1. Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]



Download 45,68 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2021
Hajmi45,68 Kb.
#57515
  1   2
Bog'liq
2759 03.02.2016




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.01.00 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i / 07.10.01.08 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, hisobot va to‘lash]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining

Qarori

Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-fevralda 2759-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:



1. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri R. AZIMOV

Toshkent sh.,

2016-yil 28-yanvar,

3-son

Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 28-yanvar,

2016-05-son

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 28-yanvardagi 3, 2016-05-son qaroriga


ILOVA

Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash

QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash tartibini belgilaydi.



1-bob. Umumiy qoida

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2016-yil 1-yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda uyali aloqa kompaniyalari deb yuritiladi) rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqaradi.

2-bob. Rentabellik darajasini aniqlash

2. Rentabellik O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) bilan tasdiqlangan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl (keyingi o‘rinlarda Hisobot deb yuritiladi) ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.

Rh = F / T x 100%, bunda:

Rh — rentabellikning haqiqatdagi darajasi;

F — foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) — Hisobotning 240-satri;

T — sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi — Hisobotning 020-satri.

3-bob. Rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash

3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari rentabellik darajasiga qarab:

Oldingi tahrirga qarang.

20 foizgacha va 20 foiz bo‘lganda — 14 foiz miqdorida;



(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)

20 foizdan yuqori bo‘lganda — rentabellikning 20 foizlik darajasidan oshadigan foyda summasining 50 foizi miqdorida belgilangan.

4. Rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lganda belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasiga realizatsiyaning umumiy hajmidagi eksport ulushiga qarab tuzatish kiritilmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

5. Mazkur Qoidalarning 2-bandiga muvofiq hisoblangan rentabellikning haqiqatdagi darajasi 20 foizdan oshmagan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining 14 foizlik stavkasi soliq solinadigan bazaning butun summasiga qo‘llaniladi.



(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)

6. Rentabellik darajasi 20 foizdan oshganda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasini aniqlash uchun belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq solish bazasining:

rentabellik darajasi 20 foizgacha bo‘lgan;

rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lgan qismi aniqlanadi.

7. Rentabellik darajasining 20 foizigacha to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

SB 20%gacha = SBh × ((20% / Rh) × 100%), bunda:

SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi;



Oldingi tahrirga qarang.

SBh — soliq solish bazasi (Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobining 150-satri);



(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)

Rh — rentabellikning haqiqatdagi darajasi.

8. Rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

SB 20%dan yuqori = SBh — SB 20%gacha, bunda:

bunda:

SB 20%dan yuqori — rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi;

Oldingi tahrirga qarang.

SBh — soliq solish bazasi (Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobining 150-satri);



(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)

SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi.

9. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Oldingi tahrirga qarang.

ΣΣsoliq = (SB 20%gacha × 14%) + (SB 20%dan yuqori × 50%), bunda:

(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)

ΣΣsoliq — yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi;



SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi;

SB 20%dan yuqori — rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi.

Rentabellik darajasiga qarab soliq solish bazasi summasini aniqlash va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisoblab chiqarishga doir shartli misollar mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan.

4-bob. Yakuniy qoidalar

10. Uyali aloqa kompaniyalaridan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushumlarni hisobini yuritish maqsadida rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga to‘g‘ri keladigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi tegishli davlat soliq xizmati organlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochiladigan alohida hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

11. Soliq to‘lovchilar mazkur Qoidalarni to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan javobgardirlar.

12. Davlat soliq xizmati organlari uyali aloqa kompaniyalari tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi.

Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash qoidalariga


ILOVA

Rentabellik darajasiga qarab soliq solish bazasi summasini aniqlash va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasini hisoblab chiqarishga doir

ShARTLI MISOLLAR

Oldingi tahrirga qarang.




Download 45,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish