgan holda, erkin bozor munosabatlariga o‘tish va yurtimizda demokratik jamiyat qurish strategiyasini ishlab chiqish va bu yo’ldagi ulkan amaliy ishlar sari dadil qadam qo‘yilgani o‘z-o‘zidan yuz bermaganini izohlaydi. Buning uchun avvalo xalqimizning hayot tarzi,
milliy an’ana va qadriyatlari, aholining kayfiyati har tomonlama hisobga olinadi. Chunki islohotlarning pirovard natijasi xalqning ularga ongli munosabati, ulami to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va chuqur anglab yetishiga bog’liq. Aynan ana shunday mezonlar asosida butun dunyoda “O‘zbek modeli” sifatida tan olingan taraqqiyot modeli ishlab chiqildi. Bu modelning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) iqtisodning siyosatdan xoli ekani;
2) davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
3) qonun ustuvorligi;
4) kuchli ijtimoiy siyosat;
5) islohotlami tadrijiy ravishda amalga oshirish.
Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li asarlarida “O‘zbek modeli” tamoyillarini amalga oshirish natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ulaming ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy ahamiyati ochib berilgan.
“Demokratiya avvalambor ma’naviy mezonlar asosida boshqariladigan, kuchli huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati demakdir .Barqaror bozor iqtisodiyoti ochiq tashqi siyosatga asoslangan de okratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo’lib qolishi kerak. Shunday jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an’analar va madaniyat qayta tiklanishi, shaxs sifatida insonning ma’naviy axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin»1, - deb yozgan edilar Birinchi Prezidentimiz.
O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning murakkab davrida davlatning bosh islohotchilik roliga tayanib, aholining ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda keskin ijtimoiy larzalarga, eskilik tarafdori bo’gan kuchlarning norozilik chiqishlari, turli buzg‘unchilik harakatlariga yo’l qo‘ymasdan, yurtimizda tenglik va barqarorlikni saqlab o‘zining ezgu maqsadlari sari bosqichma-bosqich, qat’iyat bilan ilgarilab bormoqdi va natijada xalqning ruhi, farovonlik darajasi ortib, uning bunyodkorlik salohiyati ro‘yobga chiqdi . Eng muhimi, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar natijasida odamlarning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda, yangi tuzumning afzalligini anglab, o‘zining kuch va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchi, yon-atrofdagi o‘zgarishlarga daxldorlik hissi ortib bordi.
Birinchi Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch» nomli asarlarining chop etilishi mamlakatimiz hayotida juda katta voqea bo’ldi. Ushbu kitobda insoniyat yaralgandan boshlab uning hayotida asosiy rol o‘ynagan ma’naviyatning ma’nosi, mazmuni uning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, buyuk yaratuvchilikdagi ahamiyati, ma’naviyat tushunchasining nazariy va am aliy tom onlari har tomonlama keng qamrovli fikr va mulohazalar orqali ilmiy jihatdan tahlil etiladi hamda asoslangan xulosalar chiqariladi.
Asarni o ‘rganish va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarda foydalanish shuning uchun ham hayotiy zaruratni, unda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning uzoq vaqt unutilgan yoki ataylab odamlardan berkitilgan milliy
ma’naviyatimizni tiklash, uni xalqimizning kelajagini o‘ylab, yurtimizning ravnaqi yo‘lida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bu borada
oldimizda turgan ulkan vazifalar haqida fikr yuritiladi. Birinchi Prezidentimiz
ta ’kidlaganlaridek, “O‘tgan davr mobaynida eski tuzumdan og‘ir meros bo‘lib qolgan ana shunday illatlarga, el-yurtimizga nisbatan kamsitish va milliy manfaatlarimizni mensimaslik holatlariga barham berish, ko‘hna qadriyatlarimizni, dinu-diyonatimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi
jamiyat qurish yo‘lida xalqimizning ma’naviy yuksalishini o‘z oldimizga qo‘ygan olijanob maqsadlarga yetishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini ta’kidlash lozim”1.
Bu fikrlar har bir vatanparvar fuqaroni o‘ylantiradi va hushyorlikka chaqiradi.
O‘zbekiston bozor munosabatlariga o ‘tish, huquqiy demokratik davlat qurish, yangicha fikrlaydigan, mehnatga yangicha munosabat bilan qaraydigan yoshlami tarbiyalash, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish yo’lidan bormoqda. Albatta bu ish nihoyatda murakkabligini, bir qator qiyinchiliklarni, ayniqsa xalqimiz ongida zamonaga mos o‘zgarish qilish lozimligini ko‘pchilik tushunadi. Bu o‘zgarishlar, ma’naviyat bilan, ma’naviy tarbiya bilan bog‘liqdir.
Ushbu asarni o‘rganish yana shuning uchun zarurki, unga mustaqil O‘zbekistonimizni dunyoga tanitishda, jahon xalqlarini mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan ishlar bilanmtanishtirishda, xalqimizga xos bo’lgan yuksak
ma’naviyat behuda emasligini, uning mustahkam tarixiy-falsafiy ildizlari mavjudligini dunyo xalqlariga tushuntirishda ushbu kitob katta rol o ‘ynadi.
Asarning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, unda davrimizning eng muhim va murakkab muammosi ma’naviyat insonning ulg‘ayishi va kuch-qudrat manbai ekanligi, o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘qligini, mustabid tuzum davrida m a’naviyatim iz qanday qiyinchiliklarga uchraganligi ilmiy tahlil qilib beriladi.
Asarda aniq dalillar asosida xalqimizga eski tuzumdan og‘ir meros qolganligi, el-yurtimizga nisbatan kamsitish, milliy manfaatimizni mensimaslik holatlari yuz berganligi, ko ‘hna qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz toptalgani ko‘rsatiladi. M ustaqillikdan keyin esa, Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, “hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo‘lida xalqimizning
ma’naviy yuksalishini o‘z oldimizga qo‘ygan oliyjanob maqsadlarga etishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini
ta’kidlash lozim”1.
Shuningdek, kitobda har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi,
ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan, bo ‘sh joyda shakllanib qolmasligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’lishi, Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning O‘rta Osiyo sharoitida jamoa bo’lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim jamiyat kasb etishi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo’llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘dirishi alohida ta’kidlanadi.
Xulosa
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
kitob mahsulotlari bo‘yicha davlat buyurtmasining asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop va ko‘rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish;
jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmalari berish, ularni zarur nusxalarda yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash;
axborot-kutubxona faoliyatini kuchaytirish, ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarining kutubxona fondlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalarning “Ma’naviyat xonalari”ni o‘quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
nashriyotlar va matbaa sohasi mutaxassislarini, badiiy va texnik muharrirlar, grafikachi rassomlar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy-texnik, adabiy-badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |