1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot. Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap



Download 354,5 Kb.
bet11/41
Sana01.01.2022
Hajmi354,5 Kb.
#302607
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
Murakkab qo’shma gap

PUBLITSISTIK USLUB

Ommaviy axborot vositalari uslubi, tashviqot-targ`ibot ishlari olib borishda foydalanadigan nutq tili publitsistik uslub hisoblanadi. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish bo`lib, soddalik, tushunarlilik ta’sirchanlik adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Bu uslubda reja, anjuman, farmon, ijro, kengash, ishtirokchi, hukumat, davlat kabi ijtimoiy – siyosiy so`zlar keng qo`llanadi.

Publitsistik uslubning ham og`zaki va yozma shakllari mavjud. Radio – teleBidenie uslubi publitsistik uslubning og`zaki shaklidir, gazeta, jurnal uslubi esa yozma shaklga hosdir. vahor… bu kun olam uyg`onmoqda. Ana yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko`tarmoqda.

BADIIY USLUB

Badiiy asarlar tili badiiy uslubda bo`ladi. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo`l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Masalan: Martning oxirgi kunlari. Ko`k yuziga suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan behabar, hanuz g`aflatda yotgan o`t-o`lanni, qurt-qumursqani, avvalgidan ham yorug`roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotgandek tuyuladi.

Badiiy uslubda yozuvchi tilda mavjud bo`lgan barcha vositalardan foydalanishi. mumkin. Tasvirlanayotgan davr ruhini aks ettirish uchun eskirgan va yangi paydo bo`lgan so`zlarni, qahramonlar fe’l-atvorini ko`rsatish maqsadida noadabiy til qatlamlariga xos so`zlarni qo`llashi mumkin.

ILMIY USLUB

Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalariga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga hos atamalarga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi. Atomlar kimyoviy bo`linmaydigan zarralar. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar hisoblanadi.

Fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Bu uslubda so`zlar faqat o`z ma’nosida qo`llanadi, qoida, ta’rifning mazmunini to`laroq ochish uchun ajratilgan, bo`laklar, kirish so`z va iboralar, qo`shma gaplardan kengroq foydalaniladi.


RASMIY USLUB

Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o`rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi singari ish yuritish qog`ozlarida qo`llaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak va buyruq gaplar qo`llanadi.

Samarqand shahar

10-maktab direktori

K.Komilovga 9-sinf

o`quvchisi

H.Akbarovdan

ARIZA


Meni ingliz tili chuqurlashtirilib o`qitiladigan 9 “A” sinfiga o`tkazishingizni so`rayman.

Muddat


Imzo H.Akbarov


Download 354,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish