1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari



Download 57,84 Kb.
bet18/18
Sana20.09.2021
Hajmi57,84 Kb.
#180397
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
MULKChILIK MUNOSABATLARI 2 - копия

Каталог: 967631
967631 -> O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi
967631 -> Moliya va kredit
967631 -> Davlat budjeti
967631 -> O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyaSI
967631 -> O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasidavlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi
967631 -> Soliq akademiyasi
967631 -> Солиқ академияси

Mamlakatimizda iqtisodiy, mulkiy munosabatlarning xalqaro mezonlarga mos qonunchilik bazasi yaratilayotgani sohadagi huquqiy islohotlar izchilligini ta’minlamoqda. 2014-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kirishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasining “Garov reyestri to‘g‘risida”gi qonuni mulkchilik munosabatlarining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish borasidagi muhim hujjatlardan biri bo‘ldi.

Qarz, kredit kabi iqtisodiy munosabatlarda keng qo‘llaniladigan garov reyestrini yuritish kreditorlarning majburiyatlari bajarilishini ta’minlashdagi muhim jarayon hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2013-yil 22-avgustda ma’qullangan “Garov reyestri to‘g‘risida”gi qonunda ushbu munosabatlarni amalga oshirishni tartibga solish me’yorlari belgilab berilgan.

Qonunning 3-moddasida qayd etilganidek, garov reyestri qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib qo‘ygan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risidagi, shuningdek, qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qo‘yilgan cheklov hamda qarzdor o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta’minlashi bilan bog‘liq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning yagona axborot bazasidir. Yangi qonunda ana shu munosabatlar jarayonini tartibga solishning huquqiy asoslari yanada mustahkamlangan.

– O‘zbekiston Respublikasining “Garov reyestri to‘g‘risida”gi qonuni asosida garov vositasi davlat notarial idoralari tomonidan rasmiylashtirilib, garov reyestrini yuritish ham shu idora tomonidan amalga oshiriladi, – deydi Jizzax viloyati adliya boshqarmasi notarial idoralar, advokatura va FHDYO organlari bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Egamov. – Qonunga muvofiq garov vositasi sifatida rasmiylashtirilgan mol-mulkning garov reyestridagi ma’lumotlarga o‘zgartishlar qarzdor sifatida qatnashayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar, shuningdek, qonunga muvofiq mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan tergov hamda surishtiruv organlari, soliq va bojxona xizmatlari tomonidan kiritiladi. “Garov reyestri to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq garov reyestrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida tashkil etiladigan garov reyestrini yurituvchi tashkilot zimmasiga yuklatilgan.

Amaldagi tartib bo‘yicha garov vositasi sifatida rasmiylashtirilgan mol-mulkning reyestriga yangi axborotlar kiritish, o‘zgartirish, chiqarib tashlash bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun foydalanuvchi ushbu masalada tegishli bankdan olingan hujjatlarni notarial idoraga taqdim etishi kerak. Ayni paytda qonunchiligimizda ushbu amaliyot qo‘llanilayotir. Notarial idoralar garov shartnomasini tasdiqlashda mulk to‘g‘risidagi barcha axborotni garov reyestriga kiritib, tegishli ma’lumotlarni qayd etib bormoqda. Bundan tashqari, shartnoma davomida sudning undiruvchi qarori chiqishi, davlat soliq, bojxona organlari bilan bog‘liq hisob-kitoblarda o‘zgarishlar yuzaga kelishi, tergov va surishtiruv organlari tomonidan ko‘rilgan choralar tufayli garov reyestriga yangi ma’lumotlar kiritish zarurati tug‘ilishi mumkin. Yangi qonunda bunday holatlarda garov reyestriga kiritiladigan yozuvlar kim tomonidan, qay tartibda amalga oshirilishi ham aniq belgilab berilgan.



– Ayni paytda hududimizda kredit oluvchilar tomonidan garovga qo‘yilayotgan mol-mulklarning asosiy qismi avtomashina va turli texnika vositalari, ko‘chmas mulk inshootlaridir, – deydi G‘allaorol tumani davlat notarial idorasi notariusi Rustam Abdiyev. – Yilning o‘tgan davrida idoramiz tomonidan rasmiylashtirilgan 300 dan ortiq garov vositalarining asosiy qismini yengil avtomashinalar tashkil etdi. Kreditorlar va qarzdorlar majburiyatini bajarish jarayonida garovga olingan mol-mulk bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham yuzaga kelishi tabiiy hol. “Garov reyestri to‘g‘risida”gi qonunda ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritish tartibi aniq belgilangani e’tiborga molik. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida garov reyestrini yuritish bo‘yicha tashkilotning tashkil etilishi sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, kreditorlarga, qarzdorlarga, foydalanuvchilarga katta qulaylik yaratishi shubhasiz.

Mamlakatimizda qabul qilingan mulk, kredit, lizing, garov, sug‘urta kabi mulkiy munosabatlarni takomillashtirish yo‘nalishidagi yangi qonunlar mulkchilikni rivojlantirish, mulkdorlar huquqini himoya qilishda muhim omil bo‘lmoqda. “Garov reyestri to‘g‘risida”gi qonun ham mulkdorlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirish barobarida aholiga o‘ziga xos qulaylik yaratadi.
Download 57,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish