95413 Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizinglar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq ravishda bank balansidan hisobdan chiqarilgan kreditlar vayoki lizinglar (to‘lanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan kredit va lizinglar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki to‘langan kreditlar vayoki lizinglarning, shuningdek o‘rnatilgan muddati o‘tishi bilan bekor qilingan kreditlar vayoki lizinglarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |