56195 Bank xizmatchilari uchun qilingan boshqa xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqoridagi ta’riflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xizmatchilarga to‘lanadigan (to‘garaklardagi, klublardagi mashg‘ulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishga, qonunchilikda o‘rnatilgan me’yordan ortiqcha to‘langan safar va vakolatli xarajatlar summasi va boshqalar) to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |