IV. Iqtisodiyotning boshqa soha va sektorlaridagi tarkibiy islohotlar sohasida
22.
|
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning, provardida ichki ishlab chiqarish hajmlarini doimiy oshirish va narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadlariga javob beruvchi tamoyillarga va vazifalarga asoslangan strategiyasi va dasturiga muvofiq tartibni o‘rnatish.
|
Quyidagi vazifalardan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni, uning tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish tizimi ustidan tartib va nazoratni o‘rnatishni amaliyotga joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi:
mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini va ularning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarga moslashuvchanligini oshirish;
ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
markazlashgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushini ko‘paytirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tuzilmasini optimallashtirish;
mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish;
ishlab chiqarish xarajatlarining asossiz oshishiga olib keluvchi omillarni doimiy ravishda qidirish va bartaraf etishga asoslangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish.
|
2020-yil fevral
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
23.
|
Ishlab chiqarish xarajatlarining asossiz oshishiga olib keluvchi omillarni doimiy ravishda qidirish va bartaraf etish asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini kamaytirish.
|
Har yili ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishning yillik maqsadli parametrlarini o‘rnatishni nazarda tutgan holda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tarkibiga kiruvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi.
|
Har yili dekabr oxirigacha
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), tarmoq vazirliklari va idoralari
|
Tarmoq sanoat korxonalarida 2020-yilda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish va har chorakda ko‘rib chiqish.
|
Har chorakda
|
24.
|
Iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot tannarxi shakllanishini tahlil va monitoring qilish mexanizmini joriy etish.
|
Har haftalik iste’mol narxlari indekslarini hisoblash uchun qisqartirilgan iste’mol savatchasiga kiritilgan 65 turdagi tovarlar va xizmatlar tannarxining shakllanishi to‘g‘risidagi har choraklik ma’lumotning so‘rov usuli asosidagi statistik hisobotini 2020-yil statistik ishlar rejasiga kiritish.
|
2019-yil dekabr
|
Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev)
|
Doimiy ravishda yuqorida ko‘rsatilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha tannarx va narxlar shakllanishini tahlil qilish va har chorakda tegishli ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.
|
Har chorakda
|
25.
|
Iqtisodiyot tarmoqlarining energiya sarfini kamaytirish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash.
|
1. Mahalliy korxonalar va tashkilotlarda xalqaro standartlarga (ISO 50001) mos keluvchi energetik menejment tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi mexanizmni ishlab chiqish:
energiya sarfi samaradorligini shaffoflik va xolislik asosida baholash, korxonalarning energiya sig‘imini kamaytirish;
resurslar, birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni minimal sarflagan holda energiya iste’molini boshqarish samaradorligini, korxonalar aktivlari kapitallashuvini oshirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish.
|
2020-yil yanvar
|
Energetika vazirligi (Sultanov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
|
2. Energetik menejment tizimini xalqaro standart talablariga (ISO 50001) muvofiq joriy qilish tarmoq jadvallarini “O‘zstandart” agentligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Energetik menejment tizimini joriy qilish, xodimlarini o‘qitish va sertifikatlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
|
2020-yil fevral
|
4. “O‘zstandart” agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning energetik menejment tizimini xalqaro standart talablariga muvofiq joriy qilishni nazorat qilish.
|
Doimiy
|
5. “O‘zstandart” agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning energetik menejment tizimini xalqaro standart talablariga muvofiq joriy qilishi jarayoni to‘g‘risidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Har chorakda
|
26.
|
Ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar, shuningdek, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar faoliyati samaradorligini baholash maqsadida samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi (KPI) va energiya sig‘imi indikatorini joriy qilish.
|
1. Korxonalar faoliyati samaradorligini baholash uchun samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi (KPI) va energiya sig‘imi indikatorini belgilash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
2020-yil aprel
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Energetika vazirligi (Sultanov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev)
|
2. Korxonalar tomonidan faoliyat samaradorligini baholash uchun samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi (KPI) va energiya sig‘imi indikatori bo‘yicha oylik statistik hisobotlar taqdim etilishini ta’minlash.
|
Har oyda
|
3. Har chorakda Energetika vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni e’lon qilish.
|
Har chorakda
|
27.
|
Tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni erkinlashtirish jadvalini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.
|
Inflatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda, 2022-yilgacha bo‘lgan davr uchun tartibga solinadigan narxlar o‘zgarishi jadvalini tasdiqlovchi Hukumat qarori loyihasi.
|
2020-yil yanvar
|
Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)
|
28.
|
Nohalol raqobat, suiiste’molchilik va import tovarlari narxlarini asossiz oshirishni to‘xtatish bo‘yicha amaliyotni takomillashtirish.
|
Nohalol raqobat, suiiste’molchilik hamda mahalliy va import tovarlar narxlarini asossiz oshirish holatlarini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish.
|
2020-yil yanvar
|
Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)
|
29.
|
Temir yo‘l va havo transporti xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga temir yo‘l va havo transporti xizmatlari bozoriga ishtirokchilarning kirishini ochish va xususiy operatorlar sonini ko‘paytirish orqali raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritish:
ko‘rsatiladigan transport xizmatlari tarif va narxlarini MDH davlatlari va asosiy tashqi savdo va turistik yo‘nalishlar hududidan o‘tuvchi boshqa davlatlardagi tarif va narxlardan oshmaydigan darajagacha pasaytirish;
temir yo‘lda va aviatsiyada xususiy yuk tashuvchilar bozorini shakllantirish bo‘yicha dasturni tasdiqlash;
infratuzilmadan foydalanganligi uchun xususiy operatorlar bilan hisob-kitoblar tartibi va tariflarni o‘rnatish.
|
2020-yil fevral
|
Transport vazirligi (Maxkamov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
30.
|
Elektr va gaz ta’minoti sohasiga xususiy investorlar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tanlov asosida kirishiga ruxsat berish va ularni faol jalb qilish.
|
Elektr va gaz ta’minoti sektorida raqobatni rivojlantirish maqsadida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmini qo‘llagan holda, to‘siqlarni bartaraf etish va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.
|
2020-yil aprel
|
Energetika vazirligi Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)
|
31.
|
Tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini yaxshilash.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi:
tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlash;
subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini qayta ko‘rib chiqish;
davlat organlari xo‘jalik yurituvchi funksiyalarni bajaradigan muayyan sohalarga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha dasturlarni tayyorlash;
davlat organlari tomonidan ta’sis etiladigan davlat korxonalari, shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy monopoliya subyektlari bo‘lgan afillangan korxonalar sonini qisqartirish;
tabiiy monopoliyalar tarmoqlari bilan turdosh bozorlarda raqobat shart-sharoitlarini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rish;
davlat xaridlari, tenderlarni amalga oshirishda va resurslarni (shu jumladan, yoqilg‘i-energetika va tog‘-kon sanoatida) taqsimlashda ular o‘tkazilishining shaffofligini oshirish orqali bozor mexanizmlarini rivojlantirish.
|
2020-yil fevral
|
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Ishmetov, Adliya vazirligi (Davletov)
|
32.
|
Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish uchun individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar berish amaliyotini qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqish.
|
1. Quyidagilarni kiritishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi:
soliq, bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, narx preferensiyalari va grantlar ko‘rinishida davlat ko‘magi taqdim qilinishiga hamda davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar;
faoliyat olib borishga eksklyuziv huquqlar berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish mexanizmi.
|
2020-yil dekabr
|
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Adliya vazirligi (Davletov)
|
2. Quyidagilarni ko‘zda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar rejasi:
eksklyuziv huquqlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish;
raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish.
|
2020-yil yanvar
|
33.
|
Monopol korxonalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahsulotlari narxini belgilanishning shaffofligini ta’minlash.
|
Monopol korxonaning internetdagi rasmiy veb-saytida ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va monopol mahsulotni (ishlar, xizmatlar) �ealizatsiya qilish hamda moliyaviy natijalar shakllanishi tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilish tartibini ishlab chiqish va joriy qilish.
|
2020-yil yanvar
|
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)
|
34.
|
Sud hokimiyati mustaqilligi, shuningdek, xususiy mulk huquqlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sud hokimiyatini isloh qilish va uning mustaqilligini ta’minlash, sud qarorlarini o‘z vaqtida ijro etish, shuningdek, sa’y-harakatlarni xususiy mulk huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori loyihasi.
|
2020-yil mart
|
Oliy sud (Kamilov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Adliya vazirligi (Davletov)
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PF-5877-son Farmoniga
3-ILOVA
Inflatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
R.A. Gulyamov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Komissiya rahbari
|
J.A. Qo‘chqorov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, Komissiya rahbari o‘rinbosari
|
M.B. Nurmuratov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, Komissiya rahbari o‘rinbosari
|
O.Z. Nasritdinxo‘jayev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari
|
M.P. Olloyorov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari o‘rinbosari
|
O.A. Hakimov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori
|
B.A. Begalov
|
—
|
Davlat statistika qo‘mitasi raisi
|
N.Sh. Sharipov
|
—
|
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi
|
O.B. Rustamov
|
—
|
iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari
|
T.A. Ishmetov
|
—
|
moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
|
M.M. Mirzayev
|
—
|
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
|
I.I. Norqulov
|
—
|
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari
|
A.Y. Haydarov
|
—
|
moliya vazirining o‘rinbosari
|
A.J. Ortiqov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati mudiri
|
Sh.Z. Shukurov
|
—
|
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari
|
Lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori
|
N. Sirojiddinov
|
—
|
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori
|
Z.T. Parpiyev
|
—
|
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti professori
|
B.S. Hamrayev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti direktori, Komissiya kotibi
|
Izoh:
1. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Zarur hollarda, Komissiya ishiga tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari jalb etiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 06/19/5877/4036-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |