REJA:
1.Muskullarning qisqarishi
2.Muskullarning tuzilishi va
fiziologiyasi
3.Muskul to’qimalar
4.Asosiy adabiyodlar
5.Xulosa
Muskul qisqarishi - normal nerv impulsiga javoban muskulning kalta tortishi,
muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri. Qisqarish muskulning kaltalanishi
yoki taranglanishida namoyon boʻladi. Muskul qisqarishi, odatda, biror ish
bajarilishini taʼminlaydi. Muskul qisqarishida miofibrillar tarkibiga kiruvchi oqsillar:
miozin va aktin ishtirok etadi. Muskul qisqarishi chogʻida har ikki oqsil oʻzaro taʼsir
etib, aktomiozin kompleksini hosil qiladi. Muskul qisqarishi uchun zarur energiya,
aktomiozin va adenozintrifosfat kislotattt oʻzaro taʼsirlashuvidan yuzaga keladi.
Bundan tashqari, muhitda maʼlum miqdorda kalsiy ionlari Sa+2 boʻlgandagina
Muskul qisqarishi roʻy berishi aniqlangan.
Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari
taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan.
Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul
sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va
silliq M.ga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari
devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi.
Silliq M. kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy M.
deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga
ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi,
sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organo-idlari bor. Muskul tolasining
qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan
ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil M.ga skelet muskullari va yurak
muskuli (miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga
boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan
boshlanib, ikkinchisiga yopishadi.
Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta,
shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. M. shakliga koʻra uzun,
qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga
boʻlinadi. Bajaradigan vazi-fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi,
tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va h. k. M.ga ajratiladi.
Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi
vadumi deb ataladi. Baʼzi M.ning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas,
yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). M.ning qoʻshimcha apparatiga
fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. M.da kon tomirlar
koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir
muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy
nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan M. sinergistlar,
qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar
topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.
Tana muskullari orqa, koʻkrak va qorin M.idan iborat. Orqa M.i yuza va chuqur
boʻladi. Ular kurakni koʻtaradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻyinni yozadi,
yelka va qoʻlni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi.
Orqaning chuqur M.i umurtqa pogʻonasini tiklaydi.
Koʻkrak M.i xususiy tashqi va ichki qovurgʻalararo M., yelka kamari va qoʻl bilan
bogʻlangan katta va kichik koʻkrak M.i, oʻmrov usti va oldingi tisheimon M.ga
boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro M. qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki M. esa nafas
olish va chikarishda ishtirok etadi.
Qorin M.i tashki va ichki qiyshiq M., qorinning koʻndalang va toʻgʻri M.i, shuningdek,
belning kvadrat muskulidan tashkil topgan. Qorin M.i toʻgʻri tanani oddinga bukadi,
qiyshiq M.i yon tomonlarga egilishini taʼminlaydi. Bu M. qorin pressini tashkil etib,
asosiy funksiyasi qorin aʼzolarini funksional qulay holatda ushlab turishdan iborat.
Bundan tashqari, qorin pressi M.ining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish
jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin M.i fassiya bilan krplangan. Muntazam mashq qilib,
jismoniy ish bilan shugʻullanib muskul tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu
tarika muskul kuchini oshirish mumkin.
Barcha M.ning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir (qarang
Muskul kisqarishi
),
bunda muayyan ish bajariladi. M. kuchi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga
bogʻliq; yaxshi rivojlangan M.da ular koʻp, suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va
boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov M.iga boʻlinadi. Ular yuz
mimikasida, chaynashda va pastki jagʻni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan
tashqari, boʻyin hamda qoʻl M.i bor. Skelet M.ining deyarli hammasi richaglar
qonuniga muvofiq boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga keltiradi. Odam gavdasida
600 ga yaqin muskul bor. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar oʻzaro
bogʻlangan boʻlib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi
va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining
asosiy qismi, hazm yoʻlining deyarli hammasi, oʻt pu-fagi va krvuq, bachadon nayi,
bachadon silliq M.dan tuzilgan.
Ichki aʼzolar devori silliq M.ining qisqarishi sekin va chuvalchang oʻrmalashisimon
boʻladi. Silliq M. refleks yoʻli bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli
qisqarganda ogʻriq paydo boʻladi (mas, jigar va buyrak sanchigʻi, ichak spazmi va
h.k.).
Yurak muskuli tuzilishi va vazifasiga koʻra koʻndalangtargil hamda sillits M.dan farq
qiladi. Unda boshqa muskullarda boʻlmaydigan xususiyat — maʼlum ritm va kuchga
ega boʻlgan qisqarishlar avtomatizmi bor. Yurak muskuli umr boʻyi ritm bilan
toʻxtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi.
[1]
Muskul toʻqimasi
- muskullarning asosiy qismini tashkil etib, ularning qisqarishini
taʼminlaydigan maxsus ingichka tolalar. Uning asosiy qisqaruvchi elementi
miofibrillarshr. Muskul toʻqimasi oraliq pardalar bilan oʻzaro birlashib alohida
muskulni hosil qiladi, ularning sirti ham alohida parda bilan oʻralgan boʻladi.
Organizmdagi barcha Muskul toʻqimasi tuzilishiga qarab silliq Muskul toʻqimasi,
koʻndalang targʻil Muskul toʻqimasi va yurak Muskul toʻqimasiga ajratiladi. Silliq
Muskul toʻqimasi bir yadroli duksimon tuzilishga ega; mezenximadan (teri,
meʼda-ichak devorlari, siydiktanosil aʼzolari, kon tomirlar Muskul toʻqimasi) va
ektodermadan (soʻlak, ter va sut bezlari Muskul toʻqimasi) rivojlanadi.
Koʻndalangtargʻil Muskul toʻqimasi koʻp yadroli muskul tolasidan tuzilgan boʻlib,
skelet va yurak muskulidan iborat; ontogenezda mezodermadan rivojlanadi. Yurak
Muskul toʻqimasi (miokard) koʻndalangtargʻil muskul tolalaridan tuzilgan boʻlsa ham
gʻayriixtiyoriy qisqaradi. Muskul toʻqimasining vazifasi harakat elementlarining
qisqarishidan iborat. Muskul toʻqimasida qisqaruvchi tuzilma (miofibrillar), trofik
tuzilma (hujayra yadrosi va organellalari), muskul elementlarining qobigʻi hamda
telofragmalardan iborat tayanch tuzilma farq qilinadi. Barcha muskul toʻqimalarida
maxsus nerv oxirlari boʻlib, ular toʻqimaga nerv sistemasidan harakat impulslarini
olib keladi va unda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida markaziy nerv sistemasiga
maʼlumot berib turadi
Do'stlaringiz bilan baham: |