56795 Boshqa operatsion xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |