1. Muskullarning qisqarishi Muskullarning tuzilishi va



Download 228,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana16.03.2022
Hajmi228,73 Kb.
#493649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
REJA

Muskullarning charchashi.
Charchash deb, alohida organ yoki butun organizm yohud
to‘qimaning faoliyatidan so‘ng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam
olishdan so‘ng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning charchashi ergografda
tekshiriladi.
Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta
jismoniy ish bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda uning qisqarishidagi latent
davr uzayadi, kuchi susayadi, ta’sirga javob reaksiyasi tszligi pasayadi, organizmning
chidamliligi kamayadi. Bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha tez charchaydi, ayniqsa bir
turli muskullar tez charchab qoladi. Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi.
Mehnat qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishida markaziy
nerv sistemasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.


Adinomiya, ya’ni kamharakatlik va muskullarning kam harakatlanishi ichki
organlariing rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab
qiladigan va qarshilikni yengadigan harakatlar qilmaganidan charchamaganga
o‘xshaydi. 7-8 yashar bolalarning mayda muskullari yetarlicha uyg‘un qisqarmaydi,
aniq, mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan bajaradi, binobarin, yozish, rasm
chizishda, nina bilan ishlashda darrov charchab qoladi. Bunday bolalar katta odamga
nisbatan ko‘p harakat qiladi, lekin kam energiya sarflaydi. 7-12 yashar bolalar ham
harakatlari uyg‘unlashmaganidan tez charchaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar
ko‘pi bilan 40-45 minut jismoniy mashq qilishi kerak. 11-12 yashar bolalar endi
jismoniy kuch va chidamlilikni talab qiluvchi harakatlarni bajara boshlaydi. 14 yashar
bolalarning nerv sistemasi va harakat apparati organlari hali yetarli rivojlanmagan
bo‘ladi, shu tufayli katta odamga nisbatan 2,5 marta, 16 yashar bolalar 2 marta tez
charchaydi.
Turli xil jismoniy mashg‘ulotlarii olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab
chiqarish praktikasida yuqoridagilarni hisobga olish zarur. Shuning uchun bolalar
gimnastika bilan shug‘ullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish sur’ati va
turiii va bola o‘z holatini o‘zgartirib turishi kerak.
Skeletning xarakat funksiyasi muskullar qisqarishi tufayli vujudga keladi. Odam
organizmida 600 yaqin muskullar bor. Skelet muskullarining qisqarishi odamning
ixtiyoriga bog‘liq. Skelet muskullari qisqarganda muskullardagi retseptorlardan
markazga intiluvchi impul’slar markaziy nerv sistemasiga keladi. Natijada skelet
muskullarining koordinatiyalashgan xarakati vujudga keladi. Organizmdagi barcha
muskullar ikki turga: silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarga bo‘linadi.
Ko‘ndalang targ‘il qisqarishi.
Skeletni qoplab turgan muskullarning ko‘ndalang targil
muskullar deb ataladi. Ularga qo‘l, oyoq, gavda, nafas olish muskullari kiradi. Ular
tez qisqaradi. Organizmdagi muskullarning qisqaruvchi qismi tanasi va passiv qismi –
paylari bor. Skelet muskullari shakliga qarab uzun, kalta, serbar bo‘ladi. Uzun
muskullar duk shaklida bo‘lib, qo‘l va oyoqda joylashgan. Skelet muskullari
organizmda ma’lum shakl berib turadi.
Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo‘zg‘alish impul’si qisqarish bilan javob
beradi. Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qisqarish ro‘y beradi. Organizmdagi
muskullarning qisqarishi yakka qisqarishlar yig‘indisidan asbob yozib olishi mumkin.
Muskullarga markaziy nerv sistemasidan doimo impul’slar uzoq qisqarib turadi.
Muskullar bu impul’slarga uzoq qisqarib muskulning shu tetonik qisqarish yoki
tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo‘ladi: tishchali va silliq tetanus.
Muskulning ishi kilogramometrlar bilan o‘lchanadi, ya’ni yuqoriga ko‘tarilgan yuk
og‘irligini, ko‘tarilish balandligi ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi. Muskullar statik va
dinamik ish bajaradi. Muskullarning uzoq vaqt qisqarmasdan tura olishi statik ish
hisoblanadi. Dinamik ishda muskullar yuk ko‘taradi. Statik holatga tik turish kiradi.
Muskullar statik ishda dinamik ishga nisbatan kam ish sarflaydi. Dinamik ishda ko‘p
energiya sarf bo‘ladi, modda almashinuvi ortadi. Dinamik ishda muskullar kamroq
charchaydi. Statak ishda muskulga qon kelishi kamayadi, ovqatlanish susayadi.
Muskullarni ish qobilyatini o‘lchash uchun ergograf asbobi qo‘llaniladi. Bolaning 6-7
yoshidan boshlab muskulning kuchi orta boradi, 8-9 yoshda muskul kuchining ortishi
ancha tez bo‘ladi. Muskullar ish vaqtida yoki statik hollarda uzoq muddat qisqarib


turishi yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Bolaning yoshi qancha kichik
bo‘lsa, u shuncha tez va oson charchaydi, ayniqsa, bir turli muskul faoliyatida,
harakatsiz holatda kattalarga nisbatan tez charchaydi. Muskullar charchashining
boshlanishida markaziy nerv sistemasining hal qiluvchi rol o‘ynashini Sechanov I.M.,
Pavlov., Vvedenskiy N.E. va A.A. Uxtomskiylar o‘z tekshirish ishlarida ko‘rsatib
berdilar. 7-8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda muskullarni qisqarishining
koordinatsiyasi yetarli bo‘lmaganligi
sababli ular aniq
, mayda va nozik harakatlarni
juda qiyinlik Bilan amalga oshiradilar. Shuning uchun ular tez charchaydilar. 7-12
yoshli bolalarda harakatlarning koordinatsiyalashmaganligi tufayli tez charchash
vujudga keladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya 40-45 minutdan ortmasligi kerak. 7-8
yoshli bolalar katta odamga nisbatan ko‘p mayda harakatlarni bajaradilar, lekin kam
energiya sarf qiladilar. 14 yoshli bolalarda nerv sistemasi va harakat apparati yetarli
rivojlanmaganligi tufayli katta odamga nisbatan 2:5 marta, 16 yoshda 2 marta ortiq
charchash vujudga keladi. Bu ma’lumotlar turli xil jismoniy mashg‘ulotlarni olib
borishda, maktab oldi yer uchastkasida, ishlab chiqarishda e’tiborga olinishi kerak.
Jismoniy mexnat davrida ish xolatini, tempini, pozasini o‘zgartirish, tez-tez dam
berish, ijobiy emotsional xolatini vujudga keltirish kerak. 7-8 yoshli bolalarda
muskularning aniq, noziq xaraqatlarni bajarish qobilyatiga ega bo‘lgan chaqqonlik
bo‘lmaydi. Bunday chaqqonlik asta – sekin paydo bo‘ladi. Jismoniy mashqlar xarakat
tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan biri hisoblanadi. 30 yoshdan so‘ng
muskullar qisqarishining yashirin davri uzayadi, xarakat tezligi kamayadi. Chapaqay
bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarni maksimal chastotasi o‘ng tomondagi
shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha
xarakat tempi 1,5 martaga ortadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida
muskullarning kuchi tez ortadi. Bolaning 6-7 yoshida yozuvchi muskullar kuchi
bukuvchi muskullar kuchiga nisbatan ortiq bo‘ladi. Bunga sabab o‘ng qo‘l ko‘p qon
bilan ta’minlanadi. 8 – 10 yoshda o‘g‘il bolalar o‘ng qo‘lining kuchi qiz bolalardan
1-3kg. ortiq, 13 yoshda 7 kg., 16 yoshda 15 kg., 19 yoshda 17,5 kg., 22 yoshda 18 kg
teng. Chidamlilik ma’lum gruppa muskullarni ish qobilyatini uzoqroq saqlash, o‘ziga
xoslilik bilan xarakterlanadi. Yosh ortgan sayin dinamik ishga chidamlilik ortib
boradi. Chidamlilik 12 – 15 yoshda o‘g‘il bolalarda ancha ortadi.

Download 228,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish