Sintaksis
So’z birikmasi va gap
1. Mashina uchun ehtiyot qismlar birikmasidagi hokim so'zni aniqlang.
A) qismlar B) ehtiyot C) mashina uchun D) ehtiyot qismlar
2. Quyida berilgan gapda nechta so'z mavjud? Tebranib yonayotgan sham zo'r mo'jizaday hammaning diqqatini jalb qilgandi.
A) 9ta B) 8ta C) 7 ta D) 6 ta
3. Har qanday til o'zining so'zlari, iboralari va qo'shimchalaridagi imkoniyatlarini qaysi bo'limda to'liq namoyon qiladi?
A) leksikologiyada
B) morfologiyada
C) sintaksisda
D) leksikologiyada, morfologiyada, sintaksisda
4. Qaysi birikmalarda tobe so'z sifat bilan ifodalanmagan?
A) ishonchli so'z, oq kabutar, qiziqarli fil’m
B) do'stona munosabat, g'oyat qiziqarli, o'zbekcha nutq
C) hovlining o'rtasi, qushning qanoti, do'stimning maktubi
D) qiziqarli suhbat, beqiyos o'lka, katta qishloq
5. Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o'qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon — Vatandir!
Ushbu gapda nechta to'ldiruvchili birikma mavjud?
A) 3ta B) 4ta C) 5 ta D) 6 ta
6. Quyidagi birliklardan qaysilari ham erkin, ham turg'un birikma (ibora) sanaladi?
A) boshiga yetmoq, yaxshi ko'rmoq, qulog'iga quymoq, oʻz yog'iga qovurilmoq
B) boshini ko'tarmoq, ko'ngliga keltirmoq, qo'l koltarmoq, to'nini teskari kiymoq
C) ko'zini yog' bosgan, ko'nglidan o'tkazmoq, qo'lini siltamoq, tosh otmoq
D) bo'yniga qo'ymoq, kapalagi uchmoq, jonidan o'tmoq, ko'zini tikmoq
7. Qaysi qatorda berilgan so'z birikmalarini gapga aylantirish mumkin?
A) qiziqarli mashg'ulot, oydin kecha, maqola o'qimoq
B) berilgan topshiriq, o'qishli asar, g'azal yodlamoq
C) qattiq sovuq, shirin qovun, chiroyli gul
D) samarali ishlamoq, ko'chat o'tqazish, barqaror tinchlik
8. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
Ushbu gapda nechta so'z birikmasi mavjud?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta
9. Muzaffarning lo'ppi yuzidagi achinish alomati xushnud tabassum bilan almashdi.
Ushbu gapda otli so'z birikmalarining soni
nechta?
A) 5ta B) 6ta C) 4 ta D) 7 ta
10. Berilgan birliklarning qaysilari ham so'z birikmasi, ham turg'un birikma sifatida qo'llanishi mumkin?
1) boshiga yetmoq; 2) qulog'iga quymoq; 3) o'z yog'iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko'rmoq; 5) to'nini teskari kiymoq; 6) ko'nglidan o'tkazmoq
A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1,2,3,4,5,6
11. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi.
Ushbu gapda nechta so'z birikmasi bor, ularning nechtasi bitishuvli birikmaga mansub?
A) 5 ta; 3 ta B) 6 ta; 3 ta C) 5 ta; 2 ta D) 6ta;2ta
12. Quyidagi gapda nechta so'z birikmasi borligini aniqlang.
Katta sement ko'prik ustidan mashinalar tinimsiz o'tib turibdi.
A) 3ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
13. Hokim so'z sifat bilan ifodalangan so'z birikmalari qatorini toping.
A) tiniq suv, qorday oq, ipakday mayin
B) tosh yo'l, bepoyon paxtazor, juda yaxshi
C) hammadan katta, hayot uchun zarur, yurishga qulay
D) G'ofirning xursandligi, o'zbekcha nutq, do’st ishonchi
14. Hokim so'z olmosh bilan ifodalangan so'z birikmalari qatorini toping.
A) gullarning barchasi, qizlarning har biri, bolalarning o'zi
B) bu hayot, qanday go'zal, mening o'zim
C) har bir vazifa, o'z uying, kimning kitobi
D) hammadan go'zal, g'oyat qiziqarli, o'z ukang
15. Qaysi gapda moslashuv va boshqaruv aloqasi mavjud?
A) Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan.
B) O'zingni er bilsang, o'zgani sher bil.
C) Biz rostgo'ylik va halollikni hamisha ulug'laymiz.
D) Yillar mana shu xilda osoyishta o'tar edi.
16. Qaysi gapda so'zlarning teng bog'lanishi mavjud?
A) Vatan mung'aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi.
B) Ularga choyni achchiq-achchiq damlanglar.
C) Birga-birga o'ynab o'sgan mehribonlarga salom!
D) Kecha kechqurun Salim biznikiga keldi.
17. Qaysi qatordagi turg'un birikmalar so'z birikmasi bo'la oladi?
A) boshiga yetmoq, yaxshi ko'rmoq, bo'yniga ilmoq
B) ketiga tushmoq, oq ko'ngil, po'stagini qoqmoq
C) qo'li ochiq, bo'yniga qo'ymoq, dili xira
D) ko'nglidan o'tkazmoq, barmog'ini tishlamoq, ichi qora
18. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi.
Ushbu gapda nechta fe'lli birikma mavjud?
A) 4ta B) 3ta C) 2 ta D) 5 ta
19. Ravish holi kesimga qaysi yo'l bilan birikadi?
A) moslashuv, bitishuv
B) boshqaruv, bitishuv
C) boshqaruv, moslashuv
D) moslashuv, boshqaruv, bitishuv
20. Qaysi gapda fe'1+fe'l shaklidagi bitishuvli so'z birikmasi berilmagan?
A) Eshilib, to'lg'onib ingranadi kuy.
B) Uning kulgusi ham o'ziga o'xshash shiringina edi, qonib, yoyilib kuldi.
C) Xudoyqul baland yig'i ovozidan cho'chib uyg'ondi.
D) Uning sho'xligi, o'yinqaroqligi bilinib turibdi.
21. Qaysi qatorda bitishuvli so'z birikmasi berilmagan?
A) o'qimay qo'ydi B) indamay o'tirdi
C) sog'inib keldi D) ikkilanmay javob berdi
22. Qaysi javobdagi birlik qo'shma so'z hisoblanmaydi?
A) mazax qildi B) isyon ko'tardi
C) javob qaytardi D) kasbini sharafladi
23. Berilgan birikmalarning qaysilarida sifat boshqaruvchi vazifasida kelgan?
A) kamalakdek egik, onadek aziz
B) qalampirdan achchiq, men uchun aziz
C) asalday shirin, nonday aziz
D) barchasida sifat boshqaruvchi vazifasida kelgan
24. Qaysi qatorda hokim so'zi sifat bilan ifodalangan so'z birikmalari berilgan?
1) sevimli qo'shiq 2) hayoti achinarli 3) otdan baland 4) ukamdek ishchan 5) gul chiroyli 6) gulning chiroyi.
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5
C) 2, 3, 4 D) 3,4
25. Berilgan gaplarning qaysi biri tarkibida sifat boshqaruvi mavjud?
A) Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib Eng yorug' yulduzdan seni so'rayman.
B) Men suygan suyukli shunchalar go'zal, Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal.
C) Shoirlar bor, o'z yurtin butun Olam aro atagan tanho.
D) Barcha javoblarda sifat boshqaruvi mavjud
26. Qaysi gap tarkibida ot + sifat tarzidagi boshqaruvli birikma mavjud?
A) Inson tarixni yaratuvchi eng oliy xilqatdir.
B) Mehmon otangdan ulug'ligini unutma.
C) Alifdek tik qomati asir qildi.
D) Berilgan barcha gaplarda.
27. 1) dardli nigoh 2) dardli xo'rsinish 3) kumush kabi tola 4) kumush kabi tovlanmoq 5) chiroyli kiyim 6) chiroyli kiyingan. Berilgan birikmalarning qaysilari holli birikma sanaladi?
A) 3, 4, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) faqat 3 va 4 D) 2, 4, 6
28. 1) yaxshi o'qish 2) yomon taassurot 3) ko'p charchash 4) ozgina bola 5) yoqutdek olma 6) marvariddek tovlanish Berilgan birikmalarning qaysilari sifatlovchi aniqlovchili birikma sanaladi?
A) 1, 2, 5, 6
B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 4, 5
D) berilganlarning barchasi sifatlovchi aniqlovchili birikma sanaladi
29. 1. gul tergani kelganmiz
2. o'qish uchun kelganmiz
3. dam olishga kelganmiz
4. ataylab kelganmiz
Berilgan sintaktik birliklarning qaysi birida tobe so'z maqsad ma'nosini ifodalaydi?
A) 1,4
B) 1, 3, 4
C) 2, 3
D) barchasida maqsad ma'nosi ifodalangan.
30. So'z birikmasida tobe bo'lakni hokim bo’lakka bog'lovchi vositalarning qo'shilish o'rni qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) kelishik tobe qismga, egalik qo'shimchasi hokim qismga qo'shiladi, ko'makchi va ohang hech qaysi qismga qo’shilmaydi
B) kelishik hokim qismga, egalik qo'shimchasi tobe qismga qo'shiladi, ko'makchi va ohang hech qaysi qismga qo'shilmaydi
C) kelishik, ko'makchi va ohang tobe qismga, egalik qo'shimchasi esa hokim qismga qo'shiladi
D) kelishik, ko'makchi va ohang hokim qismga, egalik qo'shimchasi esa tobe qismga qo'shiladi
31. So'z birikmasida hokim bo’lak egalik qo'shimchasidagi ot bilan ifodalangan bo'lsa, tobe bo’lak qaysi kelishikdagi ot bilan ifodalanadi?
A) qaratqich, tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi B) chiqish va o'rin-payt kelishigidagi
C) qaratqich va tushum kelishigidagi
D) qaratqich kelishigidagi
32. So'z birikmasida hokim bo’lak belgi bildiruvchi so'zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vazifasini bajarsa, qiyoslanuvchi so'z qaysi kelishik shakli orqali bogianadi?
A) qaratqich, tushum, jo'nalish, chiqish, o'rin-payt kelishigi
B) qaratqich kelishigi
C) chiqish kelishigi
D) tushum va jo'nalish kelishigi
33. Sintaksisda teng aloqa atamasi qanday izohlanadi?
A) so'z birikmasida sintaktik jihatdan boshqa so'zga tobe bo'lmagan munosabat
B) gapda bir xil so'roqqa javob bo'lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bog'lovchi yoki sanash ohangi bilan bog'langan so'zlar o'rtasidagi sintaktik munosabat
C) faqat qo'shma gaplarning teng huquqli qismlari orasidagi sintaktik munosabat
D) teng huquqli gap bo'laklari, qo'shma gapning qismlari orasidagi sintaktik munosabat
34. Biri ikkinchisiga tobe boʻlgan boʻlaklar o'zaro grammatik shakllar yordamisiz bog'lansa, qanday aloqa sanaladi?
A) teng aloqa B) bitishuvli aloqa
C) boshqaruvli aloqa D) moslashuvli aloqa
35. So'z birikmasida egalik qo'shimchasi hokim bo’lak oxiriga qo'shilsa, tobe boʻlak qanday shaklda boiadi?
A) tobe bo'lakdan so'ng ko'makchi keladi
B) tobe bo'lakdan so'ng tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi qo'shimchalaridan biri kelishi mumkin
C) tobe bolak qaratqich kelishigida bo'ladi
D) tobe bo'lak ko'makchi yoki kelishik qo'shimchalarini olgan shaklda bo'ladi
36. So'z birikmasida hokim boʻlak belgi bildiruvchi so'zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vositasini bajarsa, qiyoslanuvchi (tobe) so'z qaysi kelishik orqali boglanadi?
A) qaratqich kelishigi vositasida B) jo'nalish kelishigi vositasida C) tushum kelishigi vositasida D) chiqish kelishigi vositasida
37. Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she'rga solaman. Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to'ti boiib qolaman. She'riy parchada gap boʻlaklari bilan aloqaga kirishmaydigan nechta boʻlak qatnashgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) she'rda bunday bo'lak ishtirok etmagan
38. Qaysi gapda teng bog’lanishli birliklar qo'llangan?
A) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir.
B) Ayol - go'zallik, nafosat va muhabbat timsoli.
C) Sohibqiron ayol qadriga, go'zalligiga ichki bir muhabbat bilan qaragan.
D) barcha gaplarda
39. Tobe so'zning hokim so'z talabi bilan ma’lum shaklga kirishi qanday aloqa turiga xos?
A) tobe aloqaga
B) moslashuvli va boshqaruvli aloqaga
C) boshqaruvli va bitishuvli aloqaga
D) moslashuvli va bitishuvli aloqaga
40. Biz ajdodlar jasoratidan ruhlanib, bebaho madaniy - ma'naviy merosdan kuch olib, g'ayrat-shijoat va sabr-toqat bilan mehnat qilib, ushbu murakkab va sharafli tarixiy jarayonda yangi davlat barpo etish yo’lida o'z qalbimizni, tafakkurimizni, ruhiy dunyomizni namoyon etayotgan xalqmiz.
(I.Karimov) Ushbu gapda qanday gap bo’laklari uyushib kelgan va ularning soni nechta?
A) 2 ta kesim, 5 ta to'ldiruvchi, 2 ta hol
B) 3 ta kesim, 5 ta to'ldiruvchi, 2 ta aniqlovchi
C) 3 ta kesim, 3 ta to'ldiruvchi, 2 ta aniqlovchi, 2 ta hol
D) 2 ta kesim, 5 ta to'ldiruvchi, 3 ta aniqlovchi, 2 ta hol
41. Qaysi qatorda bitishuvli so'z birikmasi keltirilgan?
A) birdan yangramoq B) kitob muqovasi
C) kino ko'rmoq D) mehnat qilmoq
42. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. (A.Oripov) Ushbu ergash gapning qanday ma'no ifodalayotganini aniqlang.
A) sabab ma'nosi B) shart ma'nosi
C) maqsad ma'nosi D) qiyoslash-chog'ishtiruv ma'nosi
Do'stlaringiz bilan baham: |