1. Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]



Download 24,99 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi24,99 Kb.
#546085
Bog'liq
2765 24.02.2016




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.04 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 24-fevralda 2765-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-yanvar,
2-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-yanvar,
2016-03-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 28-yanvardagi 2, 2016-03-son qaroriga
ILOVA
Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar soliq solish tizimidan (soliq solishning umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibi) qat’i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisoblab chiqadilar va to‘laydilar.
2. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan 2011-yil 28-yanvarda 05-268-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Umumdavlat tasniflagichi O’zDT 005: 2011 “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichiga (2-tahrir) muvofiq “Spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish; butilkada mineral suvlar va boshqa suvlar ishlab chiqarish” (11.07-sinf) faoliyat turiga quyidagilar kiradi:
butilkalardagi, shu jumladan plastik butilkalardagi tabiiy mineral suvni va boshqa suvlarni ishlab chiqarish;
alkogolsiz xushbo‘ylashtirilgan va/yoki bir oz shirin ichimliklarni (limonad, oranjad, kola, mevali ichimliklar, toniklar va h.k.) ishlab chiqarish.
2-bob. Soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza
3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning soliq solish obyekti yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari hisoblanadi.
4. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan suv hajmi soliq solinadigan baza hisoblanadi.
Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda, iste’mol idishidagi tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan suv hajmi tushuniladi.
Boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmidan tashqari suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suvning umumiy hajmi tushuniladi.
5. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi m3 da quyidagi formula orqali aniqlanadi.
V alkogolsiz ichimliklar uchun suv = V TM i/ch. x N / 1000, bunda:
V TM i/ch. — alkogolsiz ichimliklar tayyor mahsuloti ishlab chiqarishning yillik hajmi, litrda;
N — 1 litr tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suvning hisob-kitob normativi (N = 1).
6. Boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan suv hajmi m3 da quyidagi formula orqali aniqlanadi:
V boshqa maqsadlar uchun suv = V olingan suv — V alkogolsiz ichimliklar uchun suv, bunda:
V olingan suv — yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv resurslari hajmi.
3-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari, soliq davri
7. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq suv resurslaridan foydalanish maqsadlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan tabaqalashtirilgan stavkalardan kelib chiqib hisoblanadi:
alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha;
boshqa maqsadlar uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha.
8. Kalendar yil soliq davridir.
4-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi yil uchun soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
10. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilingan yillik soliq summasidan kelib chiqib joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha ma’lumotnoma asosida to‘lanadigan joriy to‘lovlar summasi aniqlanadi.
11. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha ma’lumotnoma suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) 6-ilovaga muvofiq shakllar bo‘yicha taqdim etiladi.
12. Soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash joriy to‘lovlarni hisobga olgan holda hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
5-bob. Soliq to‘lovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlarining nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
13. Soliq to‘lovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 8-son, 82-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 24,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish