Izoh. Ayirboshlash shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir avtomototransport vositasidan undiriladi.
Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda:
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi;
bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi;
yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga ko‘ra va notariusning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan hududlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
|
p) avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun
|
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga
|
BHMning 50 foizi
|
boshqa shaxslarga
|
BHMning 3 baravari
| |
r) ko‘chmas mol-mulkni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun
|
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga
|
BHMning 25 foizi
|
boshqa shaxslarga
|
BHMning 50 foizi
| |
s) boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun
|
BHMning 10 foizi
| |
t) meros mol-mulkni muhofaza qilish choralarini ko‘rganlik uchun
|
BHMning 30 foizi
| |
u) hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining to‘g‘riligini shahodatlash uchun
|
har bir bet uchun BHMning 1 foizi
| |
f) ijro xatlarini yozib berganlik uchun
|
undiriladigan summaning 1 foizi, biroq BHMning 10 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorida
| |
|
Do'stlaringiz bilan baham: |