1. Muskul sistemasi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi



Download 26,53 Kb.
bet4/5
Sana22.07.2022
Hajmi26,53 Kb.
#838734
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muskullarning ish faoliyatida organizmning energiya resurslarini jalb etish.

Ko‘ndalang targ‘il qisqarishi. Skeletni qoplab turgan muskullarning ko‘ndalang targil muskullar deb ataladi. Ularga qo‘l, oyoq, gavda, nafas olish muskullari kiradi. Ular tez qisqaradi. Organizmdagi muskullarning qisqaruvchi qismi tanasi va passiv qismi – paylari bor. Skelet muskullari shakliga qarab uzun, kalta, serbar bo‘ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo‘lib, qo‘l va oyoqda joylashgan. Skelet muskullari organizmda ma’lum shakl berib turadi.
Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo‘zg‘alish impul’si qisqarish bilan javob beradi. Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qisqarish ro‘y beradi. Organizmdagi muskullarning qisqarishi yakka qisqarishlar yig‘indisidan asbob yozib olishi mumkin. Muskullarga markaziy nerv sistemasidan doimo impul’slar uzoq qisqarib turadi. Muskullar bu impul’slarga uzoq qisqarib muskulning shu tetonik qisqarish yoki tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo‘ladi: tishchali va silliq tetanus.
Muskulning ishi kilogramometrlar bilan o‘lchanadi, ya’ni yuqoriga ko‘tarilgan yuk og‘irligini, ko‘tarilish balandligi ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi. Muskullar statik va dinamik ish bajaradi. Muskullarning uzoq vaqt qisqarmasdan tura olishi statik ish hisoblanadi. Dinamik ishda muskullar yuk ko‘taradi. Statik holatga tik turish kiradi. Muskullar statik ishda dinamik ishga nisbatan kam ish sarflaydi. Dinamik ishda ko‘p energiya sarf bo‘ladi, modda almashinuvi ortadi. Dinamik ishda muskullar kamroq charchaydi. Statak ishda muskulga qon kelishi kamayadi, ovqatlanish susayadi. Muskullarni ish qobilyatini o‘lchash uchun ergograf asbobi qo‘llaniladi. Bolaning 6-7 yoshidan boshlab muskulning kuchi orta boradi, 8-9 yoshda muskul kuchining ortishi ancha tez bo‘ladi. Muskullar ish vaqtida yoki statik hollarda uzoq muddat qisqarib turishi yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, u shuncha tez va oson charchaydi, ayniqsa, bir turli muskul faoliyatida, harakatsiz holatda kattalarga nisbatan tez charchaydi. Muskullar charchashining boshlanishida markaziy nerv sistemasining hal qiluvchi rol o‘ynashini Sechanov I.M., Pavlov., Vvedenskiy N.E. va A.A. Uxtomskiylar o‘z tekshirish ishlarida ko‘rsatib berdilar. 7-8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda muskullarni qisqarishining koordinatsiyasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ular aniq, mayda va nozik harakatlarni juda qiyinlik Bilan amalga oshiradilar. Shuning uchun ular tez charchaydilar. 7-12 yoshli bolalarda harakatlarning koordinatsiyalashmaganligi tufayli tez charchash vujudga keladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya 40-45 minutdan ortmasligi kerak. 7-8 yoshli bolalar katta odamga nisbatan ko‘p mayda harakatlarni bajaradilar, lekin kam energiya sarf qiladilar. 14 yoshli bolalarda nerv sistemasi va harakat apparati yetarli rivojlanmaganligi tufayli katta odamga nisbatan 2:5 marta, 16 yoshda 2 marta ortiq charchash vujudga keladi. Bu ma’lumotlar turli xil jismoniy mashg‘ulotlarni olib borishda, maktab oldi yer uchastkasida, ishlab chiqarishda e’tiborga olinishi kerak.
Jismoniy mexnat davrida ish xolatini, tempini, pozasini o‘zgartirish, tez-tez dam berish, ijobiy emotsional xolatini vujudga keltirish kerak. 7-8 yoshli bolalarda muskularning aniq, noziq xaraqatlarni bajarish qobilyatiga ega bo‘lgan chaqqonlik bo‘lmaydi. Bunday chaqqonlik asta – sekin paydo bo‘ladi. Jismoniy mashqlar xarakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan biri hisoblanadi. 30 yoshdan so‘ng muskullar qisqarishining yashirin davri uzayadi, xarakat tezligi kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarni maksimal chastotasi o‘ng tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha xarakat tempi 1,5 martaga ortadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida muskullarning kuchi tez ortadi. Bolaning 6-7 yoshida yozuvchi muskullar kuchi bukuvchi muskullar kuchiga nisbatan ortiq bo‘ladi. Bunga sabab o‘ng qo‘l ko‘p qon bilan ta’minlanadi. 8 – 10 yoshda o‘g‘il bolalar o‘ng qo‘lining kuchi qiz bolalardan 1-3kg. ortiq, 13 yoshda 7 kg., 16 yoshda 15 kg., 19 yoshda 17,5 kg., 22 yoshda 18 kg teng. Chidamlilik ma’lum gruppa muskullarni ish qobilyatini uzoqroq saqlash, o‘ziga xoslilik bilan xarakterlanadi. Yosh ortgan sayin dinamik ishga chidamlilik ortib boradi. Chidamlilik 12 – 15 yoshda o‘g‘il bolalarda ancha ortadi.


Tayanch xarakat apparatining gigienasi. Bolalarning o‘quv va mexnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va mexnat sharoitlarining gigienaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim bir qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o‘rnining gigienik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi, o‘rin – ko‘rpaning xaddan tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik tayanch – xarakat apparatining noto‘g‘ri o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – xarakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.

Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chikadi. Yassioyoqlik natijasida oyog‘ining tovon- panja va boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va xayotda orttirilgan bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak.




Download 26,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish