1. Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]



Download 0,49 Mb.
bet1/4
Sana14.09.2021
Hajmi0,49 Mb.
#174414
  1   2   3   4
Bog'liq
O‘RQ-657 25.12.2020




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 18-dekabrda ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar



1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan (bundan buyon matnda respublika budjeti deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablag‘lardan faqat 2021 moliya yili davomida foydalaniladi va kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) bilan kelishgan holda o‘zining joriy xarajatlari tarkibidagi tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb yuritiladi) amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.

Vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi istisno tariqasida Budjet kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan miqdorlardan qat’i nazar, birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun respublika budjetidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga (O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga) ajratiladigan mablag‘larni boshqa birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchiga mazkur maqsadlarga sarflash uchun o‘tkazish huquqiga ega.

2-bob. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti parametrlari

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlari

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2022-2023-yillarga budjet mo‘ljallari 1-ilovaga muvofiq, ularni tayyorlashda asos bo‘lgan 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2022-2023-yillarga maqsadli mo‘ljallar 2-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

4-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi va xarajatlari

2021-yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ularning xarajatlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5-modda. Respublika budjeti daromadlari prognozi va xarajatlari

2021-yil uchun respublika budjeti daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2021-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga soliqlar, davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika budjetiga o‘tkazilishi mumkin.

6-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari

2021-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2021-yil uchun respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga va viloyatlarning viloyat budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

7-modda. Ayrim to‘lovlar stavkalari

2021-yil uchun:

mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 8-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun);

tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlarning cheklangan stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

avtotransport yig‘imlarning stavkalari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.

8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish

2021-yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi 903,4 mlrd. so‘m miqdorida belgilansin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining 2021-yil uchun zaxira jamg‘armalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetini, viloyatlar viloyat budjetlarini va Toshkent shahri shahar budjetini, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi budjetdan ularga ajratiladigan budjetlararo transfertlar miqdori oshgan hollarda tegishli budjetlar zaxira jamg‘armalarining belgilangan miqdorlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga o‘zgartishlar kiritilmaydi.

9-modda. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi barqarorligini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oxirigacha ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:

respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan;

respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizdan kam miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha qarorlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Budjetlar xarajatlarini qisqartirishda budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning budjet mablag‘larini o‘zlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash

O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 2,2 mlrd. AQSh dollari (shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlari — 5 trln. so‘m), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 3,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilansin.

2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) hisobidan amalga oshiriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qaytariladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti xarajatlarida aks ettiriladi.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdorini belgilash

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 5,4 foizi miqdorida belgilansin.

3-bob. Budjetlararo munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

12-modda. 2021-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:

jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;

jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;

qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagilar to‘liq hajmda o‘tkaziladi:

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;

aylanmadan olinadigan soliq;

qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;

ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yig‘imlar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlar va g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya yig‘imidan tashqari);

avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imlar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;

davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar;

mobil aloqa xizmatlari va alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar tegishincha 2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagi ulushlarda:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslar mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 62 foizi, Toshkent viloyatida 45 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi;

foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) Toshkent viloyatida 45 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari:

tegishli darajadagi mahalliy budjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni (shu jumladan ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan daromadlarni) hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlashga;

daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablag‘larning bir qismini tumanlar va shaharlar budjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berishga haqli.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olish va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida ijara to‘lovi bo‘yicha eng kam stavkalarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdorlariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritishga haqli.

Agar qonunchilikda mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, daromadning ushbu turi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi.

Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan 2021-yilning 1-iyuliga qadar 2020-yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tegishli ravishda ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanadi hamda 2021-yilning 1-sentabridan kechiktirmasdan tegishli darajadagi budjetlarga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan 2021-yil uchun dividendlar (sof foydadan ajratmalar) to‘lash miqdorlari va davriyligini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlash huquqiga ega.

13-modda. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlari rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.

Choraklar yakuni bo‘yicha ushbu Qonunning 6-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan ko‘rilgan choralar bilan birgalikda tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi hamda bu taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xuddi shu tartibda murojaat etadi.

2021-yilda:

Toshkent shahrining umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini va ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), kapital ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar doirasida obyektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.

2021-yildan boshlab hududlarda barcha issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ular bo‘yicha dastlab O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari xulosalariga ko‘ra, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan ma’qullanganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

Issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar aholiga pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.

4-bob. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosining ochiqligini ta’minlash

14-modda. Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi har chorak yakunlari bo‘yicha chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytlariga:

o‘z tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida mablag‘lar taqsimoti;

davriy moliyaviy hisobotlar;

kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi;

davlat maqsadli jamg‘armalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilari;

o‘tkazilgan tanlovlar (tendyerlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining ijro etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar kesimida o‘z rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay joylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi soliq va bojxona imtiyozlari ro‘yxatini, shuningdek taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar kesimida o‘z rasmiy veb-saytlariga har chorakda chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay, joylashtiradi.

Davlat moliyaviy nazorati organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, har chorak yakunlariga ko‘ra esa nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet ijrosining ochiqligini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari kesimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar va ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobot choragining yakunlariga ko‘ra, hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar;

Davlat qarzining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boradi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

16-modda. “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini buzganlik uchun javobgarlik

“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

17-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

18-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

19-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 25-dekabr,

O‘RQ-657-son

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-657-son Qonuniga


1-ILOVA

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2022-2023-yillarga budjet mo‘ljallari

mlrd so‘m


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish