1. Mulohaza va uning qiymati



Download 57,04 Kb.
bet3/3
Sana01.09.2021
Hajmi57,04 Kb.
#161657
1   2   3
Kon‘yunksiya.

Tа’rif. A va B mulohazalarning ikkalasi rost bo`lganda rost bo`ladigan hamda “va” bog`lovchisi bilan bog`lanuvchi mulohazalar va B mulohazalarning kon‘yunksiyasi deb ataladi, A B hamda 
A  B ko`rinishlarda belgilanadi (Kon’yunksiya – bog‘layapman degan ma’noni anglatadi).

Bu yerdagi A va B mulohazalar mos ravishda 


A B kon‘yunksiyaning birinchi va ikkinchi hadlari, “ ” va “ ” belgilar esa kon‘yunksiya amali belgisi deyiladi. A B, A B yozuvlar “va B” deb o‘qiladi. Kon‘yunksiya uchun rostlik jadvali quyidagicha bo`ladi:

A

B

A B

R (1)

R (1)

R (1)

R (1)

Yo (0)

Yo (0)

Yo (0)

R (1)

Yo (0)

Yo (0)

Yo (0)

Yo (0)


MasalanA: “Toshkent – O`zbekistonning poytaxti”, B: “Termez shahri Farg`ona vodiysida joylashgan”, C: “Biz mustaqil yurt farzandlarimiz” degan uchta mulohazani qaraylik. Ta’rifga ko`ra, ravshanki,  B mulohaza yolg`on (chunki A – rost, B – yolg`on),  C – rost (chunki A – rost, C – rost),  C – yolg`on (chunki B – yolg`on, – rost).

 

Diz’yunksiya.

 

Tа’rif. A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo`lganda rost bo`ladigan hamda “yoki” bog`lovchisi bilan bog`lanuvchi mulohazalar va B mulohazalarning diz’yunksiyasi deb ataladi,   ko`rinishda belgilanadi.

Bu yerdagi   yozuv “A yoki B” deb o`qiladi, “ ” belgi diz’yunksiya belgisi deyiladi. va B lar   diz’yunksiyaning mos ravishda birinchi va ikkinchi hadlari deb ataladi. (Diz’yunksiya so‘zi – farqlayapman degan ma’noni anglatadi.)

Diz’yunksiyaning rostlik jadvali quyidagicha bo`ladi:

 


A

B



R(1)

R(1)

R(1)

R(1)

Yo(0)

R(1)

Yo(0)

R(1)

R(1)

Yo(0)

Yo(0)

Yo(0)



3. 1. Nomanfiy butun sonlar ayirmasi, uning mavjudligi va yagonaligi.

8 -ta’rif. Butun nomanfiy a va b sonlarning ayirmasi deb, n(A) = a, n(B) = b va BA shartlar bajarilganda, B to’plamni A to’plamgacha to’ldiruvchi to’plam elementlari soniga aytiladi(II.l-rasm).

a - b = n( ), bu yerda a = n(A),b = n(B), BA.

Miso1. Berilgan ta’rifdan foydalanib, 7-4 = 3 bo’lishini tushuntiramiz. 7 — biror A to’plamning elementlari soni, 4 — shu A to’plamning qism to’plami bo’lganB to’plamning elementlari soni bo’lsin. Masalan: A = {x; y; z; t; p; r,s}, B = {x; y; z; t} to’plamlarni olaylik. B to’plamning A to’plamgacha to’ldiruvchisini topamiz: ( ) = {p; r; s}, n( ) = 3. Demak, 7-4 = 3 bo’lar ekan. a - b ayirma n(A) = a, n(B) = b va BA shartlarni qanoatlantiruvchi A va B to’plamlarning tanlanishiga bog’liq emas.

a = n(A), b = n(B) va BAbo’ladigan butun nomanfiy a va b sonlar berilgan bo’lsin va bu sonlarning ayirmasi B to’plamning A to’plamgacha toidiruvchisidagi elementlar soni bo’lsin, ya’ni a - b = n( ).

Eyler doiralarida A, B, A\B to’plamlar rasmda ko’rsatilganidek tasvirlanadi. A = B ekani ma’lum, bundan n(A)=n(B). B∩ = 0 bo’lgani uchun biz a = n(A)= n(B)= n(B) +n( ) = b + (b-a) ga ega bo’lamiz. Bu esa ayirmaga boshqacha ta’rif berish imkonini beradi.

9-ta’rif. Butun nomanfiy a va b sonlarning ayirmasi deb shunday butun nomanfiy c songa aytiladiki, uning b son bilan yig’indisi a songa teng bo’ladi: a-b = ca = b + c.

Shunday qilib, a - b = c yozuvda a — kamayuvchi, b — ayriluvchi, c — ayirma deb ataladi.

2.Nomanfiy butun sonlar ayirmasining mavjudligi va yagonaligi.

Ayirish amali qo’shishga teskari amaldir. Ayirmaning ikkinchi ta’rifidan kelib chiqib, quyidagi teoremalarni isbotlaymiz:

1-teorema. Butun nomanfiy a va b sonlarning ayirmasi ba bo’lganda va faqat shunda mavjud bo’ladi.

Isbot. Agar a - bbo’lsa, u holda a - b = 0 bo’ladi va, demak, a - b ayirma mavjud bo’ladi.

Agar b < abo’lsa, u holda «kichik» munosabati ta’rifiga ko’ra shunday natural son mavjud bo’ladiki, bunda a = b + cbo’ladi. U holda ayirmaning ta’rifiga ko’ra c = a - b, ya’ni a - b ayirma mavjud bo’ladi. Agar a - b ayirma mavjud bo’lsa, u holda ayirmaning ta’rifiga ko’ra shunday butun nomanfiy c son topiladiki, a = b + cbo’ladi. Agar c = 0 bo’lsa, u holda a = bbo’ladi; agar c > 0 bo’lsa, u holda «kichik» munosabatining ta’rifiga ko’ra b < a bo’ladi. Demak, ba.

2-teorema. Agar butun nomanfiy a va b sonlarining ayirmasi mavjud bo’lsa, u holda u yagonadir.

Isbot.a-b ayirmaning ikkita qiymati mavjud bo’lsin deb faraz qilaylik: a - b = c1 va a - b = c2 U holda ayirmaning ta’rifiga ko’ra a = b + c1 va a = b + c2 ga ega bo’lamiz. Bundan b + c1 = b + c2 va, demak c1 = c2 ekani kelib chiqadi.

3. Yig’indidan sonni va sondan yig’indini ayirish qoidalarining to’plamlar nazariyasi bo’yicha ma’nosi. Yig’indidan sonni ayirish qoidasi: yig’indidan sonni ayirish uchun yig’indidagi qo’shiluvchilarning biridan shu sonni ayirish va hosil bo’lgan natijaga ikkinchi qo’shiluvchini qo’shish yetarli. Bu qoidani simvollardan foydalanib yozamiz.

Agar, a, b, c — butun nomanfiy sonlar bo’lsa, u holda:

  1. a>c bo’lganda (a + b) - c = (a - c) + b bo’ladi;

  2. b> c bo’lganda (a + b) - c = a + (b - c) bo’ladi;

d) a>c va b>c bo’lganda yuqoridagi formulalarning ixtiyoriy bittasidan foydalanish mumkin.

ac bo’lsin, u holda a - c ayirma mavjud bo’ladi. Uni p orqali belgilaymiz: a - c = p. Bundan a = p + c chiqadi. p + c yigindini (a + b) - c ifodadagi a ning o’rniga qo’yamiz va uni shakl almashtiramiz:

(a + b)-c=(p + c + b)-c = p + b + c- c = p + b.
Biroq p harfi orqali a - c ayirma belgilangan edi, demak,isbotlanishi talab etilgan (a + b) - c = (a - c) + b ifodaga ega bo’lamiz.

Sondan yigindini ayirish qoidasi: sondan sonlar yig’indisini ayirish uchun bu sondan qo’shiluvchilarning birini, ketidan ikkinchisini ketma-ket ayirish yetarli, ya’ni agar a, c, b — butun nomanfiy sonlar bo’lsa, u holda a> b + c bo’lganda a - (b +c) = (a - b) - c ga ega bo’lamiz.

Bu qoidaning asoslanishi va uning nazariy-to’plam tasviri yigindidan sonni ayirish qoidasi uchun bajarilgani kabi bajariladi.

Keltirilgan qoidalar boshlangich maktabda aniq misollarda qaraladi, asoslash uchun ko’rgazmali chizmalar, tasvirlar namoyish etiladi.

Bu qoidalar hisoblashlarni ixcham bajarish imkonini beradi. Masalan, sondan yig’indini ayirish qoidasi sonni bo’laklab ayirish usuliga asos bo’ladi: 5-2 = 5- (1 + 1) = (5-1)-1=4-1= 3.


Download 57,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish