1-mustaqil ta’lim
OLIY TA’LIM PEDAGOGIKASIGA DOIR ME’YORIY HUJJATLAR MAZMUNI
Davlat ta’lim standarti.
Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko’zga tashlanayotgan zamonaviy tendentsiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o’rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1. Turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2. O’zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalharo ta’lim amaliyotida umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendentsiyalarining hisobga olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |