1. Multimediyali kartografik asarlarni yaratilishi Kartografiya sohasi



Download 1,02 Mb.
bet4/7
Sana28.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#715239
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
K.D.M2 (1)

5.Mavzuli xaritalarning maqsadi
Mavzuli kartalar u yoki bu uyg’unlikdagi tabiiy va ijtimoiy voqeiliklarni o’zida aks ettirib, ular bo’yicha xal etiladigan masalalar, tasvirlanayotgan ob’ektlar va voqelikning aloqalari va o’ziga xosliklari, kartaning vazifasi va mavzusi bu kartalarni yaratilishiga sabab bo’ladi. Mavzu - bu kartlarning nomlanishida turli xil darajada to’liqlik ifodasini topadi.
Mavzuli kartalarning o’ziga xosliklari ularning ma’lumki aniq mavzu bilan belgilanishi hisoblanadi. Asosiydan tashqari har qanday mavzuli kartaning mavzuli tarkibiy qismi ma’lum hajmda unda joylashgan ob’ektlar bilan o’sha real yuzasini ifodalovchi umumgeografik majmuaning elementlariga tasvirlash beradi.
Mavzuli kartalar nafaqat Erning yuza qismi uchun yaratiladi, balki boshqa fazoviy jismlarning yuza qismlari uchun, shuningdek alohida yirik
geografik ob’ektlar bo’yicha, alohida hudular uchun ham yaratiladi. Ular alohida kartalar ko’rinishida yoki ularning majmualari (guruxlari), seriyasi, mavzuli va majmuaviy atlaslar ko’rinishida nashr qinlinadi.
Mavzuli kartalarning asosiy vazifasi xalq xo’jaligi va ilmiy vazifalarni xal qilish uchun, shuningdek o’rab turgan dunyoni umumiy maqsadlarda bilish uchun iste’molchilarni tabiiy muxit va ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlar va voqeiliklar haqidagi kenglik-maxalliy mavzuli axborot bilan ta’minlash hisoblanadi. Mavzuli kartalarda muvofiq keluvchi ilm-fan orqali erishilgan ob’ektlar va voqeiliklar haqidagi bilimning zamonaviy darajasi o’z aksini topishi kerak. Mavzuli kartalarning tarkibiy qismlarning to’likligi va batavsilligi kartaning masshtabi va vazifasiga muvofiq kelishi shart.
Mavzuli kartalar ilm-fan va ishlab chiqarishning ko’p tarmoqlarida keng foydalaniladi. Mavzuli kartografiyani rivojlanib ketishiga ko’plab tarmoq maslalarini xal etishni qulay sharoitini ta’minlashga harakat qilishi va shu bilan bog’liq ravishda yangi ibora-tarmoq uchun mavzuli karta iborasini paydo bo’lishiga imkon yaratadi.

Mavzuli kartalarning mavjud xilma-xilligida ularni loyihalashtirishni bajarish sharoiti tizimlashtirish va bu kartlarning turlarini aniqlash hisoblanadi. Shuningdek umumiy ko’rinishda tasvirlangan mavzuli va umumgeografik kartalarning o’zaro aloqalarini ham hisobga olish zarur.
Bunday tizimlashtirishni o’tkazishi mavzuli kartlarning ikkilamchi ekanligini odinlashtirish, majmuaviy kartalarni yaratish va foydalanishning turli xil aspektlarini aniqlashtirish imkoniyatini beradi.
Mavzu kartlarni:
tarkibiy qismlari (mavzusi) bo’yicha;
kartografik tasvirlash usullari bo’yicha;
vazifasi bo’yicha;masshtabli va hududiy qamrovchi bo’yicha tasniflash mumkin.

1.5-rasm. Mavzuli xarita fragmenti (Tuproq xaritasi misolida)


Bo’linishning mazkur sxemasida umumiy (majmualar, integratsiya, tipologiya, rayonlashtirish va shu kabilar) va xususiy yoki tarmoq kartalariga bo’linadi. Kartografik tasvirlash usullari bo’yicha mavzuli kartlarning: izoliniyalari, kartogrammalar, nuqtali va boshqalar, kartasi tuzilayotgan ob’ektlarning interpretatsiyasi bo’yicha, masalan dala kartasiga bo’linishi ma’lum. O’rnatilayotgan hodisaning turli tomonlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar doirasini kengaytirish bilan kartalarning tuzilishini o’zaro aloqasi, dinamikasi, hududiy differentsiyasini farqlay boshlaydi.
Tarkibiy qismlari bo’yicha mavzuli kartlarning tavsifi shu belgisi bo’yicha kartalarning umumiy tasnifiga ko’ra amalga oshiriladi. Resurslarning va baxalovchi mavzuli kartalarni, rejalashtirish bashorat qilish uchun kartalarni va boshqa maqsaddagi kartalarni paydo bo’lishini tasdiqlab o’tamiz. Masshtabi va hududiy qamrovchi bo’yicha mavzuli kartlarni tasniflashda ularga geografik kartlarni tasniflashning umumiy tamoyillari qo’llaniladi. Kartografik ob’ektlarni tasniflashni aks ettiruvchi kartalar, jumladan, u yoki bu belgilar bo’yicha hududni rayonlashtirish tipologik kartalar deb nomlanadi. Kartalarni tasniflash bilan birga ularning turlari o’rnatilib, ular turli xil belgilari bo’yicha aniqlanadi.
Tadqiq qilish usullari bo’yicha tavsiflarni tasvirlash analitik sintetik, shuningdek majmuaviy kartalarga ajratiladi. Mavzuning kengligi bo’yicha (umumiy va tor mavzu), uning tarkibi bo’yicha (bitta mavzuga ega syujeti), kartografik tasvirlashning murakkabligi bo’yicha (elementlar, majmuaviy) ajratiladigan karta turlari xam farqlanadi; bunda tasvirlanayotgan ob’ektlarni majmualashtirish tamoyillari o’rnatiladi. Yangi turdagi kartalarga majmuaviy tabiiy-ijtimoiy kartalar, ularning xilma-xillari (tabiatni muxofaza qilishni, tabiiy sharoitlarini baxolash va boshqa kartlar) misol bo’ladi.
Kartalarning kamchiliklari (nuqsonlari)
Kartalarning foydalilik jixatidan tashqari unga nisbatan qator chegaralar mavjud. Kartalardan foydalanuvchilarning aksariyati ushbu cheklovlar haqida bilmaydilar (nashr qilingan kartalarning kamchiliklari haqida izoxlar deyarli kam berilgan). Muammo shunday yakunlanadiki, ko’pchilik kartadan foydalanuvchilar kartani rasmda qanday bo’lsa, shu tasvirni namoyish qiladi deb o’ylashadi. Past uchuvchi samolyotlardan olingan rasmda ko’z ko’rishi mumkin bo’lgan ob’ektlarni ko’rish mumkin (uylar, ko’chalar, avtomobillar, uy xayvonlari va kir quritish jixozlari). 1.6
rasmda Long-Bich portini va undagi kemalarning izlarini ko’rish mumkin.
Kartalar rasm hisoblanmaydi. Bu albatta to’g’ri fikr, lekin ularni bir- birlaridan farqlash muhim ahamiyatga ega. Rasmlar o’zining razresheniyasidan kelib chiqib tanlangan bo’lmaydi, ya’ni rasmga tabiatning qaysi bo’lagi olinsa, xuddi shu tasvirning o’zini ko’ramiz, ularda ob’ektlarning o’lchami mavjud bo’ladi. Bu esa, samolyot yoki erning sun’iy yo’ldoshlarning imkoniyatiga va ulardagi rasmga olish uskunalariga bog’liq bo’ladi. Kartalar esa tabiatning bir yoki butun qismini umumlashtirib, grafik vositalarda, shartli belgilarda tasvirlaydi. Kartalar mavjud barcha ma’lumotlarni xam tasvirlamaydi. Chunki kartalar o’zining mavzusiga oid bo’lgan ma’lumotlarni tasvirlashga xizmat qiladi. Kartada obe’ktlarni tasvirlash uchun shartli belgilardan foydalaniladi. 1.6- rasmda tasvirlangan maydon 1.7-rasmda ham tasvirlangan. Kartalar hayot uchun eng zarur bo’lgan omillarni aloxida tasvirrlash uchun xizmat qiladi. Yetishmaydigan bir qancha omillarni boshqa manbaalardan ma’lumot berilgan bo’lishi mumkin, lekin ular kartografik tavirlash usullarida tasvirlanmagan bo’lsa, bunday kartografik ma’lumotlarni zqishning iloji yo’q. Masalan, joyning aniq tavsilotini olish, ya’ni joy haqidagi siqat va miqdor ko’rsatkichlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish.
Oxirgi 30 yil ichida aloxida qiqziqish bildirilib, kartografiya faniga aloxida bob qilinib o’rganilayotgan generalizatsiya jarayoni xam yuqoridagi fikrlarni yoritishda ilmiy ahamiyatga ega. Kartograflar, karta nashr qiluvchi agenstvalar yoki mijozning talabi qondirish bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog’liq.
Barcha kartalar qaysi darajada ob’ektlarning tasvirlanishida kamchiliklar mavjud. Bundan kelib chiqib, barcha kartalar noto’g’ri yoki noaniq tuzilgan deb hisoblanmaydi. Generalizatsiya jarayoni 5 bobda batavsil yoritiladi.
Karta xalq xo‘jaligini rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni lorihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to‘g‘ri taqsimlashda va hududlarni har taraflama rivojlantirishda fordalaniladigan asosir manbalardan biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o‘quvchilarga geografira va tarix fanlarini o‘rganishda asosir ko‘rgazmali bilim manbaridir. Kartaning legendasi aniq, mantiqli hamda qisqa bo‘lishi zarur.

1.6-rasm. Kosmik surat

rasm. Generalizasiya qilingan va shartli belgilar bila jihozlangan xarita. 1.6-rasmda tasvirlangan hududning topografik
xaritasi
Ikkinchi cheklanish bu masshta hisobiga vujudga keladi. Odatda, masshtab ta’sirida selektiv hisoblanadi. Real voqeilikni masshtabga solish jarayonida, bir qancha elementlari yo’qotiladi. Qanchalik voqea va hodisalarni tasvirlash kichraytirilsa, shunchalik ma’lumotlar generalizatsiya qilinadi (umumlashtiriladi).
Uchinchi omil bu aniq omillardan chegaralanish, ya’ni Yer sferik ko’rinishda bo’lsa, karta tekislikda tasvirlanadi. Bu sferik ko’rinishga ega bo’lgan Yerni shunchaki tekislikda kartada tasvirlab bo’lmaydi. Bunga esa albatta proeksiya tushunchasi orqali maqsadga erishamiz. Har qanday karta yoki ularning majmualarini yaratishda, kartalarda turli xil masalalrni echishda samarali yechimlarni ta’minlovchi kartografik proeksiyalarni tanlash va aniqlash muxim ahamiyatga ega. Kartografik proeksiyalarni tanlash ko’pgina omillarga bog’liq. Ularni 3 ta guruxga ajratamiz:
Birinchi guruxga kartalashtirish ob’ektini tavsiflovchi omillar kiradi. Bu kartalashtirilayotgan viloyat hududi bilan qo’shilishini tasvirlash darajasi va ahamiyatlilik shakli (konfiguratsiya), tasvirlanayotgan hududning geografik holati, uning xajmidir.
Ikkinchi gurux yaratilayotgan xaritani tavsiflovchi omillarni, undan foydalanish usullari va shartlarini o’z ichiga oladi. Bu guruxga kartaning vazifasi va ixtisosligi, masshtabi va mazmuni bo’yicha yechiladigan masalalar (kartometrik, navigatsion va boshqalar) va ularni yechishning aniqligi bo’yicha talablar, kartadan foydalanish usullari (stoldagi, devoriy), kartografik ma’lumotlarni tahlil qilish (EHM yordamida yoki EHMsiz), karta bilan ishlash sharoiti (hududning geografik holati, ularning maydoni va shakli), hududning kommunikatsiya va ularning hudud bilan aloqalariga qo’yiladigan talablar va boshqalar.
Uchinchi guruxga olinadigan kartografik proeksiyadan foydalaniladigan omillar kiradi. Bu xatolik, minumum xatolikni ta’minlash sharoiti va uzunlik burchaklar hamda maydonlarni yo’l qo’yilgan maksimal xatolik tavsifi, ularning taqsimlanishi, geodezik chiziqlarni tasvirlash qiyaligi, loksodromiya, boshqa turdagi chiziqlarni tasvirlash holatlari, proeksiyalarning streografikligi (maydonlarni tasvirlash darajasi), kartografik to’rlarda chiziqlarni tasvirlash qiyaligi va ularning ortogonalligiga qo’yiladigan talablar, meridianlar va parallellarning tasvirlari o’rtasidagi to’g’ri burchakdan chetlanishining berilgan qiymatini ta’minlash, ularning teng bo’linganlik tavsifi, qutblarni tasvirlash, o’rta meridian va ekvatorga nisbatan kartografik to’rning simmetrik sharoiti (agr ular chiziqlar bilan tasvirlansa, o’rta meridian va qutblarga nisbatan ekvatorni tasvirlash o’lchamlari), tasvirlashning ko’rib qabul qilish sharoiti, sferik effekti mavjudligi, kartografik tasvirlash uchastkalarining to’siqlari (takrorlanishi) tavsifi va shu kabilardir.
Kartografik proeksiyani tanlash 2 ta bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda proeksiya (yoki ularning xususiyatlari) yig’indisi o’rnatiladi, bundan maqsadga muvofiq tarzda ularni tanlab olish chiqib keladi;
ikkinchi bosqichda aniqlanayotgan proeksiya topiladi.
Yuqorida ko’rsatilgan omillar mazkur vazifani echishga xar xil ta’sir
etadi. Qoidaga ko’ra, birinchi guruhning hamma omillarida qat’iy berilganlar asosida hisoblanishi kerak. Ularni hisoblash avvalo, ularning markaziy nuqtalari, markaziy chiziqlari kam o’zgaradigan masshtab yaqinida bo’lgan proeksiyani tanlashni ko’zda tutadi, bu kartalashtirilayotgan hududning markazida bo’ladi, markaziy chiziqlar esa bu hududning eng ko’p tarqalgan yo’nalishi bo’yicha joylashadi. Shuning uchun ko’plab kartalar uchun:
Hudud ekvator yaqinida va unga nisbatan simmetrik tarzda joylashganda va hudud uzunlik bo’yicha cho’zilganda slindrik proeksiya;
Xuddi shunday hududni, lekin ekvatorga nisbatan simmetrik bo’lmagan hududni tasvirlash uchun yoki o’rta kenglikda joylashagan hudud uchun konussimon proeksiya; Doira qilingan belgilarga ega hudud va qutb viloyatlarini tasvirlash uchun azimutli proeksiya. Shu asnoda, bu guruh omillarini hisobga olish qidirilayotgan proeksiyani maqsadga muvofiq tarzda aniqlanadigan proeksiya (yoki ularning xususiyatlari) yig’indisini oldinadan o’rnatish imkoniyatini beradi. Kartograflar, katta maydonni kartada uning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini batavsil ko’rsata olishlari zarur. Bunda kartaning aniqlik darajasi xam yo’qolmasligini ta’minlab berishlari zarur.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish