Moliyaviy boshqaruv
Reja:
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’yektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir kо‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy kо‘rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv ob’yektiga maqsadga yо‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.
Davlat jamiyatning sosial-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bо‘lgan Moliyaviy resurslarni sog’lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan munosabatlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslarning samarali hamda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana Shu vazifani (muammoni) bajarish (yechish) Moliyaviy boshqaruvning zimmasiga Yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bо‘lib, boshqariladigan (ob’yektlar) va boshqaruvchi (sub’yektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda Moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan Moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan Moliya tizimini о‘z ichiga oladi. Bunda Moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bо‘lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’yektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham о‘z ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida Moliyaviy munosabatlarning turli kо‘rinishlari, Shu jumladan, davlatning sosial tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi siyosiy kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir kо‘rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan о‘ziga xos bо‘lgan Moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat Moliyasi, mahalliy Moliya va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasida Moliyaviy boshqaruvning sub’yekti bо‘lib Moliyaviy apparat dyeb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.
Davlatning xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va uy xо‘jaliklari bilan Moliyaviy munosabatlar sohasidagi о‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini ryeglamyentasiya qilish (tartibga solish), Moliya bozorini tartibga solish, davlatning qо‘llab-quvvatlash tizimi, pyensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profisitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valYutaning barqarorligi va mustahkamligida va nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bо‘ladigan Moliyaviy barqarorlik va Moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy myetodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
pirovard maqsadga bog’liqlik;
xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;
jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning konkryet myetodlari va shakllari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
Moliyaviy Rejalashtirish;
bashoratlash (prognozlashtirish);
dasturlashtirish;
Moliyaviy tartibga solish;
Moliyaviy nazorat;
Moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
Moliyaviy resurslarni jalb qilish myetodlari tizimi.
Eng umumiy kо‘rinishda Moliyaviy boshqaruv tizimini 2-sxemadagidyek tasavvur qilish mumkin (navbatdagi byetga qarang).
2-sxema. Moliyaviy boshqaruv tizimi.
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida Moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
Pryezidyent va Pryezidyent dyevoni;
Oliy Majlis va Moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bо‘yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tyegishli qо‘mitalari;
Vazirlar Mahkamasi;
Hisob palatasi;
Moliya vazirligi va uning quyi (joylardagi), jumladan, Xazinachilik tizimi organlari;
Markaziy bank;
Davlat soliq qо‘mitasi;
Davlat bojxona qо‘mitasi;
Davlat mulk qо‘mitasi;
Qimmatli qog’ozlar bо‘yicha komissiya;
Nobyudjet fondlarning ijroiya diryeksiyalari
va boshqalar.
Mamlakat Pryezidyenti (Pryezidyent dyevoni) Moliya tizimining faoliyatini ryeglamyentasiya qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlamyent tomonidan qabul qilingan Moliyaviy qonunlarga “vyeto” qо‘yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Syenat va Qonunchilik) iborat bо‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, nosoliqli tо‘lovlarni belgilaydi (о‘rnatadi), Davlat byudjetini kо‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, Shuningdyek, Davlat byudjetining ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, Moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodyeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning о‘zida davlat ichki va tashqi qarzining tyegishli (chyegaraviy) darajasini belgilash (о‘rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini kо‘rib chiqadi, Moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida maydonda gavdalanadi.
Davlat Moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi Moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
hajmi va maqsadga mо‘ljallanganligi bо‘yicha Davlat byudjeti va nobyudjet fondlari daromadlar va xarajatlarining о‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish;
davlat mablag’larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
Davlat byudjeti va nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir kо‘rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini kо‘zda tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini Moliyaviy ekspyertiza qilish;
Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari tо‘g’risida Oliy Majlisning Syenati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish;
va boshqalar.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona Moliyaviy, byudjet, soliq va valYuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yagona davlat Moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;
byudjet mablag’lari va nobyudjet fondlar mablag’larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan Moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat Moliyasining barqarorligini ta’minlash va Moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni kо‘rish;
mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tyegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini kо‘rish;
mamlakat sosial-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlariga Moliyaviy resurslarni konsyentrasiya qilish (tо‘plash);
Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidasiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash;
davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;
uzoq, о‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mо‘ljallangan mamlakat taraqqiyotining sosial-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish;
iqtisodiyotni Moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qо‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yо‘nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va tо‘lovlarning ahvolini yaxshilash bо‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
faol investision siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yо‘naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investisiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va Moliyalashtirishga qatnashish;
Moliyaviy Rejalashtirish va milliy xо‘jalikni Moliyalashtirish sohalarida myetodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
mamlakat Moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
Moliyaviy intizom buzilganda Moliyalashtirishni cheklash yoki umuman tо‘xtatib qо‘yish;
va boshqalar.
Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi dyepartamyentlar bо‘lishi mumkin:
byudjet siyosati dyepartamyenti – byudjet tizimining daromadlari va xarajatlari tо‘g’risida siyosatni ishlab chiqadi, Davlat byudjetining loyihasini tayyorlaydi va byudjetning ijrosini tashkil qiladi;
tarmoqlarni Moliyalashtirish dyepartamyenti - tugatilgan sanoat, agrosanoat komplyeksi, investiyalar va transport tizimlari va aloqa dyepartamyentlari bazasida (asosida) tashkil qilingan;
byudjetlararo munosabatlar dyepartamyenti - respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi;
davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish dyepartamyenti - davlat ichki zayomlarini chiqarish, ular bо‘yicha foizlarni tо‘lash va ularni qaytarish, tashqi zayomlarni chiqarish va ularga xizmat qilish ishlarini bajaradi;
mudofaa komplyeksi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni Moliyalashtirish dyepartamyenti;
va boshqalar.
Moliya vazirligining muhim bо‘linmasi Xazinachilik tizimi bо‘lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bо‘lgan Xazinachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob varaqlarida bо‘lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish;
davlat nobyudjet fondlarining Moliyaviy ijrosini ta’minlash;
davlat Moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni opyerativ boshqarish;
Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga xizmat qilish (kо‘rsatish);
byudjet bо‘yicha hukumatning Moliyaviy opyerasiyalari tо‘g’risida va Shuningdyek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli tо‘g’risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobotni taqdim etish;
va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki Moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bо‘lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol о‘ynab, u Xazinachilik tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qо‘mitasi va uning quyi organlari ham muhim rol о‘ynab, ular yordamida soliqlar, yig’imlar va boshqa tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblanishi, ularning tyegishli byudjet fondlariga tо‘liq va о‘z vaqtida о‘tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda Moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qо‘mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar, yig’imlar va tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblanishi, tо‘liq va о‘z vaqtida о‘tkazilishi masalalari bо‘yicha Moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
soliq tо‘lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
Moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa tо‘lovlarning haqiqatdagi tuShumlari tо‘g’risida har oyda ma’lumot taqdim etish;
ortiqcha tо‘langan soliq summalarini va soliq tо‘lovchilardan notо‘g’ri undirilgan jarima va pyenyalarni egalariga qaytarish bо‘yicha tyegishli ishlarni amalga oshirish;
va boshqalar.
Davlat bojxona qо‘mitasi va uning tyegishli organlari Moliyaviy boshqaruv tizimida о‘ziga xos bо‘lgan о‘ringa ega. Ular bojxona bojlarining о‘z vaqtida tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga Yuklatilgan:
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bо‘yicha soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vatо‘lash bilan bog’liq bо‘lgan hujjatlarni tekshirish;
soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga tо‘liq rioya qilmaganligi uchun soliq tо‘lovchilarning bankdagi opyerasiyalarini tо‘xtatib turish;
soliq qonunchiligida kо‘zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish;
va boshqalar.
О‘z navbatida, Davlat mulki qо‘mitasi Moliyaviy boshqaruvga oid nosoliqli xarakterga ega bо‘lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan kyeladigan daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi.
Qimmatli qog’ozlar bо‘yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tuShuvchi tuShumlarning ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |