So’roq belgisi
6-§. So’roq belgisi quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. So’roq gaplar oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi?
(I.R)
2. Taqrizlarda va tsitatalarda biror so’z yoki jumla gumon yoki
anglashilmovchilik tug’dirsa, bunday so’z yoki jumladan so’ng so’roq belgisi
qo’yiladi va bu qava ichiga olinadi: “Mihail Ivanovich Akaskin qiriq besh yashar qolin
(?) gavdali, mo’ylovdor, hushmuomala, xulqi soda va yoqimli kishi edi”. (O)
3. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so’z va iboralar
so’roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi. Ega kim?, nima?,
qaer?, degan so’roqlarning biriga javob bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |