90955 Tasdiqlangan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyorning banki tomonidan mahsulot yetkazib beruvchi foydasiga ochilgan va emitent-bankning iltimosiga binoan importyor banki tomonidan tasdiqlangan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Bu bilan tasdiqlovchi bank ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘ziga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |