1. Moliyaviy nazoratning mohiyati va funksiyalari



Download 54,5 Kb.
bet1/2
Sana26.05.2022
Hajmi54,5 Kb.
#610034
  1   2
Bog'liq
Davlat moliyaviy nazoratida foliyat o’rni


Davlat moliyaviy nazoratida foliyat o’rni


Reja:


1. Moliyaviy nazoratning mohiyati va funksiyalari.
2. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish prinsiplari.
3. Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning shakllari va usullari.


1. Moliyaviy nazoratning mohiyati va funksiyalari.
Moliyaning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan uziga xosligi uning iqtisodiy kategoriya sifatida nazorat funksiyasini bajarishi hisoblanadi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning instrumenti hisoblanuvchi moliya taqsimlash jarayonini obyektiv aksettirib beradi. Moliyaning nazorat funksiyasi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini tashkil qilinishi va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha YAIMni taqsimlanish jarayonida paydo buladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik tarakkiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. Moliyaviy nazorat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini hamrab oladi. Chunki moliyaning taqsimlash obyekti YAIM hisoblanib YAIM umumity tarzda 2 qismdan tashkil topadi: Moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari. Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni ra\batlantirish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan okilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilishga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy nazoratning muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikka rioya qilish, xujalik subyektlarining budjet tizimi, kredit tizimi, soliq tizimi hamda korxona va tashkilotlar bilan zaro hisob kitoblar va tulovlar bo‘yicha uzaro moliyaviy majburiyatlarga aniq rioya qilishni tekshirish hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat odatda 2 asosiy jihatlarda kurib o‘tiladi:
1) Barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishini nazorat qilish uchun tashkil qilingan maxsus nazorat organlarining faoliyati.
2)Moliyaviy operatsiyalarni maqsadga muvofikligi va samaradorligini ta’minlash maqsadidagi makro va mikrodarajalarda moliyaviy boshqaruv va pul okimlarini boshqarishning ajralmas elementi sifatida.
Ikkala jihati ham uzaro bo\liq bulib, ular uzlarining amalga oshirish maqsadlari, usullari va nazorat subyektlari bilangina farklanadilar. Agar birinchi jihatda nazoratning xukukiy va miqdoriy tomonlari hamrab olinsa ikkinchi holatda asosiy e’tibor moliyaviy nazoratning analitik tomonlariga karatiladi.
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat 2 uzaro amal kilvchi sohalarga bulinadi: Davlat moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati – Davlatning asosiy qonuniga asoslanuvchi davlat xokimiyati va boshqaruv organlari xukukiy-iqtisodiy faoliyatining kompleks va maqsadli yo‘naltirilgan tizimidir.Moliyaviy nazoratni tashkil qilishdagi aniqlovchi rolni mamlakatnng konstitutsiyasi uynaydi. Moliyaviy nazoratning xukukiy reglamenti davlatlarning turlariga, uniggsh ijtimoiy-siyosiy uskurtmasiga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, mulk munosabatlariga bo\liqdir.
Davlat moliyaviy nazorati mamlakat mikyosida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni qiymat nisbatlarida taqsimlashni hamrab oladi. Davlat moliyaviy nazorati davlat pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bo\liq davlat pul resurslari okimlarini muvofiklashtiradi. Davlat nazoratchilariga davlat sektorida amalga oshiriladigan taftish va tekshirish bilan birga agar xususiy va korporativ sektorda nazorat utkaziladigan obyekt umummilliy iqtisodiy manfaatlariga ega bulsa taftish va tekshirish xukuki beriladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ichki(ichki firma, korporativ) va tashki(auuditorlik) nazoratlariga bulinadi.
Nazoratning davlat va nodavlat turlari utkazish usullariga kura uxshash bulishi bilan birgalikda oxirgi maqsadlari bo‘yicha bir biridan keskin fark kiladi. Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi- davlat gaznasi uchun pul resurslarini maksimal darajada tushishini nazorat qilish va davlat xarajatlarini minimal ravishda amalga oshirishni nazorat qilish ya’ni tejamkorlikka rioya qilish hisoblanadi. Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa- xujalik subyektlari tomonidan davlat hisobiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish hisobiga quyilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat tizimi va uning prinsiplari.
Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimlari quyidagi elementlarni uz ichiga oladi.:
Mamlakat prezidenti yoki qonun chiqaruvchi organiga bevosita buysinuvchi bosh revizor- auditor maxhamasi. Mazkur maxhamaning bosh maqsadi – davlat mabla\lari jamlanishi va sarflanishi ustidan umumiy nazorat utkazish hisoblanadi.
Davlatning soliqli daromadlarini shakllanishini nazorat kiluvchi prezidentga va xukumatga buysinuvchi vakolatli organ.
Hisobot xujjatlarini tu\riligi va moliyaviy operatsiyalarni qonuniyligini tekshiruvchi tijorat asosida faoliyat yurituvchi nodavlat moliyaviy nazorati xizmati.
Asosiy vazifasi xarajatlarni hamaytirish, moliyaviy okimlarni otimallashtirish va foydani kupaytirish hisoblanuvchi ichki nazorat xizmati.
Ma’muriy buyrukbozlik tizimi sharoitida moliyaviy nazoratni tashkil qilish shakllari va maqsadi boshqaruvchi ma’muriyat manfaatlariga buychunar edi. Davlat nazorati global xarakter kasb etib fiskal maqsadlarda amalga oshirilar edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv tizimida bulgani kabi nazorat tizimlarini xukukiy asoslari o‘zgarmokda. Bunday sharoitda nazorat vertikal tizimdan gorizontal ustkurtma asosida shakllantirilmokda. Ammo xar qanday ijitimoiy iqtisodiy tuzum sharoitida ham davlat nazorati saklanib kolishi va umumiy nazorat tizimlari tarkibida uziga xos salmokga ega bulishi mukarrar hol hisoblanadi.
Modomiki mulkchilikning aksionerli va xususiy shakllari rivojlanar ekan, davlat nazoratchilarini faoliyati iqtisodiy tizimda uziga tomonlari bo‘yicha uringa ega buladi. Chunonchi, boozor iqtisodiyoti kiyinchiliklari nazorat usullarining samarasizligida ham uz aksini topadi. Davlat mabla\larining defitsitni koplashga yetishmasligi bilan bo\liq moliyaviy muammolar fakatgina iqtisodiy usullar bilan emas ma’lum darajada ma’muriy usullar bilan ham ma’lum darajada xal qilinadi. Bunda moliyaviy intizomga rioya kilmaslik, soliq tulovlari bo‘yicha qonunchilikni buzilish va bosh iqtisodiy korrupsiya uchun kattik moliyaviy sanksiyalar joriy etish vositasida ham ma’lum darajada moliyaviy intizomni ta’minlash mumkin. Ammo bu usul xususiy kapitalning ishbilarmon faolligini pasaytiradi.

2. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish prinsiplari.


Mamlakatlarning demokratik prinsiplarda rivojlanishi ijro etuvchi xokimiyat organlarining muhammal nazorat utkazishga va shunga muvofik ravishda professonal nazorat xizmatini sifatini ustirishga ehtiyoj sezdiradi. Boshqa tomondan, bozor rakobatini kuchayishi korxonalar uchun maxsus investitsion banklar, konsultatsion firmalar yollash hisobiga ichki moliyaviy nazorat usullarini kuchaytirishga majbur kiladi.
Jaxon hamjamiyati kup yillik tajribalari asosida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplarini ishlab chikdi.
Mazkur prinsiplar INTOSAIning LIMA deklaratsiyasidauz aksini topdi. Bunga mustakillik, obyektivlik, asoslilik va oshkoralik kabi universal prinsiplar kiritiladi.
Nazoratning mustakillik prinsipi nazorat kiluvchi organlarning moliyaviy, xukukiy mustakilligini ta’minlanishini ko‘zda to‘tiladi
Obyektivlik va asoslilik prinsiplarida amaldagi qonunchilikka nazoratchilarning suzsiz rioya qilishi, nazoratchilarningtaftish ishlarini amalga oshirish andozalari bo‘yicha ish faoliyatining yuqori proifessional darajalarda amalga oshirishi ko‘zda to‘tiladi.
Oshkoralik prinsipida davlat nazoratchilarini ijtimoiy va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy alokalarini ko‘zda to‘tiladi.
Mazkur asos prinsiplardan kuprok amaliy xarakter kasb etuvchi quyidagi prinsiplar ajralib chikadi:

  • natijaviylik;

  • nazorat subyektlarini sotilmaslik prinsipi;

  • axborotlarning asoslanganligi va isbotliligi;

  • moliyaviy jinoyati bo‘yicha gumon qilinayotgan shaxsning sudgacha aybsiz deb faraz qilinishi;

  • turli nazorat organlarining uzaro kelishuvchanligi.

Moliyaviy nazorat tizimlariga daxldor qonunlar kabul qilishdla davlatlar yuqoridagi prinsiplar hisobga olinishi lozim.Xar bir mamlakatda bulgani kabi Uzbekiston respublikasida ham nazorat faoliyati bo‘yicha qonunlar mavjuddir.
Davlat moliyaviy nazoratining asosiy usullari- kompleks taftish va mavzuli tekshirish hisoblanadi. Taftish va tekshirish utkazish uslublari nazoratchilar oldidagi aniq vazifalarga bo\liqdir. Agar taftish moliyaviy operatsiyalarni qonuniyligi, tu\riligi va tegishli moliyaviy axborotlar ishonchliligini nazorat qilishni ko‘zda tutsa, tekshirishning maqsadi moliyaviy resurslarni rejalashtirish va foydalanish jarayonlarining barcha bosqichlarida ularni boshqarish sifatini nazorat qilish, amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni samaradorligi va maqsadga muvofikligini baholash hisoblanadi.
1. Nazoratning natijaviyligi nafakat davlat nazoratchilarining professionallik darajasiga va mustakil auditorlarga bo\liq balki, amalga oshiriladigan taftish va tekshirish ishlarining tartibiga bevosita bo\liqdir. Kompleks taftish utkazishni umumiy kabul qilingan tartibi nazorat organlarining quyidagi bosqichma bosqich faoliyatini uz ichiga oladi:
tovar material qiymatliklarning mavjudligi va saklanganligini, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarimfabrikatlar, ofis va boshqa jixozlar, pul mabla\lari va hisob kitoblarni inventarizatsiya qilish;
xujjatlarni tu\ri rasmiylashtirilganligini ogzaki tekshirish(xujjat rekvizitlarini tu\ri va tulik tuldirilganligi, xujjatlarni tekshirishda urnatilgan meyorlar muvofikligi, sifatsiz shakllantirilgan xujjatlarni aniqlash).
moliya-xujalik operatsiyalarini xujjatlarda tulik va tu\ri aks ettirilishini tekshirish. Birlamchi yozuv bo‘yicha taksirovka(yigma miqdor ko‘rsatkichlarni tekshirish) va kontirovka(buxgalteriya hisobi korrespondensiyalarini tu\riligini tekshirish) amalga oshiriladi. Hisob registrlarida, qayta ishlov jadvallarda, jurnal orderlarda, bosh daftarda va boshqalarda buxgalteriya yozuvlarinitu\ri va tulik aks ettirilganligi tekshiriladi;
hisob kitob ko‘rsatkichlarini tu\ri xisolanishini tekshiriladi(ish haqi, soliqlar, amortizatsiya summalari,zaxiralar, kreditlar uchun foizlar va boshqalar);
mamlakat qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan buxgalteriya,moliyaviy, soliq, statistik, su\urta, kredit va boshqa hisobolarni shakllantirishning tu\riligi tekshiriladi.
Nazoratning boshqa shakllari masalan, xujjatli mavzuli tekshirish muvofik keluvchi maxhama, firma ma’muriyati tomonidan aniqlanadigan taribda amalga oshiriladi(ichki nazorat amalga oshirilganda).
2. Moliyaviy nazoratning natijaviyligi moliyaviy koidabuzarlik uchun joriy qilingan jarimalarga bevosita bo\liqdir.
Jaxon amaliyotida moliyaviy nazoratni 2 asosiy modeli mavjuddir. Anglo-sakson modeli asosidagi moliyaviy nazorat utkazuvchi mamlakatlarda nazorat organlarining faoliyati utkazilgan tekshiruv(taftish) natijalari haqidagi hisobotlarni tayyolash bilan chegaralanadi. Moliyaviy koidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar haqidagi masalalar ma’muriy va sud organlarida kurib o‘tiladi.
Fransuz modeli asosida ish yurituvchi mamlakatlarda esa moliyaviy nazoratni utkazishda nazorat organlari bir kancha sud funksiyalarini ham ijro etadilar ya’ni moliyaviy koidabuzarliklar bo‘yicha shaxsning aybdorlik darajasini aniqlash xukukiga, moliyaviy zararlarni koplashni talab qilish xukuklariga ega buladilar.


Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish