Normativ-huquqiy hujjatlar
2019-yil 30-noyabrgacha
|
B. Yusupaliyev,
T. Ishmetov
|
A. Abduxakimov,
A. Daminov
|
15.
|
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
a) ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini, shu jumladan Agentlik tuzilmasi va Agentlik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutgan holda;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni;
�) 2020-yil 1-yanvarga qadar sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini tavakkalchilikka qaratilgan yondashuv asosida tartibga solishga yo‘naltirilgan, sug‘urtalovchilarning kapitali yetarliligi va to‘lov qobiliyati bo‘yicha xalqaro standartlarni sug‘urta faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish strategiyasi loyihasini kiritsin.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori
2019-yil 1-oktabrgacha
Normativ-huquqiy hujjatlar
2019-yil 1-oktabrgacha
Vazirlar Mahkamasining qarori
2020-yil 1-yanvargacha
|
T. Ishmetov,
lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori
|
J. Qo‘chqorov,
B. Mavlonov
|
16.
|
16. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
ushbu qarorni amalga oshirish bo‘yicha Batafsil amaliy tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruh (J. Qo‘chqorov):
ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar so‘zsiz ijro etilishining muvofiqlashtirilishi va nazorat �ilinishini, shuningdek ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishining tashkil etilishini;
2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda mazkur qarorning ijrosi yuzasidan axborot kiritib borilishini ta’minlasin.
|
doimiy ravishda
doimiy ravishda
har chorak yakuni
bo‘yicha oyning
5 sanasigacha
|
lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori,
T. Ishmetov
|
J. Qo‘chqorov,
G. Saidova
|
17.
|
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar hamda mavzuli ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni tashkil etsin.
|
|