1. Multimediali ta’limni amaliyotga joriy tatbiq etish usullari, xususiyatlari Multimediani ta'limda qo‘llashning asosiy afzalliklari



Download 211,53 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2020
Hajmi211,53 Kb.
#39610
  1   2   3
Bog'liq
Matkarimova Zaynab

21 – bilet

1. Multimediali ta’limni amaliyotga joriy tatbiq etish usullari, xususiyatlari

Multimediani ta'limda qo‘llashning asosiy afzalliklari.
Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra (Shephard – Shepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
1. Muqobil istiqbollar
2. Faol ishtirok
3. Tezkor ta'lim olish
4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish
5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari
6. Tizimli ravishda tushuna borish
7. YUqori darajadagi tafakkur
8. Mustaqillik va e'tiborlilik
9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish
10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari

Matn va videoning onlayn usulidagi trening jarayonida birga ishlatilishi. Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib o‘tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra multimedianing ma'lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularning multimediadagi kombinatsiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o‘rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Learning Peaks firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, sotuv bo‘yicha
onlayn usulidagi trening ekrani ko‘rsatilgan. Ushbu misolda ekranning o‘ng
tarafidagi matnda, videoda ko‘rsatilayotgan jarayonga qisqacha sharh berib o‘tilgan.
Multimedianing samaralilik prinsiplariga ko‘ra (Meyer bo‘yicha), ta'limning
muvaffaqiyatliligini oshirish uchun tasvir va sharhlovchi matn bir-biriga yonma-yon
joylashgan bo‘lishi zarur.
Quyidagi Xede va Xede (Hede and Hede) modelida multimedia resurslari
vositasida o‘qitish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar va ularning o‘zaro ta'siri ta'riflangan

Video (matn, rasm, video, animatsiya) Audio (suxandon ovozi, yo‘riqnomalar, replikalar, musiqa)


Diqqat.
Ishchi xotira (ma'lumotlarga ishlov berish) (modal effektlar, ikkilik kodlash, kognitiv qayta yuklash, takrorlash, kognitiv ulanish)
 Davomli xotira (me'yoriy talablarga oid bilimlar, shartli bilimlar, jarayonga oid bilimlar)
O‘qitish.
– doira ichida:
O‘quvchilarni (o‘quv jarayonini) boshqarish (vazifa uchun vaqt, o‘zaro
faollik, navigatsiya)
Motivatsiya (tashqi, ichki).
O‘qitish stili (yo’zaki/chuqur, tashqi omillarga bog‘liq/tashqi omillarga bog‘liq emas, faol/sust, vizual/verbal, “Kolb”ning 4 stili).
Kognitiv jalb etish.
Salohiyat (umumiy, spetsifik)
Refleksiya.
Ushbu model ishlab chiqaruvchilarga qaysi omillar multimedianing ta'lim
jarayoni uchun u yoki bu darajada samarali bo‘lishini hisobga olishda yordam beradi.
Layo (Liao)ning meta-tahlili multimedia resurslarisiz o‘qitish natijalarining
to‘laqonli bo‘lmasligi va ushbu nomukammallik modelning ko‘pgina omillari
bo‘yicha yo’z berishi mumkinligini ko‘rsatdi. Multimedia resurslarining
samaraliligiga Xede va Xede modelida keltirilgan omillardan har qaysisining
ta'sir etishi mumkinligi bois, Layoning xulosalari umumiy pedagogik dizaynning qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda. Ta'kidlash mumkinki, multimedia resurslari ta'lim jarayoniga juda ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, lekin ushbu resurslarni yaratishga e'tibor bilan yondashish zarur.
Ta'lim jarayonida multimedia qanday ishlaydi?
Samarali ishlab chiqilgan ta'lim muhiti (shu jumladan, multimediali
ta'lim muhiti) quyidagi 4 ta elementni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Axborotlarni aks ettirish.
2. Ishni nimadan boshlash va qanday davom ettirish bo‘yicha qo‘llanma.
3. Tushunish va xotirada saqlab qolish uchun mashqlar.
4. O‘tilganlarni takrorlash yoki keyingi bosqich (qadam)ga o‘tish zarurligini aniqlash uchun o‘zini baholash.

Ushbu to‘rtta element elektron o‘quv resurslaridan foydalangan holdagi


ta'limda yoki an'anaviy ta'lim turlari bilan bo‘lgan kombinatsiyalarda
ishlatilishi mumkin. Elementlarning barchasini multimediasiz ishlatish
mumkinligiga qaramasdan, multimediada ushbu elementlardan foydalanish
ularni yanada samaraliroq va muhimroq qiladi.
Meyerning tadqiqotlaridan ma'lumotlarni keltirishdan maqsad, agar
quyidagi prinsiplarga rioya qilinsa, axborotlarni xotirada saqlab qolishga va
o’zatishga multimedia qanday ta'sir etishini ko‘rsatishdir. Ushbu prinsiplar o‘z
avvalini ishchi xotiraning chegaralanganligi haqidagi fikrlar va o’zoq muddatli
xotirada kodlash prinsiplari to‘g‘risidagi ilm-fan tasavvurlaridan boshlagan.

        Tamoyil

                                    Tavsifi

Multimedia

Matn va grafikadan foydalangan holdagi ta'lim faqatgina matndan foydalangan holdagi ta'limdan yaxshiroq.

Fazoviy bog’liqlik

Matn va grafikadan foydalangan holda olib borilayotgan
ta'limda grafikaning va izohlovchi matnning yonma-yon
joylashtirilishi maqbul.

Vaqt bo’yicha bog’liqlik

Matn va grafikadan foydalangan holda olib borilayotgan
ta'limda grafika va izohlovchi matnning ekranda biridan so‘ng biri emas, balki bir vaqtning o‘zida aks ettirilishi yaxshiroq.

Mantiqiylik

Ta'lim jarayonida matn, grafika yoki ovozlarning haddan
ziyod ortiq bo‘lmaganligi ma'qul.

Modallik

Ta'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning matn bilan
izohlanishidan ko‘ra suxandon ovozi bilan sharhlanishi
yaxshiroqdir

Haddan ziyod ortiqlilik

Ta'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning matn bilan
izohlanishidan ko‘ra suxandon ovozi bilan sharhlanishi
yaxshiroqdirTa'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning ham
suxandon ovozi, ham matn bilan izohlanishidan ko‘ra
faqat suxandon ovozi bilan sharhlanishi yaxshiroq.

Hususiy farqlari

Ushbu tamoyillarning samarasi o‘quvchilarga yuqori darajadagi bilimlarni berishdan ko‘ra boshlang‘ich bilimlarni berishda hamda hududiy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan hudud o‘quvchilaridan ko‘ra bir-biridan juda ham olisda joylashgan o‘quvchilarni o‘qitishda sezilarli darajada namoyon bo‘ladi.

1-jadval: Meyer bo‘yicha multimedianing samaraliligi tamoyillari.
Multimedia dasturlari orqali o‘qitish o‘quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko‘lamda tizimga keltirishga ko‘maklashadi, ta'lim oluvchilarga ta'limning to‘liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o‘tish imkonini beradi.
Ta'lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni o’zatish
uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma'lum
ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‘zgacha
o‘rin olgan yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining
vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogika fani tajribalari va amaliyotining shaxsga yo‘naltirilgan
ta'lim modeliga diqqati ko‘p jihatdan ilmiy qarashlari markazida insonga urg‘u
beriluvchi falsafiy qarashlar taraqqiyoti bilan bog‘langan. Shaxsga yo‘naltirilgan
ta'lim shunday ta'limki, u:
• Ta'lim oluvchiga yo‘naltirilgan va unga ta'lim jarayonining eng asosiy
qadriyati sifatida e'tibor qaratilgan;
• Ta'lim oluvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilishga va
shakllantirishga, tafakkurini  rivojlantirishga, uning ijodkor, faol va tashabbuskor shaxs sifatida yetilishiga, o‘rganishga bo‘lgan va ma'naviy ehtiyojlarini qoniqtirishga; ularning zehnini, kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi;
• yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchanlik, yangi ixtisos olishga va bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga qobiliyatli mutaxassislarga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan.
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat
yaratadi:
• ta'limning gumanizatsiyalashuvini ta'minlash;
• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish
(o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash,
o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari,
olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga
bo‘lgan munosabati);
• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub'yekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi;
• ta'lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi.
Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar
bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan
jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan
laboratoriya amaliyotlari kiradi.
Ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta'lim texnologiyasi hisoblanadi.
Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta'lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma'lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta'lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda
takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy
emotsional darajani ta'minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta'lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan
foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta'minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli
(instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko‘ra keng
ko‘lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda
nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan
foydalanish; axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish)
darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish
imkoniyatini yaratadi.
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari.
Ta'limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.
Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta'lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin.
Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma'lumotlar, turli
havola (ssыlka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin.
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an'anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab. Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta'lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta'lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi. Dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda
vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta'lim vositalaridan samarali
foydalanishni ta'minlash uchun dasturiy ta'minot va texnika vositalari talab
darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta'lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi. Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar. Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta  hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma'lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi.

2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlashni tushuntirish

Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT’dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi.

Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir.

Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz.

Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.

АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.

1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.

Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.

Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.

«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.

Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.

Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.

Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.

Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi.

Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.

Boshlang‘ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko‘nikma va malakalar to‘plami ko‘rinishida qaraladi. Kompyuterni o‘qishda yordamchisi, ijodkorlik, o‘zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o‘quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo‘ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o‘quvchini SHK’da axborot bilan amaliy ishlashga o‘rgatishi kerak. Boshlang‘ich maktabda kompyuterni o‘zlashtirib o‘quvchilar undan o‘z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo‘llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o‘quv o‘yinlarini tashkil qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta’lim natijasida o‘quvchilar o‘quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o‘zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija, yo‘l ko‘rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar.

Shunday qilib, ushbu kursni boshlang‘ich maktabda o‘rganish o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o‘qituvchiga ta’limni erkin boshqarish va o‘quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo‘llash imkonini beradi.

Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o‘quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o‘quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKT’dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish va shu kabilardan iborat bo‘ladi.

3. Grafik redaktor tushunchasi.

Grafik redaktor - kompyuterda raqamli tasvirlarni (chizmalar, rasmlar, fotosuratlar) yaratish, ko'rish, qayta ishlash va tahrirlash imkonini beradigan dastur (yoki dasturiy ta'minot to'plami).

Grafik redaktor turlari:

Raster grafik redaktorlari. Eng mashhur: Adobe Photoshop va bepul GIMP, Krita, Photofiltre, Paint.NET va Canva.

Vektorli grafik redaktorlari. Eng ommabop: Adobe Illustrator, Corel Draw, bepul Inkscape va Figma shariflari.

Gibrid grafik redaktorlari. Eng mashhur: RasterDesk (AutoCAD uchun) va Spotlight. Adobe Photoshop-da vektor grafikasi bilan ishlash uchun bir qator funktsiyalar mavjud, Adobe Illustrator va Corel Draw rastrli grafikalar bilan ishlash uchun ba'zi funktsiyalarga ega.



4. Fayllarni axrivlash va arxiv fayllarni ochish

Yuqori texnologiyalarning bu asrida, World Wide Web foydalanuvchilari kundan kunga tobora ko'payib bormoqda. Ularning aksariyati ilgari foydalanuvchilar bo'lib, ba'zilari esa Internetni cheksiz imkoniyatlar bilan tanishga kirishmoqda. Tarmoqda muntazam turish turli fayllar bilan ishlashni o'z ichiga oladi. Fayllar bilan ishlashning asosiy vositalaridan biri ularning arxividir. Maqolada sizga zip fayllarini qanday arxivlash mumkinligi va faylni kichik o'lchamdagi siqishni haqida ma'lumot beriladi.

Arxivlash nima?

Fayllarni arxivlash - fayllarning boshlang'ich o'lchamlari kichikroq hajmlarga siqilganligi, fayllarning sifati va ulardagi ma'lumotlar buzilmasligi yoki o'zgartirilmaganligi. Masalan, 1.5 MB hajmdagi matnli fayl (masalan, kitob) mavjud bo'lsa, maxsus arxiv dasturidan foydalansangiz, bu jildni 150 KB ga osongina siqib qo'yishingiz mumkin. Foydalar aniq: Arxivlangan fayl juda kam joy egallaydi (bu holatda 7 marta) va uni bitta faylda ham yuborish mumkin.

Arxivlashni shuningdek, fayllarni bitta elementga (papka yoki ma'lumotlar bazasiga) ulash va to'plash mumkin. Keling, bir misol keltiraylik: sizning do'stingizga juda ko'p miqdorda fotosuratlar jo'natishingiz kerak. Agar ularni yuborsangiz elektron pochta, unda har bir fotosuratni alohida qo'shishingiz kerak. Ushbu jarayon juda ko'p vaqt talab qiladi, chunki har bir tasvirni yuklash faqat avvalgi yuklamadan so'ng boshlanadi. Barcha fotosuratlarni bitta papkaga yuborish juda oson bo'ladi va barcha fayllarni bitta elementga to'playdigan arxiv dasturlari.

Nima uchun ishlatiladi?

Arxivlarni ishlatishning asosiy sababi (fayllarni kompresslaydigan yoki paketlarni to'playdigan dasturlar) fayllarni, qattiq disk maydonini yuborishda vaqtni tejash emas, balki ma'lumotlarni saqlashda ham qulaydir. Avzallik shundaki, arxivlangan ob'ektlar sizning fayllaringizni bir papkada saqlashga imkon beradi, original elementlar esa kompyuterning xotirasidan xavfsiz tarzda olib qo'yilishi mumkin, chunki kerakli paytda siz faqat ochishingiz mumkin arxiv papkasida  va fayllardan foydalaning. Shunday qilib, katta hajmdagi qattiq diskni saqlashingiz mumkin, asosiysi zip faylini qanday arxivlashni bilishdir.

Arxivatorlarga umumiy nuqtai

Eng mashhur dastur - bu WinRar operatsion tizimlar Windows va siqishni tezligiga nisbati jihatidan juda samarali hisoblanadi. Fayllarni rar yoki zip formatida saqlaydi. Ushbu dasturning afzalligi arxivlangan papkaga elektron imzo ko'rinishidagi qo'shimcha himoyaning mavjudligi, biroq u erda kamchiliklar mavjud: WinRar pulli dasturdir. Quyida file zip formatida arxivlashning samarali usuli hisoblanadi.

7-Zip deb nomlangan yana bir xil qulay va qulay arxivchi mavjud. Birinchi dasturdan farqli o'laroq, bu bepul, rasmiy saytdan yuklab olish mumkin. 7-Zip, kompyuter bilan do'st bo'lmaganlar uchun juda oddiy vosita.



Bir-biridan arxivlar o'rtasidagi farq nima?

Fayllarni arxivlash uchun turli xil dasturlar mavjud. Ularning har birida moslamalarni siqish va saqlashning o'ziga xos usullari mavjud. Shuning uchun ularning samaradorligi o'zgarishi mumkin, chunki bitta arxiv faylni 5 marta, ikkinchisi esa 10 ga siqib qo'yishi mumkin. Yana bir farq - kerakli faylni arxivchi tomonidan o'zgartiriladigan format. Har bir dasturda ham o'z dizayni bor, shuning uchun bitta dastur yordamida arxivga element qo'shganda, boshqa arxiv dasturining belgisidan farqli bo'lgan belgini ko'rasiz.

Faylni zip formatida qanday arxivlash mumkin?



Avvalo, sizning kompyuteringizda qanday arxiv dasturi o'rnatilganligini aniqlashtirish kerak. Buning uchun bosing o'ng tugmasini bosing  har qanday faylga va ochiladigan amallar ro'yxatiga bosib, arxivga qo'shish uchun funktsiyani toping. Agar "Qo'shish uchun qo'sh" funksiyasi kontekst menyusida mavjud bo'lsa, bu WinRar o'rnatilgan bo'lsa.

Keyingi qadam arxivlash uchun bir yoki bir nechta faylni tanlashdir. Buning uchun sichqonchaning barcha elementlarini tanlang va Windows kontekst menyusini ochish uchun sichqonchaning o'ng tugmasini bosing. Menyuning ro'yxatida "Arxivga qo'shish" bandini toping va ustiga bosing. Ushbu tadbir WinRar arxiv dasturini ochishi kerak. Zaxira menyusida kerakli faylni siqish darajasini belgilashingiz mumkin bo'lgan parametrlarni tanlashingiz kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, "maksimal siqishni" usuli odatdagi yoki tezkor usullardan ko'ra biroz ko'proq vaqtni oladi.



Siqish parametrlarini o'rnatgandan so'ng, siz papkaga nom berishingiz va kelajakdagi arxivlangan fayllarning joylashgan manzilini ko'rsatishingiz kerak bo'lgan oynaga o'tishingiz mumkin. Keyin arxiv jarayonini "OK" menyusi yordamida amalga oshirishingiz kerak. Arxivlangan ob'ektlar ko'rsatilgan joylarda paydo bo'ladi: papka yoki oddiygina siqilgan fayl.


Arxivlangan zip fayli qanday ochiladi? Juda oddiy: siz chap-tugmani bosish orqali papka-arxivni tanlashingiz kerak, so'ngra sichqonchaning o'ng tugmachasini bosish orqali arxiv dasturining ishlarini ko'rib chiqishingiz kerak. Kichik oynalar ma'lumotlar bilan birga ko'rinadi, siz aytiladigan faylni qaerda saqlamoqchi bo'lsangiz, "joriy papkaga ko'chirib olish" yoki "olib tashlash uchun ..." ni tanlashingiz kerak.


Download 211,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish