1. Muhammad Yusuf haqida qisqacha



Download 31,54 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi31,54 Kb.
#885826
Bog'liq
badiiy matn

Buxoro davlat universiteti


Filologiya fakulteti
Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili yo’nalishi
6-4 Uzb 21-guruh talabasi
Rajabova Madinabonuning
Badiiy matn va uning lingvistik tahlili
fanidan yozgan mustaqil ishi

Mavzu: Muhammad Yusufning so’z qo’llash mahorati


Reja:
1.Muhammad Yusuf haqida qisqacha.
2.Shoir mehr va muruvvat kuychisi .
3.”Onamga” she’rining ma’no tahlili.
Muhammad Yusuf - shoir, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Muhammad Yusuf adabiyotga yetmushinchi yillar oxirida kirib kelgan va shu zahotiyoq u haqda betakror va esda qolarli timsollar yarata oluvchi, bir qarashdа oddiy hayot voqeiligini chuqur va o‘ziga xos tarzda badiiy shakllardan maromida foydalana oluvchi, jiddiy va ajoyib iste’dod sohibi sifatida gapirishgan.O‘zbek she’riyatining o‘ta iqtidorli namoyondalaridan biri Muhammad Yusuf ijodining gullagan pallasi XX asr oxiri - XXI asr boshlariga, ya’ni O‘zbekiston yangi mustaqilligi davriga to‘g‘ri keladi. Uning qisqa, ammo yorqin hayotini Pushkinning Bayron haqidagi so‘zlari bilan izohlash mumkin: “U o‘z she’rlarida ixtiyorsiz tarzda she’riyatning zavqu-shavqi ila iqrorlik bildirgan”.Ijodining ilk yillari u kitobxonlarga o‘zining o‘zbek do‘ppisi haqida she’ri bilan tanilgan, keyin uzoq yillar davomida bu she’r shoirning tashrif qog‘oziga aylangan. Unda Muhammad Yusuf nima uchun o‘zbeklar do‘ppi kiymay qo‘yganidan hayratlanadi. Axir, ushbu bosh kiyimining turli xillari bor. Yoki uni kiyish og‘irlik qilib qoldimi? Xulosa quvonarli emas: gap mos do‘ppi yo‘qligida emas - hamma gap uni kiyishga loyiq inson qolmaganligida.
Muhammad Yusuf 1954 yil Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida dehqonlar oilasida tug‘ilgan.1971 yil o‘rta maktabni tugatib, u Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kiradi, o‘qishni bitirib, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatiga muharrir bo‘lib ishga kiradi. So‘ngra, Muhammad Yusuf “Toshkent oqshomi” gazetasi muxbiri, G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati musahhihi, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, “Tafakkur” jurnali bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.1996 yil shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi. Avvaliga, u adabiy maslahatchi, 1997 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.Shoirning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi munosib baholangan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning farmoni bilan, Muhammad Yusuf “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston xalq shoiri” sharafiga musharraf bo‘lgan.Ilk she’ri 1976 yil “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgachgina, 1985 yil shoirning ilk she’riy to‘plami “Tanish teraklar” chop etiladi. Ushbu to‘plamda shoir o‘z hissiyotlari bilan lirik va erkin tarzda bo‘lishadi, o‘z hayoti voqealari haqida gapiradi. Shunisi qiziqki, uni ham tanqid olami, ham shoir birodarlari juda iliq qabul qildi. Muhammad Yusufning hayotda omadi chopgan edi: ijodiy yo‘lining eng avvalida, taqdir uni Erkin Vohidov bilan yuzlashtirdi, u esa Muhammad Yusufning ajoyib iqtidorini sezib, uni rivojlantirishda yordam berdi. Keyinroq shoir Abdulla Oripov bilan yaqinlashadi. Bu ikki atoqli zamondosh shoirlar Muhammad Yusufning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirishdi, ularning ijodida - mavzularda, timsollarda, she’r ohangida o‘zaro ta’sir va o‘zaro bir-birini boyitishni payqash mumkin.Barcha yirik shoirlar kabi Muhammad Yusuf ham tarjima faoliyati bilan shug‘ullangan. Bu ishni u ifodali bajarib, o‘z tarjimalariga katta mas’uliyat bilan yondashgan. O‘zi ham tarjimaga yirik shoirlarning asarlari orqali o‘rgangan bo‘lsa-da, uning tarjimalari o‘ziga xos ijod namunasi hisoblanadi. Ularga nisbatan V. Jukovskiyning keyingi so‘zlarini qo‘llash mumkin: “Nasr tarjimoni - qul, she’riyat tarjimoni - raqib”.
Muhammad Yusuf uchun har bir so‘z, hayotidagi har bir hodisa she’riyat edi. U go‘yo, osmonlarda qanot qoqayotgan qush kabi juda yengil va yorqin hayot kechirgan. Ammo shoir hayoti juda erta uzilgan. Ijodiy pallasi parvoz vaqti uzilgan... Shoir 2001 yilning 29 iyul kuni vafot etgan.Muhammad Yusuf kabi o‘ta keng qamrovli, hissiyotlari va o‘ylari chuqur shoir o‘limini bir narsagina — undan meros qolgan va shubhasiz, o‘zbek she’riyati yupatadi.rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi she’rlarigina yupatadi.
Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq Uning dastlabki she’rlari birinchi bor «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng «Tanish teraklar” (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo” (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari” (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor” (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she’riy to‘plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi.
U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi.
Muhammad Yusuf san’atkorlar ahliga ham katta yutuq keltirgan, o’lmas satrlarni bitgan desak ham mubolag’a bo’lmaydi.
Muhammad Yusuf
-Respublika kitobxonlar jamiyatida muharrir(1980-820);
-“Toshkent oqshomi” gazetasida muxbir(1982-86);
-“G’. G’ulom” nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir;
-Respublika Axborot akentligida Bosh muharrir o’rinbosari;
-“Vatan” tahriryatida maxsus muxbir;
-“Tafakkur” jurnalida bo’lim boshlig’i;
-O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi;
1997-yildan umrining oxirgi kunlariga qadar mazkur uyushma raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari lavozimida ishlgan.
Muhammad Yusuf xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun:
— 1996 – yili “Do’stlik” ordeni;
— 1998 – yilda “O’zbekiston xalq shoiri” faxriy unvonlariga sazovor bo’lgan.
Xalqona ohang Muhammad Yusuf she'riyatining bosh yo`rig`ini belgilaydi. Uning she'rlaridagi balandparvozlikdan xoli soddalik va samimiyat, ikkinchi tomondan, musiqaga yaqinlik ana shu xalqona ohangning o`zaklaridir. Bolalikda ko`rgan kechirganlari, bolalik xotiralari ijodkor shaxsiyatini, dunyoqarashini shakllantirishi bor haqiqat. Ijodkor bolaligida nimagaki zoriqqan bo`lsa, nimagaki talpingan bo`lsa-ana shular uning asarlarida turli-tuman shakllarda namoyon bo`laveradi. Bunga adabiyot tarixidan ko`plab misollar keltirish mumkin. Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini bolalikda yod olgan, Hazrat Alisher Navoiy ham butun umr davomida shu asar ta'sirida yashadi, uning ilhombaxsh ta'siridan ruh oldi. Shu ma'noda Muhammad Yusuf she'riyatini kuzatadigan bo`lsak, unda, eng avvalo, mehrga zorlik, insoniy mehrga tashnalik hissini ilg`ash qiyin emas. Uning she'rlarida tez-tez qo`llaniladigan, qo`llanish darajasi muntazam bo`lgan, mehr-muhabbatni uyg`otadigan, shavqat hissini kuchaytiradigan obrazlar juda ko`p. Bular: "jayron", "ohu", "kiyik", "kapalak", "qaldirg`och" "lolaqizg`aldoq", "yalpiz", "yulduz" kabilardir. Mazkur iboralar satrdan satrga, banddan bandga, she'rdan she'rga ko`chib yuradi va shoir she'riyatida mag`zunlikning, ma'yuslikning, mehrning timsoli darajasiga ko`tarilgan. Shoirning onalar haqida, qizlar va umuman olganda ayol kishi haqida bitgan dardchil she'rlarida yuqorida ta'kidlangan obrazlarni juda ko`p uchratish mumkin. Onalar, qizlar, singillar bilan tabiatan saralab olingan obrazlar o`rtasida ichki yaqinlik bor. Bu ichki yaqinlik har ikki tomonning nozikligida, himoyaga muhtojligida, ardoqqa zorligida, e'zozga tashnaligida, mehr chanqoqligida aniq-ravshan ko`rinadi.
Qiz bor uyning fayzi bo`lak deydilar
Jannat yo`li-qiz bor yo`lak deydilar.
O`ngirimda o`g`lim yo`q deb o`ksimang,
Tog` bo`lmasa qir ham tirgak deydilar.
Elning baxti botirlarga yor bo`lsin.
Ominalar, Xolidalar bor bo`lsin.
Qiz yo`q yurtga ko`klamlar sep to`sharmi?
Qiz borki, o`lka omon, qo`rg`on but,
Qiz kutmasa yigit olov chekarmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor bo`larmi
Ma'sudalar, Mavludalar bor bo`lsin.
Muhammad Yusufning ijodidagi mag`zunlik, bu she'rlarnio`qib kishini o`rtanishlari, rahmini keltiradigan ifodalar , tasvirlar ehtimol shoirning biografiyasi bilan bog`liq bo`lsa, ne ajab. Muhammad Yusufning ijodida sayqal topgan asoslardan yana biri muhabbat mavzuidir. Buyuk faylasuflar ta'biri bilan aytganda, muhabbat eski narsa, biroq har bir ko`ngil uni yangilaydi, yangidan kashf etadi. Muhabbat mavzuidagi she'rlardan shoirning qalami ravonlashadi, mavhum tuyg`u konkret shaklga kiradi, o`zligini izg`or etayotgan his tilga kiradi. Muhabbatning ozorlari,firoqu jafolari, vaslu vafolari poetik obrazlarda, kutilmagan sifatlarda o`ziga xos tarzda, ta'bir o`rni bo`lsa, muhammadona uslubda ifoda etiladi.
Muhabbat, ey go`zal iztirob
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab
Yuzlarimga yuzlaring tirkab
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..

Shunday qilib, Muhammad Yusuf o`z ovozi, uslubiga ega san'atkorga aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz.


YURTIM, ADO BO`LMAS ARMONLARING BOR...
Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig`latgan dostonlaring bor,
O`tmishingni o`ylab og`riydi jonim,
Ko`ksing to`la shahid o`g`lonlaring bor.
Bag`rim o`rtar bir o`y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor...
Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig`latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho`lponlaring bor.
Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og`ir olma so`zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko`zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar —
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor...
Qurboning bo`layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring - mening fig`onim,
O`tmishingni o`ylab qiynalar jonim,
Aytsam ado bo`lmas dostonlaring bor.[3]
Biz tarix darslaridan yaxshi bilib boryapmizki, o`zbek xalqi dunyodagi eng qadimgi xalqlardan biri sanaladi. Va bu xalq tarixda misli ko`rilmagan hodisalarni boshdan kechirgan. Ikki daryo oralig`ida joylashgan, zamini hosildor, xalqi mehnatkash, o`troq madaniyatning noyob namunalarini yaratgan bu diyorga kimlarning ko`zi kuymagan deysiz. Bosqinchi ketidan bosqinchilar kelib, bu go`zal yurtni g`orat qilishga — boyliklarini talash, xalqini qullikka mubtalo qilishga urinardi. Xalqimiz bamisli samandar (olovda tug`ilib, olovdan omon chiqadigan afsonaviy qush)dek barcha sinovlardan omon chiqdi, sharaf bilan chiqdi. Biroq bu kurashlar, ozodlikka bo‘lgan intilishlar, albattaki, qurbonsiz, yo`qotishlarsiz kechmadi. Millatning ne-ne bahodirlari, yurt ozodligini har narsadan ustun bilgan xalqning asl farzandlari shu kurash maydonlarida jon berdilar.Guruch kurmaksiz bo`lmaganidek, yov kelganda o`zini chetga olgan, joni shirinlik qilib sha’nidan kechgan, hatto do`stlarini sotgan kimsalarni ham, afsuski, tarix yoddan chiqarmaydi. Ularning kirdikorlari tufayli yurtning «ado bo`lmas armonlari, toshlarni yig`latgan dostonlari» paydo bo`ldi.Mana shu o`tmishni o`ylamaslik, bilmaslik, his qilmaslik mumkin emas. Xotira qachon bizga ko`makka keladi, ertangi kun uchun xizmat qiladi? Qachonki, u uyg`onsa, anglansa va his qilinsa!Ayniqsa, sobiq sho‘ro davrida yurtimiz va yurtdoshlarimiz boshidan kechgan musibatlarni unutishga hech kimning haqi yo‘q. «Qora ko`zlarini» tug`ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis Sibir o`rmonlaridagi «qayinbarglar yopgan» Usmon Nosirning ham xuddi siz-u bizdek yashashga haqi bor edi. Uning ham joni sabil emas edi. Afsuski...Afsuski, o`zimizdan chiqqan sotqinlar, mehrobga in qurgan chayonlar Usmon Nosirning ham, Abdulla Qodiriyning ham, Cho`lpon va Fitratning ham umriga zomin bo`ldilar. Albatta, bugun bir millat vakillarining bobolari hayotida yo`l qo`ygan xatolari tufayli bir-birlarini qoralab o`tirish mavridi emas. Lekin bu degani, «o`tgan o`tdi — ketdi», qabilida ham tushunilmasligi lozim. Shoirning istagi — bugungi va kelgusi avlod bu o`tmishdan saboq chiqarsin, ertaga bo`ladigan ming turli hayot sinovlariga tayyor tursin!Shundagina millat millat bo`ladi, xalq chinakam xalq bo`ladi. Shundagina odamlar ruhiyatidan olomonlik hissi chekinib, chinakam shaxslar shakllanadi.

SURAT
Mening kimligimni


Bilmaydi hech kim.
Men bir g`alatiman,
Men alohida.
Ko`zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O`tirib olgan,
Oftob g`avg`o solar
Yurgan yo`limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo`ydim ko`nglimga.
Endi toshni tepsam,
O`par izimni,
Yerga ag`anasam —
Yer ham devona.
Barmog`in o`pgandim
Suygan qizimni,
Qo`li yonib ketdi
Gurillab, mana.
Yovvoyi o`rdakka
Berdim sevgimni!..
O`rdak uchdi-ketdi,
Mung`ayib qoldim.
Hayratim obketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa —
Xudoga soldim,
Mayli, aldanmasin
Hayotida u. Yondi,
Yonaverdi Kokillari, so`ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonib bo`lgan
Ko`ylagi bir yeng
Ishqning bayrog`iga
Aylandi alvon!..
Va o`pdim bayroqni
Men o‘sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Olov his-havas.
Qizil cho`g` to`shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o‘zimni
Misli o`tparast.
Uyg`onsam – ko`rpam kul,
Yig`lar sevgilim.
Men seni yig`la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko‘nglim,
Qoldim kulko`rpamda,
To`shagim — tuproq.
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko`proq,
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg`on!..
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g`alatiman,
Men - alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.
Muhammad Yusufning «Surat» she’ri shoirning o`z ichki dunyosini kashf etishga urinishi aks etgan asardir. She’rning lirik qahramoni «Men bir g`alatiman, Men alohida» der ekan, uning bu e’tirofini aslo kibrga, manmanlik da’vosiga yo`ymaslik lozim. Uning boshqalardan farqli birgina, biroq nihoyatda muhim fazilat bor. U ham bo`lsa, olam va odamni ko`ngil ko`zi bilan ko`rishi, idrok etishidir. Bunday kishilarning olomon orasiga singib, shu omma ruhiyati bilan birlashib ketishi aslo mumkin emas. Ular qay zamonda, qay tuzumda yashamasinlar, baribir hammadan ajralib turaveradilar. Hozircha bu holatni tushunishingiz, yanayam aniqrog`i, his qilishingiz, balki qiyinroqdir. Sizga osonlashtirish maqsadida hazrat Navoiy qahramonlaridan Majnunni yodingizga solamiz. Laylining ishqi o`tida kuygan, go`yo aql-u hushidan ayrilgan Qaysni ko`rgan boyagi olomon unga Majnun — telba, jinni nomini berdi. Aslida ham shundaymidi?Mutlaqo!Bu o`rinda boshqa bir shoir - Abdulla Oripovning «Muhabbat dardidan dardmand qalblarimiz, Kasal bo`lsak ne tong sog`lar orasida» degan go`zal istehzosini eslash o`rinlidir. «Surat» she’rining lirik qahramoni ham «umrini ko`ngliga topshirib qo`ygan». Bu degani — uning uchun o`zi va boshqalarning ko`nglidan ko`ra muqaddasroq oshyon yo`q. Shu tufayli ham bu beg`ubor, beozor ko`ngilga yetkazilgan og`riqlarni u «Xudoga soladi», uni aldagan ko`ngillarga ham omonlik tilaydi («Mayli, aldanmasin Hayotida u»).Afsuski, hayotda ko`ngil ko`zi ko`r, hislar va tuyg`ular lazzatini totib yashashni xayoliga ham keltirmaydigan kimsalar uchraydi. Ularning qilmishlari lirik qahramonning go`zal xayollarini to`zg`itib yuboradi, uning ishqdan lovullab yonayotgan yuzlariga muzdek suv uradi, yalang`och va rangsiz hayot haqiqati orzular tush ko`rilayotgan uyquni shafqatsizlarcha buzadi: «Uyg`onsam –ko`rpam kul, Yig`lar sevgilim... Ayiq bosgan gulday Ezildi ko`nglim...»Eng yomoni — orzulari ketma-ket aldangan, sekin-asta ixlosi so`ngan lirik qahramon ruhiyatida o`zi istab-istamagan o`zgarishlar yuzaga keladi. Endi uning beorom ruhidagi harorat o`rnini sovuqqonlik, qarashlarida shafqat o`rnini basma-basiga tug`ilgan qaysarlik egallaydi. Agar she’rning dastlabki bandidagi «Ko`zimning yoshini Keladi ichgim, Tilimni chaynagim Kelar gohida» degan misralar bilan she’r adog`idagi «Kiyiklar qonini Keladi ichgim, Chayonni chaynagim Kelar gohida» degan so‘zlarni solishtirsak, mohiyatda bo`lib o‘tgan alamli o`zgarish ko‘lamini yaqqol his qilamiz.«Surat» she’rida go‘yo yashnab turgan yam-yashil bog‘`(pokiza ishq, sof insoniy hislar) tasviri tushirilgan suratning lovullab yonayotgan olovda bujmayib, sarg`ayib kuyish jarayoni aks ettirilgandek. Axir nozik hislarning qo‘pol yolg`on qo`lida ezg`ilanishi xuddi shu manzarani ko`z oldimizga keltirmaydimi?..Qalbga, ko`ngilga yetkazilgan zaxning o`rni esa hech qachon bitmaydi, deydilar...

Osmon cho`kib qoldi bu oqshom,


Yulduz bo`lib yog`ildi bir sas.
Bir mahalla nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.
Sadoqatmi?
Kimga kerak u?..
Behudadir ko‘zyoshing seli.
Yulduz bo‘lib yog`ildi bir sas:
U - begona. U endi kelin...
To`y - bu asli badjahl ota,
Baxtli bo`lsin qizim degani.
Uni senga bermasman, bo`tam,
Tirik ekan ko`zim degani.
Osmon cho`kib qoldi bu oqshom,
Qonimda bir g`ashlik o`rmalar.
Men olovga otarman endi
Yuragimni qiyma-qiymalab...
Yoqa ushlab qolsin ko`rganlar,
Olovlarga otdim uni, bas.
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish kerak... yashash shart emas!
Shoirning bu she’rini avvalgi - «Surat» asarining mantiqiy-ruhiy davomi, deb bemalol aytish mumkin. Zero, har ikki she’rda suyganlaridan sadoqatsizlik ko`rgan lirik qahramonning ruhiy qiynoqlari badiiy aks topgandir. Bu she’rda ham «Bir mahalla nigoh»- olomon bir taraf, oshiq yurak esa mutlaqo boshqa taraf. Yashash kerak, sevish shart emas!» deb hisoblaydigan kimsalar uchun «sadoqat», «his va hayajonlar», «ko`z bilan ko`rib, qo`l bilan ushlash mumkin bo`lmagan tuyg`ular» to`g`risidagi gaplar deyarli hech narsani anglatmaydigan - «bekorchi safsata»dir. Ular ishq-muhabbatning inson ko`nglida yasaydigan misli ko`rilmagan o`zgarishlarini ham «qizamiqqa o`xshab vaqti soati bilan o`tib ketadigan bir narsa» deb biladilar. Ular jismning begona bo`lishi ruhning begonalashuvini aslo anglatmasligini hech tan olgilari kelmaydi: «Behudadir ko`zyoshing seli... U - begona. U endi kelin..» deydi ular.She’rning dalli-devona lirik qahramoni uchun esa, bo`lib o`tgan hodisa ishq olovini battar kuchaytirsa kuchaytiradiki, aslo pasaytirmaydi. (Mumtoz she’riyatimizda ham hijronning ishq zo`rayishida eng muhim shart sifatida talqin etilganini eslaymiz) Zero, bu bo`lib o`tgan hodisa buyuk ishq qudrati oldida nima ekan: «To`y - bu asli badjahl ota, Baxtli bo`lsin qizim degani...» Lirik qahramon uchun bu hodisa bor-yo`g`i shuni anglatadi, xolos! Demak, «osmon cho`kib qolgan oqshom»da uning qonida «bir`ashlik o`rmalaydi». Qonda o`rmalayotgan bu g`ashlik - dunyoning shafqatsizligi, teskariligiga qarshi ko`tarilgan isyon, ishqqa limmo-lim yurakni endi unga begonalashib ulgurgan jismdan sitib chiqaradi:
Men olovga otarman endi
Yuragimni qiyma-qiymalab...
Ozarbayjon xalqining dilbar shoiri Samad Vurg`unning ajoyib qo`shiq bo`lgan bir she’rida «Yiqilsin mehvari olam Va tubdan tor-mor o`lsin» degan misra keladi. Muhammad Yusuf tasviridagi ruhning abadiyligiga ishonchi z`‘r lirik qahramonning olamga hayqirib aytayotgan haqiqati ham ayni kayfiyat ifodasidir:
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish kerak... yashash shart emas

MEHR QOLUR



O`tar qancha yillar to`zoni,
Yulduzlar — ko`zyoshi samoni.
O`tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug`da porlagan o`sha,
Iqboliga chorlagan o`sha.
Dunyoni tor aylagan o`sha —
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Anor, sening yuzlaring suluv,
Xumor, sening ko`zlaring suluv,
Yodda qolmas so`zlaring suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig`lab qoldi qon bag`ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur...
Nima deysan, ey, g`ayur inson?
G`iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o`tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur![6]
Tilimizda «nekbin tuyg`ular» degan ibora bor. Bu — toza, pok, samimiy tuyg`ular deganidir...Hozircha Sizga tushunilishi, yana ham aniqrog`i, his qilinishi biroz qiyinroq bo`lgan hayotning achchiq haqiqatlari bor. Bu haqiqatlarning biri shundan iboratki, dunyo, tiriklik tashvishlari insonni har ko`yga solishi, uning qalbidagi ko‘plab toza hislarga zax yetkazishi mumkin.Agar odam dunyoning bu o`tkinchi tashvishlariga o`ralashib, ruhiyatini ana shu tashvishlar girdobidan olib chiqa olmasa, buning natijasi juda xunuk oqibatlarni keltirib chiqarishi tayin. Albatta, bu oqibatlar yarq etib ko`zga tashlanmasligi, odamning sirtiga qalqib chiqmasligi mumkin. Biroq qalbda paydo bo`lgan qashshoqlik, odam bolasini insoniy his-tuyg`ular tark etishidan-da kattaroq fojia yo`q bu dunyoda. Odamni odam qilib turgan, uning hayotiga insoniy mazmun baxsh etadigan inja tuyg`ular, avvalo, mehr va muhabbatdir. Shu tuyg`ular tufayli olamda hayot davom etadi, tiriklik tantana qiladi. Zero, ota-onaning farzandga mehri, akaning singilga achinishi, do`stning do`stga madadi, yigitning qizga muhabbati... Insonlararo munosabatlarning asosida, aslida mana shu tuyg`ular yotibdi.Bu ko`hna ochun (dunyo) ne-ne saltanatlarni, «dunyo manim!» degan ne-ne jahongirlarni ko`rmadi. Xo`sh, Yer yuzidagi hayotni, tiriklikni shu saltanatlar-u shu jahongirlar saqlab qoldimi?Mutlaqo!Hayotni, tiriklikni insonlar o`rtasidagi, ularga Yaratgan tomonidan omonat sifatida in’om etilgan mehr va muhabbat atalmish qudrat asrab qoldi!Agar insoniyatga mana shu tuyg`ular u yaratilayotgandayoq berilmaganda edi yoki ular butkul unutilib ketganda edi, hech qanday insoniy kuch, biror qudrat Yerdagi hayotni tugab bitishdan saqlab qololmas edi. Shoir ularni porlab turgan qorachug`lardan, ko`ngilda turib iqboliga chorlayotgan sassiz ovozlardan izlamoq darkor. Shunisi ham borki, dunyodan mehr-u muhabbat talab qilgan odamning o`zida shu tuyg`ular ustuvor bo`lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Sobir O’nar “Kibrsiz odam”.Yoshlik jurnali. Toshkent. 2014-yil.
2.Ma’rufjon Yo’ldoshev ”Muhammad Yusufni anglash”. Toshkent. 2020-yil
3. Soyibova Charos. “Muhammad Yusuf she’rlarini orqali yozuvchi biografiyasini o’rganish” maqola
4.http//ziyo.uz.com sayti.
5. saviya.uz sayti
Download 31,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish